PP vitamini (nikotinamid) ko’katlarda, sabzi, kartoshka, no’xat, grechka yormasi, oq va qora nonlarda, sut, go’sht, jigarlarda saqlanadi. Bu vitaminga bo’lgan bir kecha kunduzlik talab bolalarda 15 mg, voyaga yetgan odamlarda 15-26 mg ni tashkil etadi.
PP-avitaminozi paytida og’izda kuygandek sezgi-ta’m (achqimtil) seziladi, kuchli so’lak ajralishi va ich ketishlar qayd qilinadi. Til och-ko’kish, qizil rangda bo’ladi. Qo’llarda, bo’yinda, yuz muskullarida qizil dog’lar paydo bo’ladi. Teri dag’allashadi va quruqlashadi, ana shundan kasallik pellagra (italyancha pella.agra –qurigan, dag’al teri) deb nom olgan. Kasallik og’ir kechganida xotira zaiflashadi, psixozlar va gallyusinatsiya rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |