4.3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari
Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillari
Rivojlanishning biogenetik konsepsiyasi tarafdorlari shaxsning
asosiy psixik xislatlari insonning hayotiy taqdirini belgilovchi
uning tabiatini o‘ziga (biologik boshlanish) joylashtirilganligini
taxmin qiladi. Ular intellekt, shaxsning amoral xislatlari va bosh-
qalarni genetik dasturlashtirilgan, deb hisoblaydilar.
Biogenetik konsepsiyaning yuzaga kelish yo‘lida birinchi qa-
dam Ch.Darvinning rivojlanish — genezis — muayyan qonunga
bo‘ysunishi haqidagi nazariyasi boldi. Kelgusida har qanday yirik
psixologik konsepsiya hamisha bolalar rivojlanishining qonunlari-
ni izlash bilan bogliq boldi.
Nemis olimi E.Gekkel (1834—1919) va nemis fiziologi I.Myul-
ler (1801—1858) hayvon va inson ona qornidalik vaqtida filoge-
nezning ushbu turida oladigan bosqichlarni qisqacha takrorlaydi,
degan biogenetik qonunni ta’rifladilar. Bu jarayon bolaning on-
togenez rivojlanish jarayoniga olkazilgan.
Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov (1849—1936) asosida shartli
reflekslar yotadigan axloqning egallangan shakllari mavjudligini
isbotladi. Bu inson rivojlanishi instinkt va o‘rganishning namoyon
bolishiga olib kelishi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni dunyoga kel-
tirdi. Nemis psixologi V.Keler (188—1967) insonga o‘xshash may-
munlarda tajriba olkazib ularda intellekt mavjudligini kashf qildi.
Bu fakt psixika o‘z rivojlanishida uchta bosqichni olashi haqida
gi nazariya asosiga joylashdi: 1) instinkt; 2) o‘rgatilish; 3) intellekt.
S.Xollning shogirdi mashhur amerikalik psixolog A.Gezell
bolalarni tugllgandan o‘smirlik yoshigacha takrorlanuvchi ke-
79
sishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longityud meto
di orqali o‘rgangan. Gezellni bola xulqi yosh o‘tgan sari qanday
o‘zgarishi qiziqtirgan, u bolani harakat ko‘nikmalaridan boshlab
mashg‘ulotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham ino-
batga olgan holda psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishi-
ni namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni xohlagan.
Gezzel o‘zining tadqiqot metodini biografik-laboratoriyaviy
deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda laboratori-
yada motorikani nutqni bolalarni ijtimoiy hamkorligini obyektiv
ro‘yxatga olish uchun maxsus apparatura qo‘llanilgan bir tomon
lama ko‘rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi). U kuzatuv
sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirish-
ga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada
bolaga mashg'ulotlar turini tanlash imkoni berilgan — qum yoki
suv bilan o‘ynash, taom tayyorlash harakatli o‘yinlar (bir so‘z
yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar faqatgina
ota-onalarning ma’lumotiga tayanmasdan, bola xulqini xarakter-
li usullarini kuzatishlari mumkin edi.
Shuningdek, Gezell egizaklar rivojlanishini o‘rganishda taqqos
lash metodini qo‘llagan, norma va patalogiyadagi rivojlanishni
(masalan, ko‘r bolalarda) o‘rgangan. Natijada u chaqaloqning 3200
nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi, 16 yoshgacha bo‘lgan bola
larning rivojlanish fenomenologiyasi to‘liq yoritilgan motorika,
xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko‘rsatkichlari
ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasi-
da bola psixik rivojlanishining amaliy diagnostikasini tuzdi.
Gezellning yetilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishda
tug‘ma tendensiya mavjud.
Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma’lum ket-
ma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o‘tadilar. Gezell aniqla-
gan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o‘sishi miqdori bilan
farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonu-
niyatiga ko‘ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham
ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg‘aygan sari
80
rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davr-
lashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o‘sishning ichki tem-
pini o‘zgarish mezoni bo‘yicha talab etadi. Tug‘ilgandan 1 yosh
gacha xulqning eng yuqori o‘sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘rta
va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblana
di. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uch
yoshgacha bolgan bolalar bolagan. Gezzel bolaning rivojlanishi
ni organizmning yetilishini biologik omillariga asoslangan mu-
hitga moslashish shakli sifatida ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |