Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


Bir yoshgacha  bo‘lgan  bolalarning  psixik  rivojlanishidagi  asosiy



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Bir yoshgacha  bo‘lgan  bolalarning  psixik  rivojlanishidagi  asosiy

yangi  o‘zgarishlar

1  yosh

Nutqni 

tushunish- 

ning  dastlabki  belgi- 

lari

Mustaqil 

holda 

tik  turish  va  yu- 

rish

Nutqni

qo‘llashning  dast­

labki belgilari

10  oylik

Sensomotor  intellekt- 

ning  rivojlanishi

Mustaqil 

holda 

tik 

turish 

va 

yurishga  harakat 

qilish

Bog'liqlik  reaksi- 

yasining 

yuzaga 

kelishi, 

begona 

muhit va begonalar 

orasida xavotirlik

8  oylik

Sensomotor  intellekt- 

ning yuzaga kelishi

Tayanib  yurishi

Jest, 

mimika  va 

pantomimika  yor- 

damida 

noverbal 

muloqoti

7  oylik

Yordam 

bilan 

turishi

5  oylik

Sezgilarning  rivojla­

nishi

Yordam 

bilan 

o‘tirishi

3  oylik

Ko‘rish 

qobiliyati- 

ning  shakllanishi

Yon 

tomoniga 

o‘girilishi

Onaning 

jilma- 

yishiga  javob  qay- 

tarishi

2  hafta

Onaning 

tovushini 

boshqa  tovushlardan 

farqlashi

Qo‘l va  oyoq ha- 

rakatlarida  qat’- 

iylik

1  hafta

Harakatlarni  kuzati- 

shi

Qo‘l  va  oyoq- 

larning  betartib 

harakati

222


12.4.  Go‘daklik  davrining  psixologik yangiligi.

Bir yoshdagi  inqiroz

Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi  so‘zlarni 

aytadi.  Birinchi  yilning  oxirida  bola  mustaqil  harakat  qilish- 

ni  o‘rganib  oladi:  emaklash,  so‘ngra  tik  yurishni  o‘rganadi. 

Dunyo  unga boshqacha  ko‘rina boshlaydi.  Yurish bolaga  katta- 

lardan  bo‘linish,  harakat  subyektiga  aylanish  imkonini  beradi. 

Birinchi  yilning  oxiriga  kelib  yaqin  kattalar  bilan  emotsional 

umumiylikning  bo‘linishi  va  rivojlanish  ijtimoiy  vaziyatining 

qayta  qurilishi  ro‘y beradi.  Faqat  yaqinlarga  tushunarli bo‘lgan 

va  ko‘rsatuvchi jestlar  xarakteriga  ega  bo‘lgan  birinchi  so‘zlar- 

ning  paydo  bolishi  kattalar  bilan  yangi  progressiv  muloqot 

usuliga  aylanadi.

L.I.Bojovichning  ta’kidlashicha,  go‘daklik  davridagi  yan­

gi  tuzilmalardan  biri  motivatsiyalashgan  tasavvurlarning  paydo 

bolishidir.  Bolaning  ehtiyojlarini  qondirish uchun  zarur bolgan 

predmetlar  obrazlarining  xotirada  saqlanib  qolishidir.  Motivatsi­

yalashgan  ehtiyojlarning  paydo  bolishi  bolani  harakat  subyekti­

ga aylantiradi.

Harakat  imkoniyatlarining  ortishi  (dastlab  emaklash,  keyin 

yurish)  bola uchun xavfsiz bolgan ko‘p  narsalarni ushlab  kolish 

imkoniyatiga ega boladi.  Ota-onalar cheklovlar qo‘yishga majbur 

boladi.  Bola  ayrim  harakatlarini  amalga  oshirishda  doimiy  kat­

talarning  qarshiligiga  duch  kelishi  tufayli  uning  istaklari va  kat­

talarning  xohish  va  hislariga  mos  kelmasligini  tushuna  boshlay­

di.  Xotirjam bola endi  o‘z istaklarini bajarishga harakat  qiladigan 

faol bolaga aylanadi.

L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha,  emotsional bo‘ron tipi bo‘yi- 

cha  kechadigan  affektiv  reaksiyalarning  paydo  bolishi  bir  yosh­

dagi  inqiroz  namoyon  bolishining  xulq-atvor  belgilaridir.  Bola 

o‘zi  xohlayotganini  talab  qilib,  kattalarga  qarshi  chiqib,  yiglay- 

di,  polga yotib oladi.  Bolaning shaxsiy istagi paydo boladi,  uning 

subyektiga aylanadi;  xohlovchi  Men paydo boladi.



223


Umuman  inqiroz  bola  taraqqiyotiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsa- 

tadi.  Bunda  turli  buzilishlar  kuzatiladi:  bioritmning  buzilishi 

(masalan,  tetiklik  va  uyqu);  hayotiy  ehtiyojlarni  qondirishning 

buzilishi  (ochlik  hissi);  emotsional  anomaliyalar  (yig‘loqilik,  tez 

xafa bo‘lish).

Tushunadigan  ota-onalar  mustaqillikka  intilayotgan bolaning 

faolligini  kerakli  tomonga  yo‘naltira  olishadi.  Bolaning  maksi- 

mal  xavfsizligiga  g‘amxo‘rlik  qilish  doimiy  cheklovlar va  «mum­

kin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur.  Uydagi 

fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim.  Bu mum­

kin bolganda  cheklovlarni boshqa  alternativ  xulq-atvor bilan  al- 

mashtirish  lozim:  uydagi  predmetlarni  yaxshilab  qarab  chiqib, 

bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish