Jismoniy ish bajargan paytda energiya sarfi. Odam qanchalik og’ir ish bajarsa, u shunchalik ko’p energiya sarflaydi. Maktab o’quvchilari darsga tayyorgarlik ko’rganida, maktabdagi darslarda qatnashishga nisbatan almashinuv energiyasiga nisbatan 20-50 % energiya ko’p talab qiladi.
Yurgan paytda energiya xarajati asosiy almashinuv energiyasidan 150-170 % ga yuqori bo’ladi. Yugurgan, zinalardan yuqoriga ko’tarilganida energiya xarajati asosiy almashinuv energiyasidan 3-4 marta yuqoridir.
Organizmni mashqlar bilan chiniqtirishda bajariladigan ishlar uchun energiya sarfini jiddiy darajada kamaytiradi. Bu dastavval ishni bajarishda ishtirok etuvchi muskullarni sonini keskin kamayishi hamda nafas olish va qon aylanish jarayonlarini o’zgarishi bilan bog’liqdir.
17-Jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |