Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


Filogenez  (yunoncha,  phyle  —  qabila,  genesis  —  kelib  chiqish,  paydo



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

64


Filogenez  (yunoncha,  phyle  —  qabila,  genesis  —  kelib  chiqish,  paydo 

bo'lish)  —  muayyan tirik mavjudot  turining yerda  hayot  boshlangani- 

dan  keyingi  evolutsion taraqqiyot jarayoni.

Shveysariyalik psixolog  E.Klapared  «Bola  psixologiyasi va  ek- 

sperimental  pedagogika»  asarida  qiziqish,  motiv,  ehtiyojlarning 

metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivoj­

lanish qonuniyatlari,  o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir 

etilishi to‘g‘risida  mulohaza yuritadi.

Fransuz  psixologi  E.Dyurkgeym,  ulg‘ayish  kishilarning  his- 

tuyg‘ularni  o‘zlashtirishi  ekanligini,  shu  bois,  idrok  qilingan 

tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajri- 

ba,  an’ana,  urf-odatlarni taqlid  orqali egallashini,  biologiyada ir- 

siyat  qanchalik  ahamiyatli  bo‘lsa,  taqlid  ham jamiyatda  shunday 

o‘rin  tutishini uqtiradi.

Yana  bir  fransuz  psixologi  P.Janening  fikriga  ko‘ra,  inson 

psixikasi  ijtimoiy  munosabatlarga  bog‘liq,  zotan  jamiyat  va  ta- 

biat  o‘rtasidagi  turli  aloqalar  tizimining  shakllanishi,  insonning 

ulg‘ayishini  belgilaydi.  U  aloqa  sifatida  xatti-harakatni  tushuna- 

di,  bu  esa  kishining  atrof-muhitga  shaxsiy  munosabatidan  bosh­

qa  narsa  emas,  albatta.  P.Janening  ta’kidlashicha,  eng  qimmatli, 

ahamiyatli,  ijtimoiy  harakat  hamkorligidagi  faoliyatda  o‘z  ifoda- 

sini topadi,  shaxslararo  tashqi  munosabatlar  rivojlanishning  mu­

him tamoyili hisoblanadi.

Amerikalik  psixolog  Dj.Bruner  shaxsning  tarkib  topishi  bi­

lan  ta’lim  o‘rtasida  o‘zaro  aloqa  mavjudligini  ta’kidlab,  inson­

ning  kamolot  sari  intilishi  bilim  olish  samaradorligini  oshirsa, 

o‘qitishning takomillashuvi  uning  ijtimoiylashuvini jadallashtira- 

di,  deb uqtiradi.

Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, 

A.Anastazi,  T.Simonlar  ham bola  psixik  taraqqiyotida  ta’limning 

mavqeyini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma 

va malakalarning ahamiyatini,  mashqlarning  o‘rnini  ilmiy-amaliy 

asoslab  berishda  muhim  o‘rin  egallaydilar.  Bu  ta’limotlar  hozirgi 

kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab  qolmoqda.



65


Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  ham yosh  davrlari  psixologi­

yasi  va  pedagogik  psixologiya  fanining  muhim  muammolariga 

doir  qator  ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  psixolog  olimlar  tomonidan 

olib borilmoqda.

Respublikamizdagi  yetakchi  oliygohlarning  kafedra  va  labo- 

ratoriyalarida  yosh  davrlari  va  ta’lim-tarbiyaning  psixologik  xu­

susiyatlari  bilan bog‘liq jarayonlarni  tadqiq  etish  yuqori  malaka- 

li  mutaxassislar  tomonidan  maxsus  texnikalar  bilan jihozlangan 

sharoitlarda ilmiy tadqiqot  ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur  muammolarning  yechimi  hozirgi  zamon  fanining 

metodologik  tamoyillari  asosida,  yaqin  va  uzoq  xorijiy  mam- 

lakatlarda  bu  borada  olib  borilayotgan  ilmiy tadqiqotlarning  yu- 

tuqlari  va  g‘oyalari  haqidagi  ma’lumotlarga  ega  bo‘lgan  holda 

o‘zining munosib  o‘rnini  egallab bormoqda.  Bu borada RIvanov, 

M.Vohidov,  M.Davletshin,  E.G‘oziyev,  R.Gaynutdinov,  B.Qodi- 

rov,  R.Sunnatova,  A.Jabborov  va  boshqalarning  ilmiy  tadqiqot- 

larini  e’tirof  etish  mumkin.  Jumladan,  o‘quvchilarning  texnik 

qobiliyatlari,  o‘quv  motivlari,  zamonaviy  maktab  o‘quvchisining 

psixologik  qiyofasi  M.G.Davletshin  va  uning  izdoshlari  A.Jab­

borov,  F.I.Haydarov,  M.M.Mavlonovlar  tomonidan,  tafakkur  va 

ta’limni  boshqarish  muammosi  E.G.G‘oziyevning  tashabbusi- 

da,  iste’dodli  o‘quvchilar  va  kasb  tanlash  muammosi  B.R.Qo- 

dirov rahbarligida,  bolalarning aqliy faoliyat muammosi  R.I.Sun- 

natovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.

Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlari- 

dan  o‘tib,  bugungi  darajasiga  erishdi.  Uning  rivojlanishiga  0 ‘rta 

Osiyo  allomalari,  rus  va  chet  el  psixologlari  munosib  hissala- 

rini  qo‘shdilar.  Yuqorida  aytilgan  nazariyalar,  amaliy  va  ilmiy 

ma’lumotlar,  tadqiqotchilar  yaratgan  metodikalar  o‘z  ahamiyati­

ni saqlab kelmoqda.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish