Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Немов  P.С.  Психология.  Книга  2.  Психология  образования.  —М



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

1  Немов  P.С.  Психология.  Книга  2.  Психология  образования.  —М.: 

ВЛАДОС.  2003.  С.436.

510


riga kelib bolada muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik- 

dan qochish ehtiyoji shakllanadi. Boladagi muvaffaqiyatga erishish 

intilishini  to‘g‘ri  tarbiyalash ko‘proq kattalar va bolalarning  mu­

loqot uslubiga bog‘liq.  Boshlang‘ich sinflarda o'qish  davrida mu- 

vaffaqiyatsizlikdan  qochadigan  va  aksincha  muvaffaqiyatga  in- 

tilishga  harakat  qiladigan  o‘quvchilarning  onalari  farzandlariga 

turlicha munosabatda bolishi  aniqlandi:

1.  Farzandlarining  yutuqlarini baholashda  individual  norma- 

larga yoki erishilgan natijalarga emas,  o‘rtacha ijtimoiy normalar- 

ga mosligi e’tiborga olingan. Ular uchun farzandlarining yutuqlari 

shu yoshdagi boshqa bolalarning yutuqlariga mosligi muhim.

2.  Bunday onalar farzandlarining xohishlarini kamroq e’tibor­

ga olishadi,  uy vazifalarini bajarish jarayonini qattiq nazorat qili- 

shadi, bolani mustaqil ishlashga yoki mustaqil qaror qabul qilish- 

ga  undashmaydi.  Bolaga yordam  ham  maslahatlar tarzida  emas, 

balki  uning  faoliyatiga  bevosita  aralashish,  bolaga  o‘z  fikrini 

o‘tkazish tarzida amalga oshiriladi.

3.  Bunday  onalar  ko‘pincha  farzandlarida  qobiliyatlar  yo‘q- 

ligidan noliydi. Nafaqat qobiliyat, balki intilishning yetishmasligi- 

da  ham  farzandlarini  ayblaydilar,  farzandlarining  muvaffaqiyat- 

larini oson topshiriqlarni bajarish sifatida baholaydilar.

4. Bunday onalar farzandlarining muvaffaqiyatlari uchun kam- 

dan  kam  maqtaydi.  Farzandlarining  muvaffaqiyatsizligi  uchun 

ko‘proq koyib,  qoniqmaslik hissini namoyon etishadi.

Bolalik va maktab  yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri 

ostida tarkib topadi.  Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan  das- 

turning,  anglab  olingan maqsadning  mavjudligi bilan ta’sir ko‘rsa- 

tishning  maxsus  ishlab  chiqilgan  va  asoslab  berilgan  vositalari, 

shakllari  hamda metodlarining tasodifiy  yoki  stixiyali ta’sirlaridan 

ajralib turadi.  Ma’lumki,  tarbiyaning  eng muhim vazifasi yosh  av- 

lodda  mustahkam  e’tiqod  va  his-tuyg‘ular  hamda  ularga  asoslan- 

gan ma’naviy xulq-atvorni  hosil  qilishdir.  Bu  vazifani  shaxsni  faol 

va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, shuningdek, bolaning indi­

vidual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina hal etish mumkin.



511


Mashhur  olim  Gerbart  tarbiya  maqsadini  belgilab  olishga 

katta  ahamiyat  bergan.  U  tarbiyaning  maqsad  va  vazifalarini 

yaxshi  fazilatli  kishini  tarkib  toptirishdan  iborat,  deb  hisoblay- 

di.  Gerbart  tarbiya  ishida  aqliy  ta’limni  tarbiyaning  eng  katta 

va  asosiy vositasi  deb  bilib,  ta’limsiz  tarbiya bolmaydi,  deb  hi- 

soblagan.

0

‘smirlik davri bilan bog‘liq bolgan yorqin jihatlardan biri  -  



bu  o‘z-o‘zini  tarbiyalashga  bolgan  kuchli  intilishdir. 

0

‘z-o‘zini 



tarbiyalashning faol kechishi aynan shu yoshdan boshlanib,  odat- 

da  u  yoki  bu  shaklda  insonning  butun  umri  bo‘yi  davom  eta­

di. 

0

‘smirlik  davrida  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  haqida  gap  ketgan- 



da,  shuni  nazarda  tutish  lozimki,  bola  12-13  yoshga  yetgandan 

so‘ng  birinchi  marotaba  o'zining  aqliy  shaxsiy  qobiliyatlarining 

imkoniyati  haqida  o‘ylab  qoladi  va  bularni  rivojlantirish  uchun 

ongli ravishda maqsad sari intiladi.

0

‘z-o‘zini tarbiyalash ma’lum bir aniq rivojlanish yolini bosib 



o'tadi.  Agar  uni  asosiy  yosh  pog‘onalari  bo‘yicha  qamrab  oladi­

gan bolsak,  inson  ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namo­

yon boladi:

Birinchi  bosqich  o‘z-o‘zini jismoniy  va  irodaviy  tarbiyalash- 

dir.  Bu  o‘smirlik  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Insonning  bu  davrga  xos 

bolgan  o‘z-o‘zini  tarbiyalashdan  maqsad  iroda  va jismoniy  im- 

koniyatlarni  rivojlantirish  bolib,  jasurlik,  chidamlilik,  o‘z-o‘zini 

boshqara  olish,  matonat,  o‘z-o‘ziga  ishonch  kabi  irodaviy  sifat- 

larni  maxsus  vosita  va  mashqlar  orqali  rivojlantirishdan  iborat- 

dir.  Bu  holat jismoniy  rivojlanishga  ham  taalluqli bolib,  shu  sa- 

babli  ko'pgina  bolalar  bu  yoshda jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan 

shug‘ullanishni boshlaydi.

Ikkinchi  bosqich  —  o‘zini  xulqiy-axloqiy  rivojlantirish  bolib, 

ilk  o‘spirinlik  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  o‘z-o‘zini  tarbi­

yalash bo‘yicha ko‘proq kuzatiladigan maqsadlar — ruhiy, ma’naviy 

rivojlanish,  shaxsning to‘g‘rilik, yaxshilik,  saxiylik, do‘stga sodiq- 

lik,  sadoqat,  muruvvat kabi oliyjanob  sifatlarni o‘zida mujassam- 

lashtirishga intilishdir.



512


Uchinchi bosqich kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik davriga 

to‘g‘ri  keladi.  Inson hayotining bu  davrini  ishga bo‘lgan ishtiyoqni 

o‘stirish  deb  qarash mumkin,  unda kishining  kasbiy zarur bolgan 

kompleks sifatlarni rivojlantirish,  qobiliyat,  malaka, ko‘nikma, tan- 

lagan  kasbi  bo‘yicha  mahorat  bilan  ishlash  uchun  zarur  bolgan 

xislatlari  shakllanadi. 

0

‘z-o‘zini  kasbiy  rivojlantirish  maqsadi  bu 



davrda  boshlanib,  ko‘pgina  kishilarda  mustahkamlanib  boradi  va 

uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri bolib qoladi.

To'rtinchi  bosqich  — ijtimoiy-dunyoviy  qarashlarda  o‘z-o‘zini 

tarbiyalashdir.  Bu inson hayotining 40—45 yoshidan keyingi davri 

hisoblanadi.  Bu yerda o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy ho­

lat, dunyoqarash, hayotga ma’lum nazar bilan qarash hisoblanadi.

Ba’zi  hollarda  beshinchi  pog‘ona  ham  uchrab  turadi,  bunda 

o‘z-o‘zini aktuallashtirish masalasi qo‘yiladi va hal etiladi.

Besh  bosqichdan  ikkitasi  insonni  o‘z-o‘zini  tarbiyalashdagi 

rivojlanishi  o‘smirlik va yoshlikning ilk davriga to‘g‘ri keladi.  Bu 

davrlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash inson xarakterini  belgilab beradi.

0

‘smir  va  o‘spirinlarga  ularning  jismoniy,  ruhiy  va  axloqiy 



o‘z-o‘zini  tarbiyalashida  qanday  ko‘maklashish mumkin?  Bu  sa- 

volga quyidagicha javob bersa boladi: birinchidan,  o‘z-o‘zini tar- 

biyalashning  birinchi  belgilari  paydo  bolishi  bilan  ularning  in- 

tilishlarini  faol  qollab-quwatlash  va  rag‘batlantirish  lozim. 

Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanish,  albatta,  o‘smirga 

jismoniy  o‘z-o‘zini  tarbiyalashda  katta  yordam  beradi.  Bolalar 

uchun  ayniqsa,  sportning  o‘yin  tariqasida  o‘tkaziladigan  turlari 

foydali,  shuningdek,  yengil  atletika,  suzish,  kompleks  jismoniy 

tarbiya mashqlari organizmning har taraflama va barkamol rivoj- 

lanishiga yordam beradi.  Bunday  mashqlar jarayonida  shaxsning 

iroda kuchi ham tarbiyalanadi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam  shug‘ullana borish, 

albatta  shu  sohada  yuqori  cho‘qqini  zabt  etishni  maqsad  qilib 

olish kerak  degani  emas.  Asosiysi ular bolaga  quvonch  keltirishi, 

sogliglni  mustahkamlashiga  yordam berishidir.  Ayniqsa,  bu jis- 

monan nimjon bolalar uchun foydali bolib,  bunday o'smirlar bi-



513


Ian  ota-onalar,  o‘qituvchilar  yoki  biror  katta  odam  shug‘ullansa 

samaraliroq  bo‘ladi.  Bu  narsalar  albatta  kelgusida  malakali  mu- 

taxassis  — trener  rahbarligi  ostida  sport  bilan  shug‘ullanish  im- 

koniyatini  yo‘qqa  chiqarmaydi,  u  holatda  tarbiya  vazifasi  o‘zga- 

cha tus oladi,  oddiy jismoniy yoki irodaviy o‘z-o‘zini tarbiyalash, 

rivojlantirishdan farq qilib,  uning chegara doirasidan oshadi.

Shaxs kamol topishida o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport 

bilan shug‘ullanishi yaxshi maktab rolini o‘taydi.  Holbuki bu vo- 

sita yagona emas, u doim ham har tomonlama iroda kuchini o‘sti- 

rishni ta’minlab bera olmaydi. Jismoniy tarbiya natijasida olingan 

ma’lum  iroda  kuchi  intellektual  va  boshqa  turdagi  faoliyatlarda 

har doim ham  o‘zini  namoyon qila  olmaydi.  Ayniqsa,  hayotning 

axloqiy  tomonlarida  avtomatik  tarzda  iroda  o‘z  kuchini  ko‘rsa- 

ta  olmaydi.  Bunda  quyidagi  qoida  amal  qiladi:  shaxs  iroda  ku­

chini  birinchi  navbatda  ular  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  muloqot  qiladigan 

va amaliyotda ko‘rinadigan faoliyatlarda  chiniqtirib borish zarur.

Manfaatdor,  ezgu  niyatli  va  aql-idrokli  kattalarning  o‘smirlar 

o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi ishtiroki odatda ularning o‘z kuchlariga 

ishonishga,  shu  yoshdagi  o'smirlar  xarakteriga xos  bo'lgan  kom- 

plekslar va krizis holatlarini bartaraf etishlariga katta yordam be­

radi. 

0

‘smirlar  va  o‘spirinlarning  o‘z-o‘zini  tarbiyalashda  katta- 



larni namuna ko'rsatishi katta rol o‘ynaydi.  Bu yoshdagi insonlar 

ko‘pincha  kattalarga,  ayniqsa  obroli  kishilarga  taqlid  qiladilar, 

ularning yaxshi sifatlarini  o‘zlarida jam qilishga intiladilar.

Yuqori  sinf  o‘quvchilari  xulq-atvori  o‘z-o‘zini  rivojlantirish 

muammolari  bilan  to‘qnashganda,  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  bilan 

bogliq  murakkab  psixologik-pedagogik  vaziyat  vujudga  keladi. 

Bu jarayonda ular  ko‘pdan  ko‘p  muammolar va  ziddiyatlar bilan 

to‘qnashishlariga  to‘g‘ri  keladi.  Bulardan  biri  bu  yoshdagi  bola- 

larning  romantika va  sarguzashtlarga  intilishidir.  Hozirgi  zamon 

sharoitida bunday  intilish  ko‘pincha  hayotning  iqtisodiy  omillari 

sababli paydo bolgan pragmatik yo‘nalish bilan to‘qnash keladi.

Agar  romantik  ideal  shaxsdan  zohidlik  va  kamtarlikni  talab 

qilsa, pragmatik dunyoqarash,  aksincha,  moddiy to‘kin-sochinlik-

514



ka  va  mol-dunyoga  intilishga  olib  keladi.  Romantik  yo‘nalganlik 

yolg‘izlikka  intilishni  qayd  etsa,  pragmatik yo'nalganlik faol  mu- 

loqotni  nazarda  tutadi.  Birinchisiga  taqdirga  tan  berish,  bo‘ysu- 

nish  xos  bolsa,  ikkinchisiga  kurashish  xosdir.  Romantik  dunyo- 

qarash  real  hayotda  sof  axloqiy  xulqiy  tomondan  duch  kelishi 

mumkin bolgan ziddiyatlarni davom ettirishi mumkin. 

0

‘z-o‘zini 



tarbiyalashda o‘spirinlar uchun asosiy qiyinchilik bu ikkala yo‘na- 

lishning biridan voz kechib  ikkinchisini tanlash.  Ammo bu  ikki- 

sini birlashtirish mumkinmi,  agar mumkin bolsa,  qanday qilib?

0

‘spirinlik  davridagi  bolalar  bilan  tarbiyachining  birinchi 



galdagi vazifasi shundan iboratki,  ularga haqiqiy hayotda roman­

tik va pragmatik yo‘nalishlar va boyliklar o‘zaro  uyg‘unlikda  ke- 

chishini, birining foydasi uchun boshqasidan butkul voz kechishi 

shart  emasligini,  romantika  va  pragmatikani  yuqori  ruhiy  va 

iqtisodiy  insoniy  boyliklar  sifatida  birlashtirish,  uyg‘unlashtirish 

mumkinligini tushuntirish lozim.  Masalan, yetarli darajada prag­

matik,  kirishuvchan,  ishbilarmon  va  hisob-kitobli  inson  bo‘lish 

bilan birga xulq-atvor bobida to‘g‘ri,  yaxshilik qiluvchi,  insonlar- 

ga,  shu  bilan  birga  o‘z  raqobatdoshlariga  ham  hamdard  bolishi 

mumkin.  Biznes tarixi ko‘rsatishicha,  bunday sifatlar haqiqatdan 

ham eng yaxshi ishbilarmonlarga xosdir.

Hozirgi  zamon  o‘spirinlarini  bunday  tarbiyalash  uchun  ro­

mantik,  qahramonlik,  sarguzasht  singari  yo‘nalishdagi  adabiyot- 

lar bilan bir  qatorda  ishbilarmonlik,  tadbirkorlik haqidagi  adabi- 

yotlar,  ayniqsa, bu sohada taniqli buyuk insonlar hayoti yoritilgan 

asarlar  bilan  tanishtirish  lozim.  Pragmatik  tomonga  yo‘nalgan 

o‘spirinlarga  namunali  xulqiy  va  romantik  tomonlari  yoritilgan 

va  aksincha,  romantiklar  foydali  ishbilarmonlik  taraflari  aks  et- 

gan  adabiyotlar bilan ko‘proq tanishishlari lozim.

Xulq-atvor  va  odatni  shakllantirish  ma’lumki,  odam  ongi- 

ning yuksak belgilaridan biri uning o‘zini anglashidir.  Odamning 

o‘zini  anglashi  o‘z  navbatida  shaxsning  muhim  belgisi  hisobla­

nadi.  Odam  o‘z  tevarak-atrofidagi  olamni  biluvchi  va  shu  olam- 

ga  ta’sir  etuvchi  subyektdir.  Odamning  idrok  etadigan,  tasav-



515


vur  qiladigan  narsalari  uning  uchun  obyektdir.  Ana  shu  nuqtayi 

nazardan  olganda,  odamning  o‘zini  anglashi  subyektiv  ravishda 

o‘zini  «men»  deb his  qilishida ifodalanadi.

Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobili­

yati  xosdir.  Faqat  ijtimoiy hayotda,  o‘zga  kishilar bilan  qiladigan 

har turli  munosabatlarda  odamning  o‘zini  anglashi,  o‘zini  «men» 

deb  bilishi  vujudga  keladi  va  taraqqiy  etadi.  Odam  o‘zini  alohi­

da  shaxs  sifatida  kim  deb  bilishi,  o‘zining  o‘tmishi  va  kelajagini 

anglashi,  o‘z huquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazi- 

lat hamda kamchiliklarini anglashi  o‘zini  anglashiga kiradi.

Tarbiya  uzluksiz  ravishda  ta’lim  bilan  birgalikda  avvalo  oil- 

ada,  keyinchalik  ta’lim-tarbiya  muassasalarida  berib  boriladi. 

Shaxsning  qaror  topishini  eng  muhim  vazifasi  o‘quvchida  axloq 

talablariga javob  beradigan  e’tiqod  va  ideallarni  tarkib  toptirish- 

dir. 

0

‘quvchi  shaxsining  shakllanishidagi  jarayonda  yuzaga  kel- 



gan axloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi, ya’ni uning ma’naviy on- 

gi hukmronlik qiluvchi, uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi 

omilga aylanadi.

Shaxsning  ijobiy  yo‘nalishini  tarkib  toptirish  uchun  maktab 

o'quvchilarini  barcha  vaziyat  va  holatlarda  to‘g‘ri  yo

‘1

  tutishini 



istashi hamda  to‘g‘ri yo‘ldan borishi uchun uning  nima  qilishini 

bilishi,  o‘zi ham to‘g‘ri xulq-atvorli bo‘lishni mashq qilishi zarur.

0

‘quvchilarning  ongiga  singdirilgan  qoidalarni  yaxshilab 



asoslab  berilishi,  isbotlangan  bo‘lishi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Bu  hamma  narsani  tushunib  olishga  va  buning  asoslanganligi- 

ga ishonch hosil  qilishga,  oqilona  isbotlarga  rozi bo‘lishga  qodir 

bo‘lgan  o‘smirlar  va  katta yoshdagi  o‘quvchilar uchun juda  mu- 

himdir.

O'quvchilarda  maksimal  faollikni  yuzaga  keltirish  yoki  jon- 

li  ravishda  fikr  almashish  istagini  uyg‘otish,  ularning  fikrini  avj 

oldirish va o‘zlarini  axloq masalalari ustida o‘ylab ko'rishga maj- 

bur  qilish  zarur. 

0

‘quvchilarga  tayyor  haqiqatni  zo'rlab  qabul 



qildirish yaramaydi,  axloq normalari haqidagi xulosalarni chiqar- 

tirish  ularning  faol  ishtirokida  amalga  oshirilishi  lozim.  Buning



516


uchun  suhbat  jarayonida  muhokamaga  qo‘yilishi  kerak  bo‘lgan 

masalalarni oldindan tayyorlab  qo‘yish tavsiya etiladi.

0

‘quvchilarda  chuqur va  ta’sirchan  emotsiyalarni  uyg‘otishga 



intilish  lozim.  Bunda  o‘qituvchi  suhbatni  befarq,  shavq  va  zavq- 

siz  emas,  balki  emotsional  tarzda  jonli  qilib  o‘tkazilgandagina 

erishish  mumkin. 

0

‘qituvchining  ehtirosli  e’tiqodi  o‘quvchilarga 



o‘tishini unutmaslik darkor.

Yuqorida aytilgan fikrlardan o'qituvchilar va ota-onalar o‘zla- 

riga  hamda  o‘z  xulq-atvorlariga  nisbatan  juda  qattiq  talablar 

qo‘yishi,  o‘nlab  bolalarning  sinovchan  ko‘zlari,  ularning  kuzatib 

turganliklarini hech qachon unutmasliklari kerak.

Konfutsiy:  «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir 

insongina  tarbiyachi  bola  oladi»,  —  degan  edi.  Mustaqillikning 

dastlabki  yillaridanoq butun  mamlakat  miqyosida  ta’lim-tarbiya, 

ilm-fan,  kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyat- 

da katta zarurat sezila boshladi.  Bugungi kunda tarbiya jarayoni­

da ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.  Shuni ta’kidlash 

lozimki,  ma’rifat xalqimiz,  millatimiz qonidadir. An’anaviy shar- 

qona  qarashga  ko‘ra,  ma’rifatlilik  faqat  bilim  va  malaka  emas, 

ayni paytda chuqur ma’naviyat va go'zal axloq degani hamdir.

Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga  almashishi,  shuningdek, 

milliy  mustaqillik  va  uning  ne’matlari,  respublikamiz  fuqaro- 

larida  tub  o‘zgarishlarni  vujudga  keltirmoqda.  Milliy  tuyg‘u,  qi- 

yofa,  xarakter,  ta’b,  kuy,  raqs,  ma’naviyat,  qadriyat  hamda  ru­

hiyat  ta’siri  ostida  o'zining  tub  mohiyatini  aks  ettira  boshladi. 

0

‘tmishning  boy  merosi,  uning  an’analari  milliy  istiqlol  tufay- 



li  o‘z  egalariga  qaytarib  berildi.  Fuqarolarning  ijtimoiy  ongi  as- 

ta-sekin  o‘zgarib  borishi  natijasida  etnopsixologik  xususiyatlar 

tiklana boshladi,  milliy, umumbashariylik xislatlari o‘rtasida ado- 

latlilik,  teng huquqlilik aloqalari  o‘rnatilmoqda.

XXI  asrda  shaxs  shakllanishida,  uning  tarbiyalanganlik  da- 

rajasini  ortishida  dinning,  xususan  «Hadis»  ilmining  ahamiyati 

kattadir.  Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik,  samimiy- 

lik,  o‘zaro yordam,  simpatiya,  antipatiya,  hamdardlik,  sevgi-mu-



517


habbat  singari  milliy  xususiyatlarni  tarkib  toptirishda  hadislar- 

ning roli yanada ortadi.

0

‘zbek  oilasida  tarbiya  mohiyati,  mazmuni  tarbiyaning  kun- 



dalik rejasi,  bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan 

unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega,  chunki uning aso­

sida xalq an’analari yotadi.

Yosh  avlod tarbiyasida  milliy  ruhiyat,  umuminsoniy,  xalqchil 

milliy  qadriyatlar,  urf-odatlar,  an’analar  yetakchi  o‘rin  tutmog‘i 

lozim  (tarbiyada  etnopsixologik  va  etnopedagogik  munosabat). 

Bular orqali yoshlarda  quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:

---- »-(a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish; 

)

---- >(b) xayrixohlik,  odamlarga hurmat, mehr-shafqat;



---- >-(d)  kattalarni hurmat qilish,  e’zozlash; 

)

---- ^(



5

)  muloyimlik;

---- *-(f)  ishbilarmonlik,  mohirlik,  ishchanlik,  iqtisodiy tafakkur; 

^

---- *~(g)  kichik yoshdan mehnatsevarlik; 



)

---- *~(h) jismoniy baquvvatlik; 

)

---- ►(!)  axloq-odoblilik; 



)

---- *~(j) oilaparvarlik; 

)

---- аУ°Чагёа hurmat;



---- *"(1) o‘zaro hamkorlikka intiluvchanlik. 

^

Ma’lumki,  yoshlarning  ma’naviy-axloqiy  tarbiyasi  bilan 



oila,  mahalla,  ta’lim  muassasalari,  ommaviy  axborot  vositalari, 

huquqni  muhofaza qiluvchi tashkilotlar,  ilmiy-pedagogik kadrlar 

shug'ullanadilar.  Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning ba- 

hamjihatlik bilan olib boradigan  ishlarigina,  o‘zining  ijobiy  nati- 

jalarini berishi mumkin.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish