Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari
— inson xulq-atvori va psi
xikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’si-
ri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar.
Psixik rivojlanishning evolutsion o‘zgarishlari
- bir yosh davridan ik
kinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida sekinlik
bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.
Reprezentativlik
— tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar maj-
muyini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.
Rivojlanishning senzitiv davri
- bir yosh davrida psixikaning muayyan
tomonlari samarali rivojlanishi uchun optimal imkoniyatlar davri.
Rivojlanishning omillari
- bolaning psixikasi va xulq-atvori rivojla-
nishini belgilovchi omillar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |