Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Sotsiometriya  metodi.  Sotsiometriya  metodi  birinchi  bo‘lib 

amerikalik  psixolog  Dj.  Moreno  tomonidan  taklif  etilgan.  Bu 

metodning  mohiyati  shundan  iboratki,  inson  u  yoki  bu  ko‘rsat- 

kich bo‘yicha guruh  a’zolarini  tanlaydi.  Qilingan  tanlashlar aso- 

sida  kishining  guruhdagi  shaxslararo  munosabatlar  tizimida  tut- 

gan o‘rni haqida xulosa qilinadi.

Demak,  sotsiometriya  metodi  yordamida  guruh  a’zolari 

o‘rtasidagi  simpatiya yoki  antipatiyani  aniqlash mumkin.  Sotsio­

metriya metodini operativ tarzda o‘tkazish,  uning natijalarini esa 

matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.

Sotsiometriyani  tadqiqot  metodi  sifatida  tan  olish  bilan  bir 

qatorda  uning  ba’zi  kamchiliklarini  ham   ko'rsatib  o‘tish  zarur. 

Asosiy kamchilik shundan iboratki,  sotsiometriya metodi mavjud 

munosabatlar strukturasining  sabablarini  aniqlash  imkonini  ber- 

maydi.  Shuning  uchun ham  sotsiometriyadan olingan ma’lumot- 

lar  kuzatish,  suhbat,  psixologik-pedagogik  eksperiment  natijalari 

bilan to‘ldirilishi lozim.

Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-bir- 

larini  yaxshi  bilgan  holatlardagina  foydalanish  mumkin.  Bu 

metod  yordamida  shaxsning  xizmat  yuzasidan  bo‘ladigan  va 

shaxsiy  munosabatlardagi  haqiqiy  o'rnini  aniqlash,  birlamchi

36



guruhlar  mavjud  yoki  mavjud  emasligini  topish,  birlamchi  gu- 

ruhlarning  paydo  bo'lishi  va  tarqab  ketishi  sabablarini  aniqlash 

mumkin.

Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiri- 

luvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini 

birgalikda bajarishga xohishlari  to‘g‘risida  savollar beriladi.  Beri- 

ladigan  savollar tanlash  ko‘rsatkichlari  deyiladi.  Kuchli va  kuch- 

siz ko‘rsatkichlar farqlanadi.  Kuchlilar chuqur va barqaror muno- 

sabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash 

imkonini  yaratadi.  Masalan,  «xizmatdoshlaringizdan  qaysi  biri 

bilan  bitta brigadada  ishlashni  xohlardingiz?»  degan  savol  bo‘yi- 

cha  aniqlangan ko‘rsatkich  kuchli ko'rsatkich hisoblanadi,  chun- 

ki u  uzoq vaqt  davom  etadigan,  muhim  munosabatlarga tegishli. 

«Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?»  — kuchsiz 

ko‘rsatkich,  chunki u chuqur bo'lmagan va vaqtinchalik munosa­

batlarni  belgilaydi.  Kuchli  va  kuchsiz  ko'rsatkichlar mazmuni ji- 

hatidan turlicha bo'lishi mumkin,  lekin ulardagi umumiy narsa — 

natijalar,  ya’ni  sherik tanlash.

Tanlashlar  soni  cheksiz  bo‘lishi  mumkin,  biroq  amaliyotning 

ko'rsatishicha,  kishining  guruhdagi  holati  va  o‘zaro  munosabat- 

larini  aniqlash  uchun  3  ta  kishi  tanlash  yetarli.  Bunda  sinaluv- 

chidan,  birinchi  navbatda  kim ni  tanlashi,  agar 

1

  shaxs  bilan 



imkon  bo'lmasa 

2

-navbatda  kim ni  tanlashi  hamda  ikkinchisi- 



ni  tanlash  imkoni  bo‘lmasa,  3-navbatda  kim ni  tanlashi  haqida 

so‘raladi.

Sherikni  tanlash  o‘zaro va bir tomonlama bo'lishi  mumkin.  1 

-holda A — В  ni,  В  — A ni tanlaydi.  Bu o‘zaro bir-birini tanlash 

hisoblanadi.  Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni,  В esa D 

ni yoki  E  ni tanlaydi.

Tanlash bir tomonlama bo'lganda A —  В  ni,  В  esa  D  ni  yoki 

E  ni tanlaydi.

37



Guruh, jamoadagi  o‘zaro munosabatlar graflk ravishda zanjir, 

uchburchak yoki yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin.

Bunday  ifodalash  a’zosi  unchalik  ko‘p  bo‘lmagan  guruhlarda 

bo‘lishi mumkin.  Agar guruh ko‘p  sonli bo‘lsa,  aylana shaklidagi 

sxemadan foydalanish lozim.  Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 

Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko‘p tanlangan guruh a’zosi- 

ning  shartli  belgisi  qo‘yiladi.  Markazdan  keyingi,  ya’ni  ikkinchi 

aylanaga  3  m arta  tanlangan  o‘quvchilarning  nomeri  yoziladi, 

uchinchi  aylana  ichiga 

1—2


  m arta tanlangan  o‘quvchi,  to‘rtinchi 

aylanaga  tanlanmagan  o‘quvchilarning  shartli  belgisi  hamda  ay- 

lanadan tashqariga rad  etilgan o‘quvchilar nomeri yoziladi.

Bunda aylana  2  qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar,  o‘ng 

tomonga  o‘g‘il  bolalarning  shartli  belgilari  joylashtirib  chiqila­

di.  Qizlar  doira,  o‘g‘il  bolalar  esa  uchburchak  bilan  ifodalana- 

di.  Doira va  uchburchaklar kim  kimni  tanlashiga  qarab,  strelkali 

chiziqlar bilan birlashtiriladi.  Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.

Agar  guruhda  20  dan  ortiq  a’zo  bo'lsa,  bunday  sxema  tuzish 

qiyinroq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  bunday  hollarda  matritsadan 

foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

38



Matritsa  quyidagicha  tuziladi.  To'rtburchak  yoki  kvadrat  chi- 

zilib,  guruh  a’zolarining  soniga  qarab  katakchalarga  bo‘linadi. 

Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh 

a’zolarining  shartli  belgilari  qo‘yib  chiqiladi.  Guruh  a’zolarining 

shartli  belgilari  o‘quvchilar  familiyasi  yoki  familiya  bosh  harfi, 

tekshiruvchilarning  tartib  nomerlari  ham  bo'lishi  mumkin.  Go- 

rizontal  chiziq  bo‘yicha  qatorlarga  tanlanayotgan  o‘quvchi,  ver- 

tikaliga  esa  katakcha  ichiga  kim ni  tanlayotgani  haqidagi  m a’lu- 

motlar yoziladi.  Ijobiy  tanlash  «+»  belgisi bilan,  o‘zaro bir-birini 

tanlash esa  «+»  belgisi bilan ifodalanadi.

M a’lumki,  kichik  guruh  yoki  jamoalarda  birlamchi  guruh- 

lar  mavjud  boMishi  mumkin.  Bu  birlamchi  guruhlar  esa  bosh­

qa  matritsada  belgilanadi.  Buning  uchun  yuqorida  ko‘rsatilga- 

nidek,  to‘rtburchak  yoki  kvadrat  chizilib,  matritsaning  chap 

burchagidan  pastdagi  o‘ng  burchagiga  qaratib  diagonal  chiziq 

o‘tkaziladi.  Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri 

kelgan  kataklari  ustidan  o'tadi. 

1

-matritsadan  o‘zaro  tanlanish- 



ga  ega  bo‘lgan  istagan  bir  o‘quvchi  tanlab  olinadi.  Uning  tar­

tib  raqam ini va familiyasini m atritsaning 

1

-qatoriga  o‘tkaziladi. 



Xuddi ana shu  raqam ni yuqoridagi  1-katakka  qo‘yiladi.  So'ngra

1

-matritsadan 



1

-qatorga  yozilgan  shaxs  bilan  o'zaro  tanlanish- 

da  bo‘lgan  shaxslarni  tanlab  olinadi.  Uning  tartib  raqami  va 

familiyasi  2-qatorga  yoziladi.  Xuddi  ana  shu  raqam ni  yuqori­

dan  2-ustunga  yoziladi.  M atritsaning  shunga  muvofiq  keladi- 

gan  kataklariga  «+»  belgisi  yozib  qo‘yiladi.  M atritsaning  1-qa- 

toridagi  o‘quvchi  bilan  o‘zaro  tanlanishda  bo‘lgan  guruhning 

navbatdagi a’zosini uning 

1

-matritsadagi raqam ini saqlagan hol- 



da  3-qatorga yoziladi.  Shu raqamni  3-ustunning yuqori  qismiga 

ham   qo‘yiladi.  Tegishli  katakka  «+»  belgisi 




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish