Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

tushunchasidan

  kelib  chiqqan  bolib,  indi- 

vidning ta’lim va o‘qish natijasida o‘rganishi mumkin bolgan barcha 

narsalarni o‘z ichiga oladi.

0

‘quv  faoliyatini  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  o‘zaro  ta’siriga 



asoslangan  o‘quv-bilish  jarayoni  sifatida  turli  tomondan  tav- 

siflaganda,  biz  to‘rt  tushunchadan  ham  foydalanamiz, 

0

‘qituv- 


chi  va  o‘quvchi  ta’sirining  qaysi jihati  nazarda  tutilayotganligiga 

bogliq ravishda biriga urg‘u beramiz.  Dastlab o‘rganish haqidagi 

masalasiga to‘xtalamiz.

472



Rivojlanish  bilan  bog‘liq  barcha  narsani  o‘rganish  deb  ay- 

tish  mumkin  emasligini  ta’kidlash  joiz.  Masalan,  unga  orga­

nizmning  biologik jihatdan  yetilish  jarayonlarini  kiritish  mum­

kin emas.  Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim 

va o‘rganishga bogliq emas.  Lekin  o‘rganish  deb  ataladigan bar­

cha  jarayonlar  yetilishga  umuman  bogliq  emas  deb  bolmaydi. 

Bu barcha olimlar tomonidan tan  olingan.  Lekin  rivojlanish  qay 

darajada  yetilish  bilan  bogliqligini  aniqlash  muhim.  0 ‘rganish 

doimo  ma’lum  darajada  organizmning  biologik yetilishiga  taya- 

nadi.  Masalan,  bolaga  bosh  miyadagi  nutq  uchun javob  beradi- 

gan  bolim lar  yetilmaguncha  gapirishni  o'rgatib  bolmaydi.  Bu 

ikki jarayon o‘rtasida teskari  aloqa ham mavjud:  ta’lim va o‘qish 

organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.

Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.

Ulardan  birinchisi  —  imprinting  mexanizmi  bo‘yicha 

0

‘rga­



nish, ya’ni tez,  avtomatik ravishda o‘rganishdir.  0 ‘rganishning bu 

turi  markaziy  nerv  sistemasi  rivojlangan  hayvonlarda  ham  mav­

jud.  Masalan,  o‘rdakchalar  tugllishi  bilan  ona  o‘rdakning  yu- 

rishini  ko‘rib  orqasidan  ergashib  yura  boshlaydilar.  Chaqaloq- 

larda  so‘rish  reflekslari  mavjud  boladi.  I.P.Pavlov  davridan  beri 

xulq-atvorning  bunday  shakllari  shartsiz  reflekslar  deb  atalgan, 

ularni ko‘proq «instinkt»  deb  atash to‘g‘riroq bolur edi.

0

‘rganishning  ikkinchi  turi  —  shartli  reflektor  o‘rganish. 



Bu  bo‘yicha  ham  tadqiqotlarni  dastlab  I.P.Pavlov  olib  borgan. 

0

‘rganishning  bu  turi  dastlabki  neytral  qo‘zg‘atuvchiga  shartli 



reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishi- 

ni  nazarda  tutadi.  Organizmning  shartli  reflektor  reaksiyalarini 

tug‘diradigan  stimullar  qabul  qilinishi  lozim.  Masalan,  «limon» 

so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli,  nordon ta’mli 

meva keladi.

0 ‘rganishning  uchinchi  turi  operant  o‘rganishdir.  Bunday 

o‘rganish  turida  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  «Sinab  ko‘rish 

va  xato  qilish»  metodi  orqali  o‘rganiladi.  Individ  duch  keladi- 

gan vaziyatlar unda turli instinktiv,  shartsiz,  shartli reaksiyalarni

473



vujudga  keltiradi.  Organizm ketma-ket  amalda masalani yechish 

uchun  har  birini  sinab  ko‘radi va  bunda  avtomatik  ravishda  eri- 

shilgan  natijani  baholaydi.  Eng  yaxshi  natijaga  olib  kelgan  reak- 

siya,  vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini 

ta’minlagani  boshqalaridan  ajralib  chiqadi  va  tajribada  mustah- 

kamlanadi.  Mana shu «Sinab  ko‘rish va xato qilish»  metodi orqa­

li  o‘rganishdir.

Yuqorida  tavsiflangan  o‘rganish  turlari  hayvonlarda  ham,  in- 

sonlarda ham uchraydi.  Lekin insonlarda  o‘rganishning  maxsus, 

oliy turlari mavjud.

Bu  birinchidan,  boshqa  odamlar  xulq-atvorini  to‘g‘ridan 

to‘g‘ri  kuzatish  orqali  o‘rganish  bo‘lib,  unda  inson  kuzatilayot- 

gan  xulq-atvor  shakllarini  o‘zlashtiradi.  Bu  vikar  o‘rganish  deb 

ataladi.


Ikkinchi  —  verbal  o‘rganish,  ya’ni  insonning  yangi  tajriba­

ni  til  orqali  o‘zlashtirishidir.  Bunday  o‘rganish  natijasida  inson 

nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim,  ko‘nikma va malakal­

arni uzatishi mumkin.

0

‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni 



ta’kidlab  o‘tamiz.  Ta’lim  o'rganishdan  farqli  ravishda  rejali  va 

ongli  boshqariladigan  tashkiliy  jarayondir.  0 ‘rganish  esa  stixi- 

yali  ravishda  ro‘y  beradi.  0 ‘qish  o‘quv  faoliyatining  tarkibiy 


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish