Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

88


Zigmund  Freyd

Ontogenezda  rivojlanish psixikasi  tushunchasiga  psixoanalitik 

yondashuv  asoslari  Z.Freyd  tomonidan  kiritilgan.  Psixik  rivojla­

nish  psixoanalizida  qiziqishlar,  motivlar  va  tuyg‘ular  sohasini 

murakkablashishi jarayoni bilan shaxs  rivojlanishi hamda uni  tu­

zilishi va funksiyalarining  takomillashishi bilan tenglashtiriladi.

Z.Freyd inson psixikasmi  3 bosqichga, ya’ni psixik jarayonlarni 

prinsipial anglash imkoniyati mezoni bo‘yicha ong,  ongosti va ong- 

sizlikka  ajratadi.  Uning  ilmiy  qiziqishlari birinchi  navbatda jinsiy 

va agressiv qiziqishlarning majmuasiga qaratilgan. Aynan ongsizlik 

birinchi  bo‘lib jamiyatga  qarshi  turadi.  Freyd  shaxs  rivojlanishini 

individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan ham­

da unga begona,  lekin juda ham zarur deb hisoblaydi.

Inson shaxsi Z.Freyd bo‘yicha o‘z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy 

qismlarni  qamrab  oladi:

U;  Men;  Oliy Men.

U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug‘ma xarakterga ega, ong­

sizlik joylashgan  va  qoniqish  tamoyiliga  bo‘ysunadi.  Idda  tug‘ma 

impulsiv qiziqishlar mavjud  (hayot instinkti  Eros va o‘lim instink- 

ti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil etadi.

Men  (Ego)  shaxsni  ratsional  va  anglanuvchi  qism.  U  biologik 

yetilishga ko‘ra,  hayotning  12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va 

reallik prinsipi bilan boshqariladi.  Egoning vazifasi sodir bo‘layot-

89



ganlarni tushuntirish va insonning xulqini shunday tuzish kerakki, 

uni  instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va  ongning  chek- 

lovlari  buzilmasligi  kerak.  Egoning  hamkorligida  individ va  sotsi- 

um o‘rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.

Oliy  Men  (Super  Ego)  shaxsning  tuzilmaviy  tarkibi  sifati­

da  eng  oxirida  3—6  yoshlar  orasida  shakllanadi.  Super  Ego  in­

sonning  moslashishini  ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan 

normalarga amal  qilishini qattiq nazoratga oladi.

Id  va  Super  Ego  tarafidagi  an’analar  odatda  nizoli  xarakter- 

ga  ega bolib,  bu xavotirlanish,  asabiylashishni  keltirib  chiqaradi. 

Bunga javoban  Ego bir qator himoya mexanizmlarini yaratadi va 

qo‘llaydi.  Ular  siqib  chiqarish,  ratsionallashtirish,  sublimatsiya, 

proeksiya,  regressiya va boshqalar.

Himoya  mexanizmi  atamasi  1894-yilda  dastlab  Z.Freyd  to­

monidan  fanga  kiritildi.  Keyinchalik  mazkur  sohadagi  tadqiqot- 

larning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy 

ahamiyati  ham  ortib  bormoqda.  Psixologik  himoya  — bu  shaxs- 

ni  salbiy  kechinmalardan  himoya  qilishga  yo'naltirilgan  anglan- 

magan psixik jarayondir.  Aynan psixologik himoya mexanizmlari 

qarshilik ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi.  Shaxsning  himoya 

mexanizmlari  uning  psixikasida  ilk bolalik  davrida  paydo  b o la­

di  va  butun  hayoti  mobaynida  davom  etadi.  Psixologik  himoya 

mexanizmlari  odamni  yoqimsiz  emotsional  kechinmalardan  hi­

moya qiladi,  psixologik qulaylik  (komfort)ni  saqlab  berishga yor­

dam  beradi.  Psixologik  himoyaning  funksional  vazifasi  va  maq- 

sadi,  ongsizlikni  instinktiv  impulslari  va  tashqi  ijtimoiy  muhit 

talablarini o‘zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini 

o'zlashtirish oltasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya’ni shaxs- 

ni  ichki  nizolarini  (xavotirlik,  siqilish)  yengillashtirishdan  ibo­

rat.  Psixologik himoya mexanizmlari bu  nizolarni yengillashtira- 

di, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va 

psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.

Psixologik  himoyalanganlikni  ta’minlovchi  asosiy  mexanizm 

sifatida  shaxsni  barqarorlashtiruvchi  maxsus  boshqaruv  tizimi



90


yuzaga  chiqadi.  Ular  nizoni  anglash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xa- 

votir  tuyg‘ularini  bartaraf  qilish  yoki  minimumgacha  keltirish- 

ga  yo‘naltirilgan.  Bu  yondashuv  bilan  bogliq  holda  uning  asosiy 

funksiyasi sifatida ong  muhitini  negativ shaxsni jarohatlovchi  ke­

chinmalardan «to‘sish»  ko‘rib  chiqiladi.

Keng  ma’noda  «psixologik  himoya»  atamasi  psixologik 

diskomfortni  bartaraf  etish  natijasida  yuzaga  keladigan  negati- 

vizm  kabi  shaxs  xislatlari  faolligini  chalkashtiruvchi  «yolg‘onlar» 

paydo  bo‘lishi,  shaxslararo  munosabatlar  tizimini  o‘zgartiruvchi 

har qanday harakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.

Tor  ma’noda  esa  psixologik  himoya  bir  qator  himoya  mexa- 

nizmlarini  funksiyalashuyi  natijasida  ong  tarkibini  o‘ziga  xos 

tarzda  o‘zgarishiga  olib  keluvchi  tushunchani  anglaymiz.  Ular 

tushkunlik,  rad  etish,  proeksiya,  identifikatsiya,  regressiya,  izo- 

lyatsiya,  ratsionalizatsiya,  konversiya va boshqalardir.

Bu  himoya  mexanizmlarining  faoliyati  insonning  ax- 

borot-yo‘nalganlik harakatlari  asosini va uning subyektiv,  shaxsiy 

munosabatlar  tizimini  adekvatligini  oshirmasdan  uni  mosligini 

hatto tushirishi ham mumkin.

Himoya  mexanizmi  — bu  xatar  yoki  xavotir  manbayini  buzib 

ko‘rish rad etish yoki qochish mumkin bolgan har qanday jarayon. 

Himoya  mexanizmlari,  shuningdek,  bizning  «Men»ligimizni  ide- 

allashtirilgan  obrazini  tartibga  solishga  hamda  o‘zimizni qabul  qi- 

lishimiz  qulay  bolishi  uchun  yordam  beradi.  Zigmund  Freyd  bi- 

rinchilardan bo‘lib,  himoyaning ko‘p turlarini identifikatsiyalangan 

va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.

Himoya  mexanizmlarini juda  ko‘p  qollovchi  insonlar  yaxshi 

moslashmay  qoladilar,  chunki  ular  emotsional  energiyalarining 

ko‘pini  xavfni  nazorat  qilish  va  o‘zi  haqidagi  yolg'on  tasavvurla- 

rini  saqlab  qolishga harakat  qiladi.  Shunga qaramay himoya me­

xanizmlarini foydasi mavjud.  Ular ko‘pincha xavfni yengib olish- 

ga yordam beradi.  Bizda xavfdan samarali qutulish va muammoga 

diqqatni qaratishga vaqt paydo boladi. Agar siz bizning aytganla- 

rimizdan o‘zingizga taalluqliligini  olgan bolsangiz,  bu siz  o‘zin-



91


gizni  faqatgina  himoya  qilaverasiz  degani  emas.  Avval  ta’kidla- 

ganimizdek,  hamma ham himoya mexanizmlarini qo‘llab turadi.

Himoya  mexanizmlarining  ikkita  asosiy  tavsifnomalari  mav­

jud:


1.  Reallikni rad etish yoki buzish.

2.  Ongsiz darajadagi  faoliyat.

Ko'pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, 

balki  ularni  kompleks  tarzda  qo‘llashni  ma’qul  ko‘radilar.  Bun- 

dan  tashqari  ko‘pchilik  insonlarda  bitta  mexanizmlarni  boshqa- 

sidan  afzal  ko‘rish  moyilligida,  ya’ni  xuddi ularning  qollanilishi 

odat tusiga aylangandek tuyuladi.

Psixologik himoya  mexanizmlarining turlari:

1. 

Siqib  chiqarish  — bu  yoqimsiz  fikr,  istak  yoki  tuyg‘ularni 



ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd mo- 

tivatsion  unutish  orqali  himoya  mexanizmini toliq  ifodalab  ber- 

gan.  U  simptomlarning  shakllanishida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Bu 

mexanizmning  faoliyati  xavotirlikni  kamaytirish  jarayonida  ye- 

tarli  bolmaganda  hamda  siqib  chiqarilgan  ma’lumotni  buzilgan 

holda  anglashga  yordam  beruvchi  boshqa  himoya  mexanizmlari 

ishga  tushadi.  Ma’lumki,  psixologiya  fanida  himoya  mexanizm­

larining ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:

A)  siqib  chiqarish+siljish.  Bu  kombinatsiya  faollik  reaksiyala- 

rining  yuzaga  kelishiga  yordam  beradi.  Siqib  chiqarish va  siljish 

mexanizmlari  dushmanlikka  qarshi  himoyani ifodalaydi;

B)  siqib  chiqarish+konversiya  — bu  kombinatsiya  isterik reak- 

siyalarning  asosini  tashkil  qiladi.

Tushkunlik  mexanizmining  mohiyati  — ongdan jarohatlovchi 

voqea mohiyati va u bilan bog‘liq emotsiyalarni chiqarib tashlash- 

dir.  Tushkunlik qolquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivoj- 

lanadi.  Ularning  paydo  bolishi  o‘zini  ijobiy  idrok  qilish  uchun 

noma’qul  shuningdek,  agressorga  bogliq  bolib  qoladi.  Qolquv 

real  stimulni  unutish  oqibatida  qolquvni  keltirib  chiqaruvchi, 

shuningdek,  u  bilan  bogliq  bolgan  assotsiativ  obyektlar,  faktlar 

vaziyatlarning barchasi yiglladi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish