otishlarini talab etishga haqlidirlar. Qo‘lyozmalarda uchraydigan
luinday xato va kamchiliklami, matnni muharrir tahlili jaroyonida
muallifning o‘ziga tuzattirishi eng maqbul ish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va texnikaga oid, ayniqsa tadbirkorlik sohasidagi
zamonaviy ilg‘or tajribaga bag‘ishlangan kitoblar alohida e’tibor
qaratishni taqozo etadi. Chunki nashriyotlar materialmT ta’bir joiz
bo‘lsa, birinchi qo‘ldan olishdan manfaatdor. Muharrir esa ishlab
chiqaruvchi - adabiy malakaga ega bo‘ lmagan shaxs qo‘lyozmasiga
duch keladi. Qo‘lyozmaning bayon usuli, shakli hamisha ham
talab darajasida bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra matnni muharrir
tomonidan adabiy jihatdan ishlash va tuzatish qo‘lyozmani nashrga
tayyorlashning eng samarali usuli hisoblanadi. Ilmiy - ahboriy
nashrlarda tuzatishlar qilishda muharrir faoliyatining ko‘lami ancha
kengdir.
Bunda muharrirdan boshqa hech kim ilmiy - axboriy amaliyot
talablari bilan yaxshi tanish bo‘lmaganligi uchun qo‘lyozmaga
samarali shakl bera olmaydi.
Xo‘sh, muharrirlik aralashuvining umuman chenarasi yo‘q,
deb tan olish kerakmi? Lekin, bunday o‘ylash to‘g‘ri emas. Qo‘l-
yozmaga muharrirlik aralashuvining chegarasi bor. Buni har bir
alohida holatda aniq belgilash lozim.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, nashr jaroyonini qo‘lyozmadan
holi tarzda tasavvur etib bo‘lmaydi. Matnni qayta ishlab, muharrir
iloim ham muallifning matnidan yaxshi bo'lgan talqinni yarata
bermaydi. Muallif qo‘lyozma ustida uzoq, xatto, yillab ishlaydi.
U material to'playdi, mulohaza qiladi, saralaydi va mviayyan qa-
rorga keladi, umumlashtiradi. 0 ‘ta malakali muharrir uchun ham
qo‘lyozmani boshqatdan yozish va bunda qimmatli fikr yoki
kuzatishlaming qaysidir qismi tushib qolmasligiga hech kim
kafolot bera olmaydi.
Agar muharrir shunday yo‘lni tutsa, ya’ni qo‘lyozmani bosh
qatdan yozib chiqishga kirishsa, muallif matnidan uzilib qoladi
va buning oqibati jiddiy noxushliklami yuzaga keltiradi. Istasa,
istamasa asar boshqacha mazmun va shakl oladi, muharrir tobora
muallif o‘mini egallay boshlaydi.
Bunday hoi yuz bermasligi uchun muharrir odobi (etikasi)
talablariga rioya etish lozim.
Qo‘lyozmani nashrga muvaffaqiyatli tayyorlash, xususan,
matnga tuzatishlami kiritish muharrirlik tahlili bo'yicha tavsi-
yalarga binoan mazkur ish muallifning faol ishtirokiga ko‘ra
amalga oshiriladi. Muallif qandaydir muammoni yoritish bo‘yicha
qo‘shimchalar qilishi, aniqlik kiritishi anglashilmovchilikni tu-
shuntirishi va boshqa muharrir ishida yuz bergan noaniqliklami
aniqlashtirishi mumkin. Xullas, qo‘lyozmaga kiritiladigan barcha
tuzatishlar muallif bilan kelishib olinishi kerak.
Muallif - muharrir tizimi, bir qarashda ko‘ringandek oddiy
emas. 0 ‘ziga yarasha, tabiiy, ziddiyatga ega.
Garchi har ikkisi - ham muharrir, ham muallif yaxshi asar
chiqarishdan manfaatdor bo‘lsalarda, ayrim umumiy yoki xususiy
jihatlarda kelisha olmasliklari mumkin.
Eng tajribali muallif ham materialga berilib ketishi, yetarlicha
ilmiy ob’ektivlikda chetlab ketishi mumkin. Muallif uchun o‘z
asarining har bir mayda- chuydasi, unsuri juda qadrli hisoblanadi,
shunga ko‘ra u mviharriming biror unsur, qismdan voz kechish
bo‘yicha taklifini qiyinchilik bilan qabul qiladi yohud rad etadi.
Muharrir, tabiiyki, ob’ektiv bo‘lishga intiladi, aslida ham shun-
day bo‘lishi lozim, u nashrdan chiqqan asar uchun o‘quvchilar,
umuman, jamiyat oldida mas’uldir. Ana shu sababli u o‘z talablari
ko‘lamini muallif imkon doirasiga muvofiqlashtirolmasligi mum
kin. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, muharrir bilan muallif
munosabati muayyan qoiyozmani adabiy asar sifatida baholash
umumiy mezonlarini taklif etishda shakllanadi.
Ba’zan muallif va muharrir tomonidan mezonlar birdek qabul
qilinsa-da, ammo mazkur mezonlami muayyan asarga tadbiqi
talqinida kelishmovchilik chiqishi mumkin: bin uchun to‘g‘ri,
ikkinchisi uchun noto‘g‘ri tuyuladi.
Tahrir bosqichida, boshqa hollardagidan ko‘ra, muallif va
muharrirdagi o‘ziga xoslik (individuallik) yaqqolroq namoyon
bo‘ladi. Agar biri ortiqcha qiziqqon (hissiyotga berilgan) bo‘Isa,
o‘rtadagi munosabat murakkablashadi (keskinlashadi).
Yuqorida aytilganlar, bizningcha, muharrir va muallif munosa-
batlarining butun murakkabligini tasawur etish uchun yetarlidir.
Demak, muharriming muallif bilan hamkorlik qilishidagi o‘ziga
xos tartib- qoidalami ya’ni muharrir odobi me’yorlarini belgilash
zarurati dolzarblik kasb etadi. Albatta, bu qoidalar huquqiy
davlatdan fuqorolik jamiyatiga o'tish tamoyillari, milliy mafkura
va milliy qadriyatlar va mentalitet asosida yaratiladi.
Muharrir qo4 lyozma mustaqil 0 ‘zbekiston, uning xalqi manfaat-
111
lariga, asar milliy istiqlol, yuksak milliy ma’naviyat, davlat va uning
harbiy, iqtisodiy sirini matbuotda, nashrlarda saqlash tamoyillari,
shuningdek til va uslub
Do'stlaringiz bilan baham: |