Biografik metod
- odamni uning tarjimayi holi bilan bog‘liq bo‘lgan
hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Birinchi signal tizimi
— narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga be
vosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil
bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok tur-
larida namoyon bo‘ladi.
Borliq
— obyektiv olamning ongdan xoli bo‘lgan holda mavjudligini
bildiruvchi falsafiy tushuncha.
Bosh miya
— markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh mi
ya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miya-
ning o‘rtacha og'irligi 1470 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |