Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Tayanch  tushunchalar: 

egopsixologiya,  psixoijtimoiy  nazariya, 

egotenglik.

6.1.  Eriksonning  ego-psixologiyasi

Amerikalik  psixolog  E.Erikson  (1902—1994)  ego-psixologi­

ya  yo‘nalishining  vakili  sifatida  mashhurdir.  Erikson  nazariyasi 

Anna  Freyd  nazariyasi  kabi  psixologik tahlil  amaliyotidan  keyin 

yuzaga keldi.  E.Eriksonning o‘zi tan olganiday, Yevropadan emi- 

gratsiya  qilingach  yashagan  urushdan  keyingi  Amerikada  kichik 

bolalardagi  xavotirlilik,  hindlardagi  umidsizlik,  urush  veteran- 

laridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik ka­

bi ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu 

barcha  ko‘rinishlarga  psixoanalitik  yondashuv  nizo  mavjudligini 

ko‘rsatdi,  Z.Freydning  ishlari  esa  nevrotik  nizolarni  birmuncha 

o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi.  Biroq E.Erikson sanab 

o‘tilgan  ommaviy ko‘rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hi- 

soblamaydi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  insoniy  «Men»ning  asoslari ja­

miyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz  otadi.

E.Erikson  «Men»  va  jamiyat  munosabatlari  haqidagi  psixo­

analitik konsepsiyani yaratdi.  Shu bilan birgalikda, uning konsep-

103



siyasi  — bu bolalik konsepsiyasidir.  Uzoq  muddatli bolalikka  ega 

bo‘lish  aynan  insonga  xos.  Bundan  tashqari,  jamiyatning  rivoj­

lanishi  bolalikning  uzayishiga  olib  keladi.  «Uzoq  davom  etuvchi 

bolalik insonni texnik va intellektual mazmunda o‘z ishiga mohir 

odam qilib qo‘yadi, biroq u insonda butun umr hissiy yetilmagan- 

lik izini  qoldiradi»,  — deb yozadi  E.Erikson.



E.Erikson

E.Erikson  shaxs  tuzilmasini  xuddi  Z.Freyd  kabi talqin  qiladi. 

Agar kundalik hayotimizning qaysidir lahzasida,  deb yozadi u, biz 

to‘xtab,  o‘zimizdan,  ayni  daqiqada  nimalarni  orzu  qilganimizni 

so‘rasak,  unda  bizni  qator  kutilmagan  kashfiyotlar  kutadi:  biz 

taajjub  bilan  fahmlaymizki,  bizning  fikrlarimiz  va tuyg‘ularimiz 

nisbiy muvozanat  holatidan  goh  u,  goh bu  tomonga  o‘zgarib,  ik- 

kilanishni  sodir  etadi.  Bu  holatdan  bir  tomonga  og‘sak,  bizning 

fikrlarimiz biz istagan narsaga nisbatan qator fantastik g‘oyalarni 

tug‘diradi;  boshqa  tomonga  og‘gancha  biz  to‘satdan  burch  va 

majburiyatlar  to‘g‘risidagi  fikrlar  hukmi  ostida  qolamiz,  biz  en- 

di  nimalarni  istashimiz  haqida  emas,  balki  nimalar  qilishimiz 

kerakligini  o‘ylaymiz;  uchinchi  holat,  bu  chegaralar  o‘rtasida 

go‘yoki  «jonsiz  nuqta»,  eslash  qiyinroq.  Bu  yerda  qayerdaki  biz



104


o‘zimizni  kamroq  anglagan  joyimiz,  E.Erikson  fikriga  ko‘ra, 

biz  hammasidan  ko‘ra  ko‘proq  o‘zligimizni  anglaymiz,  o‘zimiz 

bo‘lamiz.  Shunday qilib,  qachonki biz istasak — bu  «U»,  qachon- 

ki  biz  majburmiz  — bu  «Boshqa  Men»,  «jonsiz  nuqta»  esa  — bu 

«Men».  Bu ikki  instansiyalar chegaralari  o‘rtasida doimiy ravish­

da muvozanatlashgancha  «Men»  odamga jadal istaklar va «vijdon 

kuchi  bilan  bostirilganlar»  o‘rtasida  murosaga  kelish  imkonini 

beradigan himoya  mexanizmlaridan  foydalanadi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish