Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  I.P.Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta’lim o ti  asosida



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

2.  I.P.Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta’lim o ti  asosida 

turli  yoshdagi  bolalar  p sixik   jarayonlari  xususiyatlarining  nerv- 

fizio lo g ik   asoslarni  o ‘rganish.

3. 


B olaning  p sixik  taraqqiyotiga  faol  ta ’sir  qiluvchi  om illarn i 

aniqlab  berish.

72


4.  Turli  yoshdagi  bolalarning  rivojlanishiga  xos  boMgan  qo- 

nuniyatlarni o‘rganish.

5.  Bola  shaxsiga  xos  bolgan  psixologik  xususiyatlarni  o‘rga- 

nish.


6

.  Bolani  maktab  ta’limiga tayyorlash.

7.  Maktabda  muvaffaqiyatli  o‘qish uchun  bolaning  aqliy jara- 

yonlarini faollashtirish.

8

.  Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil,  ijodiy,  faol tafakkurini 



shakllantirish.

9.  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  bolaning  maxsus  qobiliyatlarini 

shakllantirish.

10.  Ta’lim-tarbiya  ishlarini  psixologik  mazmunini  ochib  be- 

rishdan  iboratdir.  Uning  amaliy vazifalariga  turli  yoshdagi bola­

larning  psixik  taraqqiyoti  xususiyatlariga  doir  bilimlarni  tarbi­

yachilar,  o‘qituvchilar,  ota-onalar,  ya’ni  jamoatchilar  o‘rtasida 

keng  yoyishdan  iborat.  Bolalar  psixologiyasining  amaliy  vazifa- 

si  — keng jamoatchilik  bola  ruhiy  taraqqiyotiga,  yoshlik  xususi­

yatlari  orasidagi  farqlar va ularga  individual  munosabatda bo‘lish 

yo‘llariga  doir,  ruhiy  taraqqiyot  qonunlariga  doir  psixologik  bi- 

limlardan  bahramand  bo‘lmoqlarini  ta’minlashdan  iborat.  Ja- 

moatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish,  ro‘znoma va 

oynomalarga  maqolalar  yozish,  radio  va  teleko‘rsatuvlarda  turli 

eshittirishlar  tashkil  qilish,  ota-onalar  bilan  suhbatlashish,  ma- 

hallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar uyush- 

tirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  Bu vazifalarni amalga oshirish 

komil  insonni  shakllantirishda  muhim rol  o‘ynaydi.

Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator tamoyillar — 

qoidalarga tayanishi,  ularga rioya etishi lozim bo'ladi.

Bu qoidalar quyidagilardan iborat;

1. 


Obyektivlik  tamoyili  — bu  tadqiqotchidan  ma’lumotlar  bi­

lan  ularning  talqinini  aralashtirib  yubormaslikni  talab  qiladi. 

Masalan:  mashg‘ulot  davomida  «bola  oynadan  tashqariga  qara- 

yotgan edi»,  — deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot 

bolib  hisoblanadi.  Lekin,  «bola e’tiborsiz»,  — deb  aytish hodisa-

73



ning talqinidir.  Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib 

yubormaslik  kerak,  chunki yuqoridagi  misolda  ham bola  oynaga 

qarab turgan bo‘lsa-da,  tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor be- 

rayotgan bolishi mumkin.

2.  Sababiylik tamoyili  — bu bola  shaxsi va  ongida yangi  sifat­

larning hosil bolishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omil­

larni  imkon  qadar  o‘rganishni  talab  qiladi.  Masalan:  mashg‘ulot 

davomida bola tez-tez oyna tarafga qaragan bolsa, bu hodisaning 

iloji boricha  sababini  aniqlash  kerak:  ko‘chadagi biror narsa bola 

e’tiborini  o‘ziga  tortdimi?  Mashg‘ulotda bola  charchab  qoldimi? 

0

‘tilayotgan  material bolaga yaxshi tanishmi?  va h.k.;



3.  Sinchkovlik  va  muntazamlik  tamoyili  — bu  bola  psixika- 

sining  shakllanish jarayoni,  bunda  psixolog  va  pedogoglar  ta’siri 

sinchkovlik bilan kuzatib  borishni talab  qiladi.

Ushbu tamoyillarga muvofiq oldindan:

a) tadqiqot joyi va bajariladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak;

b)  tadqiqotda  o‘rganiladigan  sinaluvchilar  tanlanmasi  tuzili­

shi lozim;

d) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliglda o‘tkazilishi- 

ni  belgilash  zarur.  Ushbu  bandlar  belgilangach,  ulardan  chetga 

chiqmaslik  kerak,  ya’ni  qandaydir  subyektiv  sabablar  bilan  sho- 

shilinch  xulosalar  chiqarmaslik,  tadqiqotni  bevaqt  tugatish  hol- 

lariga  yol  qo‘ymaslik  kerak.  Aks  holda  obyektivlik  tamoyili  bu- 

zilgan boladi.

Bolalar  psixologiyasi  fanining  asosiy  metodlaridan  biri  kuza­

tish metodidir.  Kuzatish metodi  2  ga bolinadi:

1

)  obyektiv;  2)  subyektiv kuzatish metodi.



Bolalar  psixologiyasida  subyektiv,  ya’ni  o‘z-o‘zini  kuzatishdan 

foydalanilmaydi.  Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri 

subyektiv,  ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib  o‘rganish metodidir. 

Obyektiv  kuzatish  metodi  har  doim  ma’lum  maqsadga  qaratilgan 

bolib,  uning  yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari  ham­

da shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi.  Bunda tarbiyachi va 

tekshiruvchi  psixolog  bolalarning  xulq-atvorlari  va  xatti-harakat-

74



larini  ularning  turli-tuman  faoliyatlarida  tabiiy  sharoitda  mavzu- 

li  tarzda  kuzatadi.  Obyektiv  kuzatish  metodi  quyidagi  qoidalarga 

asoslanib  tashkil  qilinishi  kerak:  1)  har  qanday  kuzatishning  aniq 

maqsadi,  rejasi bolishi kerak.  Masalan:  bolalar diqqatining barqa- 

rorligini yoki tafakkur bilan bogliq bolgan analiz qila olish qobili- 

yatini  kuzatish;  2)  bola  shaxsining  yaxlitligi  tamoyiliga  asoslanib, 

ya’ni  analitik-sintetik  nuqtai  nazardan  kuzatish;  3)  bolani jamoa- 

da  va jamoa  a’zosi  sifatida  o‘rganish;  4)  kuzatish  tabiiy  sharoitda 

olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo 

bilmasliklari  kerak;  5)  kuzatishdan  yaxshi  natijalar  olish  uchun, 

ularni turli sharoitlarda  (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon 

bolishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o‘rganish kerak.

Kuzatish  metodidan  foydalanilganda  bolalar  turli  o‘yin  faoli- 

yatlari,  didaktik  mashg‘ulotlar,  mehnat  faoliyatlarida  xilma-xil 

psixik  jarayonlarning  va  individual  xususiyatning  namoyon 

bolishini o‘rganish mumkin.

Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bi­

lan  o‘tkazilishi  mumkin.  Bolalarni  uzluksiz  kuzatish  metodi  bi­

lan  o‘rganilganda  ularning  barcha  fe’l-atvorlari  va  xatti-harakat- 

lari  kundalik  faoliyatlari  davomida  kompleks  holda  o‘rganiladi. 

Uzluksiz  kuzatish  bir  necha  kun  yoki  bir  necha  oy  davom  et- 

gandan  so‘ng  to‘plangan  ma’lumotlar  analiz  qilinib,  bolaga  psi­

xologik  xarakteristika  tuziladi,  vaqti-vaqti  bilan  tanlab  kuzatil- 

ganda  bolaning  barcha  xulq-atvori  va  xatti-harakatlari  emas, 

balki  faqat  ma’lum  xatti-harakatlari  (diqqati  yoki  xotirasi)  bilan 

bog‘liq bolgan tomonlari  o‘rganiladi.

Bolalar  psixologiyasida  kuzatish  metodining  alohida  tur­

li  bolalar  taraqqiyotini  sermazmun  qirralarini  kuzatish  va  un- 

da olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan ibo- 

ratdir.  Bola  taraqqiyoti  haqidagi  birinchi  kundalik  XIX  asrning 

ikkinchi  yarmida  Ch.Darvin  tomonidan  nashr  etilgan.  Undan 

so‘ng  N.A.Menchinskaya,  V.S.Muxinalar  bolalar  psixik  taraqqi­

yoti yuzasidan tizimli tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr 

etganlar.



75


Bolalar  psixologiyasida  keng  qo‘llaniladigan  yana  bir  asosiy 

metod  —  eksperiment  metodidir.  Eksperiment  metodi  kuzatish 

metodiga  nisbatan  aktiv  metod  hisoblanadi.  Eksperiment  meto- 

dida  u  yoki  bu  psixik  jarayonni  qachon  yuzaga  kelishini  kutib 

o‘tirmay,  bu jarayonni eksperimentatorning  o‘zi yuzaga keltiradi. 

Shuningdek,  o‘rganilayotgan psixik jarayonni bolalarda bir necha 

marta takrorlab o£rganish mumkin,  yana  qulay tomoni shundaki

bu  metod kuzatish metodi  singari  ko‘p vaqt talab  qilmaydi.  Eks­

periment  metodi  3  ga  bo‘linadi:  1)  laboratoriya  eksperimenti,  2) 

tabiiy  eksperiment;  3)  pedagogik-psixologik  eksperiment  meto­

di.  Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil qilingan laboratori- 

yalarda turli  asboblar yordami bilan o'tiladi.  Tabiiy eksperiment- 

da  biror  psixik jarayon  o‘rganilayotganda  maxsus  sharoit  yuzaga 

keltiriladi.  Bolalar  psixologiyasida  eksperimentning  har  ikkala 

turidan  keng  foydalaniladi.  Biroq  bu  metodlardan  bolalar  psi­

xologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bogccha 

yoshidagi  bolalar  laboratoriya  sharoitida  o‘tkaziladigan  eksperi­

mentlar  bilan  tabiiy  sharoitda  o‘tkaziladigan  eksperimentlarning 

farqiga bormaydilar.

Har  ikkala  holda  ham,  tajribalar  vazifa  tarzida  emas,  balki 

o£yin  tarzida  o‘tkazilsa  yaxshi  natija  beradi.  Eksperiment  meto- 

didan guruhlarda  o£tkaziladigan  mashg‘ulotlar paytida  keng  foy­

dalanish  mumkin.  Masalan:  turli yoshdagi bog£cha  bolalar bilan 

o£tkaziladigan didaktik mashg'ulotlarda tabiiy eksperiment meto- 

dini  qo£llash  mumkin.  Bunda  bolalarga  har  xil  hayvonlar,  par- 

randalar,  mevalar,  sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni 

aralash holda berib,  ularni guruhlarga ajratish topshiriladi.  Bola­

lar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlari- 

da  ularning  umumlashtirish  xususiyatlarini  o'rganish  mumkin. 

Odatda,  guruh  sharoitida  o'tkaziladigan  bunday  eksperimentni 

tabiiy  eksperiment  deb  yuritiladi.  Bolalar  psixologiyasida  tarkib 

toptiruvchi eksperiment  metodidan ham foydalaniladi.

Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati  (psixologik xususiyati) 

tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi.  Masalan: bog£cha yoshida-



76


gi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qism- 

larini to‘la idrok qila olmaydilar.  Ular o‘z diqqatlarini yoki bir bu- 

tun  narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar.

Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun nar- 

sani  uning  qismlari  bilan  bir  paytda  idrok  qilishga  o‘rgatiladi. 

Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish 

mashq qildiriladi  (turli geometrik figuralar — doira,  kvadrat,  kub 

foydalaniladi).

Pedagogik  eksperiment  orqali  biron  ta’lim-tarbiya  metodi- 

ning  mahsuldorligi  aniqlanadi.  Masalan:  biron  tadqiqotchi  bola­

larni son-sanoqqa o‘rgatishning qandaydir yangicha metodini ish­

lab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab 

ko‘radi.  Buning  uchun  oldindan  bog‘cha  ma’muriyati  bilan  ke- 

lishib  1  ta  eksperimental  va  1  ta  nazorat  guruhini  belgilab  ola­

di.  Shundan  so‘ng  tadqiqotchi  eksperimental  guruhda  yangicha 

metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulo- 

tini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi es- 

kicha metod bilan davom ettirilaveradi.  1—2 oydan so‘ng har ikkala 

guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqoslab  ko‘riladi. Agarda 

eksperimental  guruh bolalari  yangicha  metod  bilan  o‘zlashtirish- 

lari  nazorat  guruhdagi  bolalarning  o‘zlashtirishlaridan  anchagi- 

na  samarali  bo‘lib  chiqsa,  bu metod boshqa hamma bog‘chalarga 

ham tarqatiladi.  Bordi-yu,  agar natija  nazorat  guruhdagi  bolalar­

ning o'zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha 

metod bilan mashg‘ulot  o‘tish  darhol to‘xtatiladi.

Bolalar  psixologiyasida  asosiy  metodlardan  tashqari  yordam- 

chi  metodlardan  ham  keng  foydalaniladi.  Bolalar  psixiologiyasi- 

ning  yordamchi  metodlaridan  — faoliyat  mahsullarini  o‘rganish 

metodidir.  Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum 

faoliyat  bilan  mashg‘ul  bo‘ladilar.  Faoliyatlari  jarayonida  turli 

narsalarni,  mashg‘ulotlarni  yuzaga  keltiradilar.  Ana  shu  narsa- 

larda,  mahsulotlarda bolalarning  psixik jarayonlari  va psixologik 

xususiyatlari  o‘z  aksini  topadi.  Bog'cha  yoshidagi  bolalarning 

faoliyatlari — o‘yin,  rasm chizish,  plastilin yoki loydan biron nar-



77


sa  yasash,  applikatsiya,  qurish-yasash  kabilardan  iboratdir.  Ana 

shu  faoliyatlarining  natijasiga  qarab  bolalarning  mayl  va  istak- 

lari,  ehtiyoj  va  qiziqishlari,  qobiliyat  va  layoqatlarini  o‘rganish 

mumkin.  Masalan:  bolalarning  chizgan  rasmlarida  ular  idroki- 

ning  xususiyatlari va  atrofdagi  narsa va hodisalar haqidagi  tasav- 

vurlarini  ko‘rish  mumkin.  Shu  sababli  bu  metoddan  bolalar psi­

xologiyasida keng foydalaniladi.

Bolalar  psixologiyasida  suhbat  metodidan  keng  foydalanila­

di.  Bu  metodni  5—6  yoshli  bolalarga  nisbatan  qo‘llash  mumkin. 

Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan 

og'zaki  suhbatning  mavzui  va  suhbat  paytida  bolalarga  beriladi- 

gan  savollar  oldindan  yaxshilab  o‘ylab  olinadi.  Suhbat jarayoni­

da javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni tahlil qilish mum­

kin.  Suhbat  metodini o‘tkazishda quyidagilarga  rioya qilish talab 

etiladi:

1.  Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot da- 

rajalariga va yosh xususiyatlariga mos  bolishi  kerak.

2.  Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak.

3.  Suhbat  paytida  «ha»  yoki  «yo‘q»  demay,  to‘liq javob  olish 

kerak.


4.  Suhbatni haddan tashqari  cho‘zib yubormaslik kerak.

Suhbat  orqali bolalarning bilishlari,  narsa va hodisalar haqida

tasavvurlari,  qiziqishlari  va  odamlar  bilan  bo‘lgan  munosabatla- 

rini o‘rganish  mumkin.

Bolalar  psixologiyasida  so‘nggi  yillarda  test  metodi  qo‘llanila 

boshlandi.  Test  so‘zi  inglizcha  bo‘lib,  olchash  degan  ma’noni 

bildiradi.  Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot 

darajalari  va  ayrim  psixik jarayonlarining  (tafakkur,  xayol,  xoti- 

ra)  qanchalik  rivojlanganlik  darajasi  aniqlab  taqqoslanadi.  Test 

metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal 

taraqqiy  etganliklari  yoki  orqada  qolganliklarini  ham  aniqlash 

mumkin.  Qo‘llaniladigan  testlar  orasida  intellektual  testlar  deb 

(ataladigan)  testlar  katta  ahamiyatga  ega.  Intellektual  testlar  — 

bolalarning umumiy  aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.



78


Test  vazifalari  bolalarning  o‘yin  faoliyatlari  bilan  bog‘lansa, 

bolalar bunday vazifalarni bajon-u dil bajaradilar.  Masalan: biron 

butun narsaning  mayda  bo‘laklarga  ajratib  tashlangan  qismlarini 

birlashtirish,  mayda  bo‘lakchalardan  murakkab  va  chiroyli  ani- 

matsiyalar yasay olish,  turli labirintli suratlardan to‘g‘ri yo‘lni to- 

pa bilish vazifalaridan  foydalanish  mumkin.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish