Bolalarning o’sish va rivojlanish jarayonlarida suvning o’rni. Bolalar organizmida hujayra tashqarisidagi suv ko’p bo’ladi, ana shuning uchun bolalar organizmining suvliligi katta darajada o’zgarib turish xususiyatiga ega, ya’ni bolalar organizmi juda tez suvni yo’qotish va juda tez jamlash xususiyatiga egadir. Yosh ulg’ayishi bilan har 1 kg tirik vaznga zarur bo’lgan suvning miqdori kamayadi, ammo suvning mutloq miqdori esa ortadi. Uch oylik bola uchun uning har 1 kg massasi uchun 150-170 g suv talab qilinadi, 2 yoshda bu ko’rsatkich 95 g va 12-13 yoshda –45 g tashkil qiladi. Bir yoshli bolalarning bir kecha-kunduzlik suvga bo’lgan talabi 800 ml ni, to’rt yoshda –950-1000 ml, 5-6 yoshda –1200 ml, 7-10 yoshda – 1350 ml va 11-14 yoshda – 1500 ml ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |