Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Erikson  ishlarida  tadqiqot  metodlari



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

6.2.  Erikson  ishlarida  tadqiqot  metodlari

Qator  nashrlarda  ta’kidlangani  kabi  E.Eriksonning  ishlari 

psixikani  tadqiq  etishning  yangi  yo‘li  — o‘zida tarixga psixologik 

tahlilni qo‘llashni aks ettiruvchi psixologik-tarixiy usuldan  darak 

beradi.  E.Erikson  bu  usul  yordamida  Martin  Lyuter,  Maxat- 

ma  Gandi,  Bernard  Shou,  Tomas  Djefferson  va  boshqa  buyuk 

odamlarning tarjimayi holini,  shuningdek,  zamondoshlari — kat- 

talar va bolalarning hayotiy tarixini tahlil qildi.  Psixologik-tarixiy 

usul  shaxs  psixologiyasiga bolganiday inson  yashaydigan jamiyat 

xarakteriga  ham  barobar  e’tiborni  talab  qiladi.  E.Eriksonning 

asosiy vazifasi  aniq  madaniy muhitni inobatga  olgan holda shaxs 

rivojlanishining  psixologik-tarixiy  nazariyasini  ishlab  chiqishdan 

iborat bo‘ldi.

E.Erikson  klinik  xarakterdagi  tadqiqotlardan  tashqari  ikkita 

hind  qabilasida  bolalar  tarbiyasini  dala  etnografik  tadqiqotini 

o'tkazdi va ularni AQSHning shaharda yashovchi oilalardagi bola 

tarbiyasi bilan  solishtirdi.  Eslatib  o‘tilganidek,  u  har bir madani- 

yatda  har  bir  ona  yagona  to£g‘ri  deb  idrok  etadigan  onalikning 

o‘ziga xos uslubi mavjudligini aniqladi.

Biroq  E.Erikson  ta’kidlaganidek,  onalik  uslubi  bola  man- 

sub  bo‘lgan  ijtimoiy  guruh  -   uning  qabilasi,  sinf  yoki  tabaqasi 

kelajakda  undan  aynan  nimani  kutishi  bilan  belgilanadi.  E.Erik­

son  fikriga  ko‘ra,  rivojlanishning  har  bir  bosqichi  o‘zining,  ush­

bu jamiyatga xos bo£lgan,  shaxs  oqlashi yoki  oqlamasligi mumkin 

bo£lgan va shunda u yoxud jamiyatga qo£shiladi,  yoxud jamiyat to-

105



monidan  inkor  etiladigan  kutilmalarga  javob  beradi.  E.Erikson­

ning bu mulohazalari uning konsepsiyasini ikkita birmuncha mu­

him  tushunchalari  asosiga  joylashdi  —  «guruhli  o‘xshashlik»  va 

«egoo‘xshashlik».  Guruhli  o‘xshashlik  bolani  hayotining  birinchi 

yilidayoq  tarbiyalash  uni  mazkur  ijtimoiy  guruhga  kiritish,  ush­

bu guruhga xos bolgan dunyoqarashni ishlab  chiqishga yo‘naltiri- 

lishi sharofati bilan shakllanadi.  Egoo‘xshashlik guruhli o‘xshash- 

lik bilan parallel tarzda  shakllanadi  va  subyektda  inson  o‘sishi va 

rivojlanishi  jarayonida  sodir  boladigan  o‘zgarishlarga  qaramay 

barqarorlik va o‘z «Meni»ning uzluksizligi tuyg‘usini bunyod etadi.

Egoo‘xshashlikning  yoki  boshqacha  aytganda,  shaxs  bir  bu- 

tunligining shakllanishi insonning butun hayoti davomida davom 

etadi  va qator bosqichlarni  olaydi,  shu bilan birgalikda,  Z.Freyd 

bosqichlari  E.Erikson  tomonidan  inkor  etilmaydi,  balki  murak- 

kablashtiriladi  va  go‘yoki  yangi  tarixiy  vaqt  nuqtayi  nazaridan 

qaytadan  anglaniladi.  Freyddan  farqli  ravishda  egopsixologiya- 

da  asosiy  e’tibor  hayotiy  muammolarni  hal  qilishni  anglash  bi­

lan bogliq bolgan normal soglom shaxsning rivojlanishiga qara- 

tiladi.  Eriksonning shaxs rivojlanishi nazariyasi psixoijtimoiy deb 

ataladi,  chunki  uning  markazida  shaxsning  ijtimoiy  muhit  bilan 

o‘zaro  ta’sirda rivojlanishi yotadi.

Erikson  an’anaviy  psixoanalitiklar  foydalangan  muammo- 

li  bolalar  bilan  ishlashda  aniq  vaziyatni  mazmunli  tahlil  qi­

lish  metodidan  tashqari  soglom  bolalarni  longityud  tadqiq  et- 

gan.  U  shuningdek,  etnografik  (krosmadaniyat)  metodidan  ham 

foydalangan:  amerikalik  indeyslar  qabilalarida  tarbiyalangan 

bolalar  bilan  zamonaviy  texnologik  Amerika  jamiyatida  tarbi­

ya  xususiyatlarini  olgangan.  Bu  unga  shaxsning  shakllanishida 

turli  madaniyatlarning  ta’sirini  olganish  imkonini bergan.  Shu­

ningdek,  u  demokratik jamiyatda  shaxs  o‘z  potensial  imkoniyat- 

larini  toliq  namoyon  etadigan  sharoit  va  ijtimoiy  rollar  qat’iy 

nazoratga  olingan  sharoitlarda  individning  identiklik yutuqlarini 

tahlil  qilgan.  Eriksonning  Martin  Lyuter  yoki  Maxatma  Gan- 

di  kabi  mashhur  shaxslar  hayotini  olganishga  baglshlagan  tad-



106


qiqotlari ham qiziqish uyg‘otadi.  Bunda Erikson inson hayotining 

asosiy  mavzularini  tarixiy  voqea  va  hodisalar  bilan  bog‘lashga 

harakat  qilgan  hamda  psixotarixiy  metoddan  foydalangan.  Erik­

son inson hayoti jarayonida uch muhim jihat (somatik,  shaxsiy va 

ijtimoiy)larning  o‘zaro  bog‘liqligini  va  birligini,  faqatgina  tahlil 

va o‘rganishning qulayligi uchungina ajratilishini ko‘rsatib o‘tgan. 

Inson  hamma  davrlarda  ham  organizm,  jamiyat  a’zosi  va  Ego 

(Men,  shaxs) bolgan.

Erikson  tomonidan  shakllantirilgan  Egoning  rivojlanish  na­

zariyasi individning butun hayot yolini qamrab oladi,  uni ba’zan 

shaxs  hayot yoli konsepsiyasi  deb atashadi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish