larini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mum
kin. Ta’lim va o'qish — har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish
esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va
o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga
tayyorlik turli yosh davrlarida turlicha namoyon bo‘ladi. 0 ‘rga-
nishning elemantar turlari — imprinting, shartli reflektor va ope
rant turlariga - bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor boladi.
0
£qish bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun ong
li, maqsadga yo'naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4—5 yoshligi-
da namoyon boladi, mustaqil o'qishga tayyorlik maktabning bi-
rinchi sinflarida, ya’ni 6-7 yosh atroflda vujudga keladi.
0
‘rganish jarayoni faoliyat sifatida quyidagi o‘quv-intellektual
mexanizmlar hisobiga amalga oshadi:
Assotsiatsiyalarning shakllanishi
Taqlid qilish
Farqlash va umumlashtirish
Insayt (taxmin)
Ijod
1. Assotsiatsiyalarning shakllanishi. Bu mexanizm alohida bi
limlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bogla-
nishlar o‘rnatish asosida yotadi.
2. Taqlid qilish. Ko‘nikma va malakalar shakllanishi uchun
asos boladi.
3. Farqlash va umumlashtirish. Tushunchalar shakllanishi bi
lan bogliq.
475
4. Insayt (taxmin). Inson tomonidan qandaydir yangi infor-
matsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada no-
ma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun
kognitiv baza hisoblanadi.
5. Ijod. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun
asos hisoblanadi.
0
‘rganishning muvaffaqiyati turli xil omillarga bogliq, ular
ichida quyidagi psixologik omillar muhim: o‘quv faoliyati moti-
vatsiyasi, bilish jarayonlari - idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur
va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs
xislatlari: mas’uliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, inti-
zomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. 0 ‘quv
faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlik faoli-
yatidagi insonlar — o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan o‘zaro ta’sir
qila olish ko‘nikmasi, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kira
di. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bolgan tayyor-
lik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining
o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilini-
shi muhim bolib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va ama
liy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘si-
shini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyat-
larini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon
etish shakliga ko'ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. 0 ‘quv faoliyati bu
shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o'quvchida o‘zgarish
yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bolishi
darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o'sishi va rivoj
lanishi bilan bogliq bolishi kerak. 0 ‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish
va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bogliqdir.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliya
ti, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga
o‘rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni,
xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. 0 ‘qish va
476
o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o'rgatishga xiz-
mat qiladi. 0 ‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllan-
tirilishi bu faoliyatning ayrim kishilar tomonidan bajarilishini as-
ta-sekinlik bilan o'quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz
mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: