Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  D.B.Elkoninning rivojlanishni  davrlashtirish va  yoshga  oid



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

11.3.  D.B.Elkoninning rivojlanishni  davrlashtirish va  yoshga  oid 

dinamikasi haqidagi  tasavvurlari

D.B.Elkonin  (1904—1984)  bolada  insoniyatga  xos  bo'lgan  qo- 

biliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy in- 

soniy  faoliyat  usullarini  o'zlashtirish  muammosini  o'rgangan. 

D.B.Elkoninning  bola  tug'ilgan  onidanoq  ijtimoiy  mavjudot  hi- 

soblanishini  ta’kidlab,  «jamiyatda  bola»  (bola  va jamiyat  emas) 

formulasinigina  tan  olgan.  Bolaning  bilish jarayoni  ikki  turdagi 

munosabatlar  tizimida  kechadi:  «bola-ijtimoiy  predmet»  va  «bo- 

la-ijtimoiy  ulg'aygan  inson».  «Ijtimoiy  ulg'aygan  inson»,  pred- 

metlar bilan  «harakatning  ijtimoiy ishlab  chiqilgan usullari»,  ha- 

yotning  mazmun  va  me’yorlarini  gavdalantiruvchi  shaxs  sifatida 

namoyon  bo'ladi.  Madaniyat  asoslarini  egallagan  sari  bola  ha- 

yot  sharoitlariga  moslashmaydi,  balki  faoliyatning  faol  subyekti 

sifatida  namoyon  bo'ladi  va  faoliyatni  amalga  oshirish jarayoni- 

da  unda  turli  xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga  kelib,  rivoj- 

lanadi.  Bolaning  tug'ilganidan  to  17  yoshigacha  bo'lgan  psixik 

rivojlanishining  keng  tarqalgan  davrlashtirilishi  D.B.Elkonin to­

monidan  yaratilgan bo'lib,  «Bolalik yoshidagi  psixik  rivojlanish­

ni davrlashtirish muammosiga»  (1971) maqolasida taqdim etilgan. 

D.B.Elkonin  bolalarning  rivojlanishida,  shunchaki  vaqt  oraliqla- 

rini  emas,  balki  yosh  davrlari,  bosqichlarini  ajratishni  zarur  deb 

hisoblagan.  D.B.Elkonin  yoshni  —  «bola  rivojlanishining  umu­

miy  egri  chizig'ida  uning  o'rni  va  funksional  ahamiyati  bilan- 

gina  muhimligi  belgilanadigan,  nisbiy,  alohida  davr»  sifatida 

ko'rib  chiqqan.  Har  bir  psixologik  yosh  o'zaro  murakkab  mu- 

nosabatlarda  bo'lgan  ko'rsatkichlar  bilan  tavsiflanadi:  1)  rivoj-



196


lanishning  ijtimoiy  holati;  2)  yetakchi  faoliyat;  3)  asosiy  yan­

gi  tuzilmalar.  Rivojlanishning  ijtimoiy  holati  bolaning  ijtimoiy 

sharoitlardagi  haqiqiy  o‘rni,  uning  ularga  munosabati  va  undagi 

faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi.  Ma’lum bir ijtimoiy vaziyat- 

dagi bolaning hayoti bilan,  uning  ikkinchi muhim tavsifini  tash­

kil  etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliya­

ti  chambarchas bog£liq.  A.N.Leontev  tomonidan ishlab  chiqilgan 

yetakchi  faoliyat  tushunchasidan  D.B.Elkonin  psixologik  yosh- 

larni  ajratish  mezoni  sifatida  foydalangan.  Har  bir  yoshda  faoli- 

yatning turli xil ko‘rinishlari tizimi  mavjud,  lekin yetakchi  faoli­

yat unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor 

shaklda yuzaga kelmaydi,  balki  shakllanish rivojlanishning uzoq 

yo£lini  (kattalar rahbarligida)  bosib  o£tadi.  Yetakchi  faoliyat  — bu 

bolaning  ko£p  vaqtini  oluvchi  faoliyat  emas.  Bu  psixik  rivojla­

nish  uchun  uning  ahamiyatiga  ko‘ra,  asosiy  faoliyatdir:  yetakchi 

faoliyat  shaklida yuzaga  keladi va uning  ichida  faoliyatni boshqa 

yangi  turlari  farqlanadi;  (masalan,  maktabgacha tarbiya yoshida­

gi  o£yinda  o£rganish  elementlari  birinchi  marta  yuzaga  keladi  va 

shakllanadi);  yetakchi  faoliyatda  ayrim  (xususiy)  psixik jarayon­

lar  shakllanadi  yoki  qayta  tuziladi  (o£yinda  bolaning  faol  tasav­

vur  jarayonlari  shakllanadi);  yetakchi  faoliyatdan,  rivojlanish­

ning  ushbu  davrida  kuzatiladigan  bola  shaxsining  o£zgarishlari 

bog‘liqdir  (o‘yinda bola  inson  xulq-atvorining  motiv  va  me’yor- 

larini  egallaydi,  bu  esa  shaxs  shakllanishining  muhim  tomonini 

tashkil  etadi).  D.B.Elkonin  bolalikdagi  psixologik  yoshlar  ket- 

ma-ketligini  quyidagicha  taqsimlagan:  chaqaloqlik  davri  inqiro- 

zi;  go£daklik  (2  oylikdan  1  yoshgacha);  kattalar  bilan  bevosita 

emotsional  muloqot;  1  yosh  inqirozi;  ilk  bolalik  (1—3  yosh);  vo- 

sitali — predmetli  (predmetli — harakatli)  faoliyat;  3  yosh inqiro­

zi;  maktabgacha  tarbiya  yoshi  (3—7  yosh);  rolli  o£yin;  yetti  yosh 

inqirozi;  kichik maktab  yoshi  (8-12  yosh)  o£quv  faoliyati;  11-12 

yosh  inqirozi;  o£smirlik yoshi  (11—15  yosh)  tengdoshlar bilan  in- 

tim  (jinsiy)  shaxsiy munosabat;  15  yosh  inqirozi.  Faoliyat  ichida 

psixologik yangi  tuzilmalar  yuzaga  keladi va  rivojlanadi.  Bir ye-



197


takchi  faoliyatning  boshqasi  bilan  almashinuvida  inqiroz  sodir 

bo‘ladi  (masalan,  maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini 

kichik  maktab  yoshidagilar uchun  xos  bo'lgan  o'quv  faoliyati bi­

lan almashinuvi).  Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog'liqlik- 

da  munosabatlar  inqirozi  (3—11  yosh)  va  dunyoqarashlar  inqiro­

zi  (1—7 yosh)  farqlanadi.  D.B.Elkonin o'zining bolalikdagi psixik 

rivojlanish  chizmasida  ontogenezda  faoliyatning  ikki  turini  al- 

mashinishi,  davriy  almashinuv  g'oyasini  ishlab  chiqqan.  Ushbu 

qadam predmetli  harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag'ish- 

langan.  A.V.Zaparojets  psixik jarayonlarni  oriyentatsion jarayon- 

larning  bir  ko'rinishi  deb  hisoblagan.  Misol  uchun,  idrok  —  bu 

predmetlar  xususiyatlari  va  sifatlariga  diqqatni  qaratish,  tafakkur

— ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish,  emot- 

siya esa  — shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir.  A.V.Zaparojets 

ixtiyoriy harakatlar va  ularni  bolalarda  shakllanishi  tadqiqotlari- 

da,  harakatning  yetakchi  qismi  sifatida  oriyentatsiya  roli  va  ori- 

yentatsiyani  bir  qancha  bosqichlarini  tashqi  yo'nalgandan,  ichki 

yo'nalganga  bosib  o'tishi  haqidagi  xulosaga  keldi.  P.Ya.Galperin 

ichki,  aqliy  faoliyatning  rivojlanishini  o'rgangan.  P.Ya.Galperin 

harakatning uch komponentidan  (tarkibiy qismidan)  — oriyentat­

siya,  bajarish  va  nazoratdan,  ko'proq  ahamiyatga  ega  deb  ori- 

yentatsiyani  hisoblaydi.  To'g'ri  yo'naltirilgan  oriyentatsiya  asosi 

birinchi  urinishdayoq  harakatni  to'g'ri  bajarish  imkonini  bera­

di.  Asta-sekin  (bosqichma-bosqich)  harakatlar  interiorizatsiya- 

si  va  uni  ichki,  aqliy  harakatga  aylanishi  sodir  bo'ladi.  Shunday 

qilib,  har  bir  inson  harakatida  uning  ikki  tomoni,  ikki  qismini 

oriyentatsion  va  bajarishni  ajratish  mumkin.  Oriyentatsiya  faza- 

si  (davri)  bajarishdan  oldin  kechadi.  U  ayniqsa  yangi  predmet­

li harakatni egallashning boshlang'ich bosqichlarida keng tashkil 

etiladi.  Harakatning  aynan  oriyentatsion  qismi  interiorizatsiyaga 

uchraydi va psixika  funksional  rivojlanishining  asosiy mazmuni- 

ni  tashkil  qiladi.  Faoliyatda  ikki — motivatsion va operatsion to- 

monlarni  ajratib  ko'rsatish  mumkin.  Ular bir  tekis  rivojlanmay- 

di,  xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini



198


rivojlanish  sur’ati  o‘zgaradi.  D.B.Elkonin  faraziga  muvofiq,  bar­

cha  bolalik yoshlari  ikki  turga  boMinishi  mumkin:  birinchi  tur­

dagi  yoshlarda  (bu  go‘daklik,  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi 

bolalik,  o‘smirlik yoshi) bolada ko‘proq biror faoliyatning ijtimoiy 

motivatsion tomonlari rivojlanadi; bolaning munosabatlar,  motiv- 

lar inson harakatlari mazmuni tizimidagi  oriyentatsiyasi shaklla­

nadi;  birinchi  turdan  keyingi,  ikkinchi  turdagi yoshlarda  (bu ilk 

bolalik,  kichik  maktab  yoshi,  ilk  o‘spirinlik)  bolada  ushbu  faoli­

yatning endi operatsion tomoni  rivojlanadi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish