ilishini
yengillashti-
radi yoki qiyinlashtiradi.
Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri subyektiga
nisbatan ochiq nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksin-
cha, tarbiyalanuvchiga ko‘rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamayti-
radi.
Xulqiy-axloqiy tarbiya ta’siri bevosita odamning xulq-atvori,
uning faoliyati va o‘zini boshqara olishiga yo'naltirilgan. Uni tur
li ta’sirlar vositasida ma’lum bir yo‘nalishda yo‘naltirilsa, ular bil
vosita shaxs holatiga, uning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday holatda tarbiyalanuvchi avval qandaydir ma’lum xat-
ti-harakatni amalga oshiradi, so‘ngra esa shu yolning foydali
yoki zararliligini tushunadi. Berilgan ta’sir avval shaxsning ichki
dunyosida o‘zgarishni vujudga keltirsa, bu o‘zgarish keyin uning
xulq-atvorida namoyon boladi.
Bilim, emotsiya va xulq-atvor o‘zaro bogliq ekan, ularning
har biri orqali shaxsga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu holat tarbi-
yachining imkoniyatlari cheklanganda biror-bir tanlangan tarbi
ya ta’siriga urg‘u berishda hamda kerakli natijaga erishishda yor-
525
dam beradi. Ammo mukammal tarbiyaviy ta’sirga ular birgalikda
shaxsga har taraflama ta’sir ettirilgandagina erishiladi.
So‘nggi paytlarda shaxsga psixoterapevtik va psixokorreksion
ta’sir vositalari va uslublarini qo‘llash keng tarqalmoqda. Odatda,
psixoterapiya pedagogik psixologiyaning bir bo£limi emas, balki
to‘la psixogen tabiatga ega bolgan, insonning psixologik holati-
ga bogliq kasalliklarni davolash yoki ularni oldini olish vosita-
si deb tushunilgan. Hozirgi paytda dunyoning qator mamlakat-
larida psixoterapiya ta’siri tibbiyot amaliyoti chegarasidan chiqib,
psixokorreksion va psixoprofilaktik maqsadlar sohasida shaxsni
tarbiyalashda, uni real ijtimoiy sharoitga moslashtirishda keng
qollanilmoqda. Bunday uslublar qatoriga ijtimiy psixologik tre-
ningni kiritish mumkin. U o'zida ko‘pdan ko‘p metodlarni jam-
lagan bolib, ularning ko‘p qismi insondagi hayotiy muammolarni
va ta’sirli voqealarni ziddiyatlarsiz, atrofdagi odamlar bilan qulay
munosabatlar o‘rnatgan holda hal qilishga o‘rgatadi.
Psixokorreksion uslublarni qollash deb, psixolog-psixoterapevt
va mijoz muloqotiga aytiladi. Bunday muloqot vaqtida mijoz mu-
taxassisga o‘z muammolarini so‘zlab beradi, psixolog yoki psixo-
terapevt ularni mushohada qilib, o‘z vositalaridan foydalanib mi-
jozga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Hozirgi zamon tibbiyotida va tibbiyot psixologiyasida psixote-
rapiyaning ancha keng tarqalgan shakli psixoanalizdir. U Z. Freyd
nazariyasiga asoslangan bolib, uning negizida inson shaxsi rivoj
lanish shartlari, turli muammolarning kelib chiqishi va ularni
yechish usullari yotadi. Psixoterapevtning vazifasi shundan ibo
ratki, u psixoanalitik uslubdan foydalanib, mijozning anglab
yetilmagan mayllarini uning ongiga yetkazish orqali ular bilan
bogliq bolgan ziddiyatlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Bu
oqim namoyandalarining ta’kidlashicha, faqatgina anglanmagan
motiv va ichki ziddiyatlargina anglab yetiladi, natijada ularni
aqlan idrok etish orqali muammolarni osongina hal qilish mum
kin. Psixoanalitik tomonidan mijozdagi anglab yetilmagan zid
diyatlarni aniqlashda erkin assotsiatsiya metodi ham qollaniladi.
526
Bu metodning mohiyati shundan iboratki, psixolog o‘zi egal-
lagan barcha usullardan foydalanib, mijozni jo‘shqin gapirish-
ga undaydi, bu o‘zini xavotirga solgan axborot tariqasida bo‘ladi
(odatda bu gipnoz holatida qilinadi yoki mijozning o‘ta kirishuv-
chan holatida o‘tkaziladi).
Shaxsga psixoterapevtik ta’sir vositalari va uslublari juda ham
ko‘p, ular bilan tanishish maxsus psixologiya kursining vazifasidir.
Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar sistema-
sining ta’siri ostida va unda o‘zi bajaradigan faoliyat ta’siri osti-
da tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta’siri
to‘g‘risida gapirilar ekan, ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayot-
gan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shun-
daki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi
odamlar ham maktab o‘quvchisining shaxsiga ta’sir qilavermay-
di, ko‘plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun
bo‘lganidek, har bir maktab o‘quvchisi uchun ham ayrim guruh-
lar (ba’zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bolishi ham
mumkin) mavjud boladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikr-
lari, o‘zi uchun nihoyatda ahamiyatli bolgan mulohazalari bilan
hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o‘quvchilar, ba’zi o‘qituv-
chilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do‘st va hokazolar muayyan mak
tab o‘quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bolishi mum
kin. Maktab o‘quvchisining tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy
ta’sirlariga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bolish hollari-
ga ko‘pincha o‘quvchining tarbiyachiga ma’lum bo‘lmagan refe
rent guruh pozitsiyasida turishi sabab boladi. A.V.Petrovskiyning
oqilona fikriga ko‘ra, agar tarbiyachi, maktab o'quvchisiga hech
narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bolsa,
bu narsa odatda tarbiyachining maktab o‘quvchisining axloqiy
pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mut-
laqo xabarsiz ekanligini bildiradi.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’si
ri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan
dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir
527
ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vosi
talari, shakllari hamda metodlarining qo‘llanilishi bilan tasodifiy
va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi.
Maktab o‘quvchisining muayyan qoidalar va normalarni bi
lishi ma’naviy xulq-atvorning zarur shartidir. Biroq axloq nor-
malarini shu tariqa bilish o‘z-o‘zidan axloqiy xulq-atvorni te-
gishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma’naviy
xulq-atvorni amaliyotsiz o‘zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bi
lan ma’naviy xulq-atvor o‘rtasidagi ajralishda ifodalanadigan «ax
loqiy rasmiyatchilik» deb ataluvchi holatning yuzaga kelishiga
olib boradi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya muassasasi tar-
biyalanuvchisi, maktab o‘quvchisining hayoti va faoliyatini to‘g‘ri
tashkil qilish, ijodiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning
shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bolishi kerak.
0
‘quvchida
bu narsa tarbiyachi rahbarligida hosil boladi. Bu narsa o'quvchi-
larda tabiiy, axloqiy va g‘oyaviy-siyosiy bilimlar majmuasini (bu
bilimlar muayyan darajada yetakchi rol o‘ynagan paytda) tarkib
toptirish bilan yuz berishi kerak.
Psixologlar (awalo L.I.Bojovich va uning xodimlari) bola va
maktab o‘quvchisining shaxsini tarkib toptirishda uning faoliyatini
to‘g‘ri tashkil qilish, uning to‘g‘ri xulq-atvor tajribasini orttirishigi-
na emas, balki uning xulq-atvorining (ma’lum harakatga undovchi
fikrlari, his-tuyg‘ulari, maqsadlari sistemasini) to‘g‘ri motivlarini
tarbiyalash ham hal qiluvchi narsa ekanligini ko‘rsatib beradilar.
Psixologlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, birgina faoli
yatning o‘zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz
berishiga ham qarab) shaxsning har xil (va hatto bir-biriga qa-
rama-qarshi bolgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan,
biz tarbiyalanuvchilarni boshqalarni ochiqdan ochiq va dadil tan-
qid qilishga o‘rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada jasurlik,
sof dillik, tanqidiy ko‘z bilan qarash fazilatlari tarkib topadi, deb
hisoblaydilar. Ammo biz aytilganlarni hisobga olmasak, hami-
sha ham o‘zimiz ko‘zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki
xulq-atvorning ana shu to‘g‘ri shakli negizida maktab o‘quvchisi
528
amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o‘quvchi-
ning o‘zi uchun qanday ma’noga ega bo'lishiga qarab, unda har xil
sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o'quvchi o‘z o‘rtog‘ini qat’iy
motivlar asosida tanqid qiladigan bo‘Isa, bu tanqid uning o‘rtog‘ida
xarakterning prinsipiallik, qat’iylik, halollik singari sifatlarini
tarkib toptirishga yordam beradi; bordi-yu, o‘z aybini o‘rtog‘ining
bo‘yniga qo‘yish istagi bilan tanqid qiladigan bo‘lsa, bu xudbin-
lik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shax
siy g‘araz bilan tanqid qilinadigan bo‘lsa, unda shu asosda qasos-
korlik, makkorlik, insofsizlik xislatlari tarkib topadi. Agar bunday
tanqid qilishga, nihoyat, o‘qituvchidan qo‘rqish va unga yoqish
istagi yoki mag'rurlik istagi sabab bo‘lsa, unda laganbardorlik, ikki
yuzlamachilik singari xislatlar tarkib topishi mumkin. Binobarin,
to‘g‘ri xulq-atvor tajribasi bu xatti-harakat muayyan motivlar aso
sida amalga oshirilgan vaqtdagina ko‘zlangan maqsadga olib kela
di. Shuning uchun xulq-atvorning to‘g‘ri motivlarini tajribada tar
biyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab
o‘quvchilarida muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida
yuzaga keladigan ijobiy motivlar ularning tajribasida mustahkam-
lanishi va barcha boshlang‘ich vaziyatlaiga tarqalishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat struktura-
siga, binobarin, maktab o‘quvchisining tegishli xatti-harakatiga
ijobiy munosabatda bo‘lishiga imkon beradigan motiv, ikkinchi-
dan, xatti-harakatlarning mustahkamlangan usuli kiradi. Shun
day qilib, shaxsning xislati olimlar fikriga ko‘ra, xatti-harakat
motivlari va bu motivlar tegishli shakllarining o‘ziga xos birik-
masidir. Xatti-harakat barqaror, hukmron (asosiy) motivlarning
sistemasini ba’zi psixologlar shaxsning yo‘nalishi deb ta’riflay-
dilar. M.S.Neymark maktab o‘quvchilarining yo‘nalishini tadqiq
qildi va bu yo‘nalishning uchta asosiy turini — jamoa, shaxsiy
va ishchanlik yo‘nalishlarini (ishga, faoliyat jarayoniga bo‘lgan
yo‘nalishni, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida ajratib ko‘rsat-
di. Yo‘nalishning jamoa, shaxsiy turlari bir xil, to‘g‘ri xarakte-
ristikasiga ega bo‘lmasligi kerak. Haqiqiy jamoa yo‘nalishidan
529
tashqari «xudbinlik guruhi» deb atalgan yo‘nalish - boshqa ja-
moalarning qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda faqat bitta
jamoaning (guruh, sinf) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo‘na-
lish ham bor. Shaxsiy yo‘nalish shaxsiy yutuqlarga erishishga qa-
ratilgan yo‘nalish sifatida hamma vaqt ham jamoa yo'nalishiga
qarama-qarshi bolavermaydi.
Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarining psixologik asoslarini
ishlab chiqayotganlarida, tarbiyaning har qanday metodiga abstrakt
tarzda qarab va uni baholab bolmaydi, degan fikrga asoslangan-
lar. Bu metodlar qollanilayotganda, birinchidan, tarbiyalanayot-
gan o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan,
shu o‘quvchi a’zo bolgan bolalar jamoasining xususiyatlarini, ni-
hoyat, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan muayyan konkret sharoit-
larni hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib top-
tirish uchun, maktab o‘quvchisining barcha vaziyat va holatlarida
to‘g‘ri yo
‘1
tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o‘zi hurmat
qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko‘rishi va o‘zi ham
to‘g‘ri xulq-atvorli bolishni mashq qilishi zarur.
Bilimlar, axloqiy tasavvurlar va tushunchalarning muayyan
sistemasini egallamasdan turib haqiqiy e’tiqodlarni tarkib topti-
rib bolmaydi.
0
‘z-o‘zidan bu bilimlar axloqiy xulq-atvorni bel-
gilamasdan turib, unga muhim ta’sir ko‘rsata olmaydi. Psixologik
tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, axloqiy tushunchalarni
o‘zlashtirish jarayoni juda murakkab jarayon bolib, unga max
sus rahbarlik qilishni talab etadi.
0
‘quvchilarning tasodifiy hol
lar, ko‘chadagilarning bema’ni ta’siri, kattalarning yaramas
xatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy tushunchalari
tarbiyachilar va jamoa tomonidan to‘g‘ri g‘oyaviy rahbarlik qilin-
masa, xato, noto‘g‘ri, buzuq tushunchalarga aylanib qolishi mum
kin. Ba’zan
0
‘quvchi turmushdagi biror fakt yoki voqeani, adabiy
asarlardagi mazmunni, kinokartinalarni o‘zi mustaqil tushuna
olmay, noto‘g‘ri xulosalarga kelib qoladi. Juda og‘ir sharoitlar-
da o‘quvchida xato fikrlargina emas, balki ma’naviy tamoyillar
va ustanovkalar ruhiga ko'ra bizga yot bolgan xatolar ham yuza-
530
ga kelishi mumkin. Ko‘pchilik noto‘g‘ri xatti-harakatlarning yuz
berishiga ana shular sabab bo‘ladi.
Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo‘li
0
‘quvchi-
larning o‘zlarida to‘g‘ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy
tajribani boyitish va umumlashtirish yo‘lidir, albatta.
0
‘quvchi-
lardagi axloqiy bilimning turli-tuman shakllari, ularning on-
gi va his-tuyg‘ulariga jonli, yorqin, otashin so‘zning (jamoalar-
da uyushtiriladigan suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar) ta’siri bu
ishni ancha to‘ldirishi mumkin.
Birinchi vazifa — o‘quvchida o‘zida shaxsning ijobiy xislatla-
rini taraqqiy ettirishga va o‘z xulq-atvoridagi yomon tomon-
lardan xalos bo‘lishga intilish istagini uyg‘otish.
Ikkinchi vazifa — o'quvchiga o‘z shaxsiga tanqidiy munosa
batda bo'lishda, o‘z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bi
lan va odilona tushunib olishida, o‘z kamchiliklarini yaqqol
ko‘rishda, o‘z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlashish
vazifasi kelib chiqadi.
Uchinchi vazifa — o‘qituvchi tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalash
dasturini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarining qaysi xu
susiyatlarini (masalan, o‘zini ushlay bilish, qat’iylik va shu
singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan,
0
‘jarHk,
yalqovlik, qo‘pollikka) barham berish kerakligini belgilab,
hal qilib olishda
0
‘quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu
yerda shaxs sifatlarini to‘g‘ri va obyektiv baholashda, ularni
kelib chiqish sabablari hamda mazmuni jihatidan baholashda
ham o‘quvchilarga ko‘maklashish muhimdir.
Nihoyat, to‘rtinchi vazifa - o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z-
o'zini tarbiyalashning oqilona yo‘llarini ko‘rsatib beradilar,
o‘quvchini shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va
kamchiliklarga barham berishga oid eng maqsadga muvoflq
va samarali yo‘llarini ko'rsatadilar.
0
‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili —
0
‘z-
o‘zini tarbiyalash vujudga keladi.
0
‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy
531
ahamiyatga ega bolgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasi-
da xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga bar-
ham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlay-
dilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini
kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, — degan edi I.P.Pavlov.
Agar o‘z-o‘zini tarbiyalashga bolgan intilishni kattalar, ja
moa yetarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda
o‘quvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalash-
da) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar
qilishi mumkin.
0
‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashi-
ga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashq-
qa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan
holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
— tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat
deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va
o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligi-
ning e’tiborga tutilishi:
— milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon-
madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
— talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil
qilish,
— qiziqarli, tolaqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqli-
mini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngil-
ochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada
talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo
‘1
ursinlar, muvaffaqiyat hissini
tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bolsin.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil jamiyatning baxt-saodati
yolida halol mehnat qilish; jamiyat boyligini saqlash va ko‘payti-
rish yolida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy
burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda
halollik va rostgo‘ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtar-
lik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo
‘1
qo‘ymaslik va doimo
532
o‘z-o‘zini tarbiyalab borish kabilar tarbiya jarayonining muhim
xislatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |