Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  XIX  asr o‘rtalari va XX asr boshlarida  Rossiyada yosh



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

3.3.  XIX  asr o‘rtalari va XX asr boshlarida  Rossiyada yosh 

psixologiyasining  shakllanish tarixi

Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi 

XIX asrning  ikkinchi yarmiga borib  taqaladi.  Rossiyada inqilob- 

gacha  bolgan  davrda  madaniyat  gumanizm,  shaxs  va  bolaning 

ichki  dunyosiga  qiziqish  g‘oyasiga  asoslangan  edi.  Buni  L.N.Tol- 

stoyning  «Bolalik»,  « 0 ‘smirlik»,  « 0 ‘spirinlik»  asarlarida  ko‘rish 

mumkin.  XIX  asrning  60-yillarida  siyosiy  va  iqtisodiy  islohotlar 

natijasida  madaniy va  ilmiy sohalarga  qiziqish  ortdi hamda ular­

ni  rivojlantirishga  ehtiyoj  tuglldi.  Rossiya  psixologiyasining  do- 

imiy e’tiborida shaxsning odob  axloq me’yorlari sohasining rivoj­

lanishi turardi.

57



Bu  davr  olimlari  N.I.Pirogov,  K.D.Ushinskiy,  P.D.Yurkevich, 

N.X.Vessel  bola  shaxsining  o‘rganilishi  va  rivojlanishini  fanlar- 

aro  kompleks  (psixologik,  fiziologik,  tibbiy  va  boshqalar)  tarzda 

o‘rganish lozimligi  muammosini  ilgari surganlar.  N.I.Pirogov  bi­

rinchi b o lib   tarbiyaning  amaliy  emas,  falsafiy  ahamiyatga  egali- 

gi,  inson  ruhini  tarbiyalash  muhimligini  e’tirof etgan.  U  bolalar 

psixologiyasini o‘rganishni,  tushunishni o‘ziga xosligini o'rganish 

shartligini ta’kidlagan.  Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni hur- 

mat  qilish  kerak:  «Agar  bolalar  jamiyat  qonun-qoidalarini  bu- 

zish huquqiga ega bolm asalar,  bizning ham o‘z navbatida bolalar 

dunyosining  qonunlarini  buzishga  haqqimiz  yo‘q».  Shu  orqa- 

li  bolalar  psixologiyasini  o‘rganish,  bolalarning  yoshga  bogliq 

xususiyatlari,  ularni  aniqlash,  ta’sir  etuvchi  omillarni  o‘rganish 

muammosiga katta turtki  bo‘ldi.

Bu  davrda  yosh  va  pedagogik  psixologiya  o‘rganilishi  shart 

bolgan  o‘z  muammosiga  ega,  mustaqil  fan  sifatida  o‘rganiladi- 

gan,  ilmiy  ahamiyat  kasb  etuvchi  fan  sifatida  shakllandi.  Uning 

muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar 

rivojlanishining  individual  xususiyatlaridagi  farqlar,  bolalar  tar- 

biyasidagi  dastlabki  shart-sharoitlar,  bilish  jarayonlari  metodla- 

rini  ishlab  chiqish,  bolalar  psixikasidagi  o‘ziga  xosliklarni  o‘rga- 

nish kiradi.

XIX 

asrning  70—80-yillariga  kelib,  tadqiqotning  ikki  yo‘nali- 



shi:  ota-onalarning  o‘z  bolalarini  kuzatishi  (bolalar  rivojlanishi­

ni  kundaliklarga  qayd  etish)  va  olimlar tomonidan  bolalar  rivoj­

lanishini  (ma’lum  bir  dasturga  tayanib)  o‘rganish  vujudga  keldi. 

Bolalarning  psixologik  va  fiziologik  rivojlanishi,  aqliy  mehnat 

qilishning  zaruriy shart-sharoitlari va bilish  faoliyatlari  rivojlani­

shi,  xulq-atvor  me’yorlarining  o‘zlashtirilishi  kabilar  tadqiq  etil- 

di  (P.F.Kapterev,  P.F.Lesgaft,  I.A.Sikorskiy,  N.N.Lange  kabilar- 

ning  ishlarida  kuzatiladi).

Bolalar rivojlanishining  umumiy qonuniyatlarini  o'rganish ja­

rayonida  shaxsning  bilish  jarayonlari:  xotira,  diqqat,  tafakkur, 

xayol  va  boshqalarning  rivojlanishini  o‘rganishga  yordam beruv-

58



chi  ma’lumotlar  to‘plangan.  Alohida  ahamiyat  bolalar  psixikasi- 

ning  rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatuvchi  nuqtining  rivojla­

nishiga  berildi.  Eng  zarur  ma’lumotlar  bolalarning  fiziologik 

rivojlanishini  o‘rganish  natijasida  yig‘ilgan  (I.Starkov).  0 ‘g‘il 

bolalar  va  qiz bolalarning  psixologik xususiyatlari  o‘rtasidagi  ta- 

vofutlarni  aniqlashga harakat  qilingan  (K.V.  Yedniskiy).

Bolalar  psixikasini  o‘rganish  o‘zini  o‘zi  kuzatish  metodini 

inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqozo etdi va psixo­

logiya  sohasiga  eksperiment  metodining  kirib  kelishiga  stimul 

bo‘lib  xizmat qildi.

Tadqiqot  jarayonida  eksperiment  metodidan  foydalanishni 

birinchi  bolib  1879-yilda  I.A.Sikorskiy  boshladi.  Lekin  undan 

foydalanish ilm-fan  dunyosida yaxshi  qarshi olinmadi.  1880-yil- 

lar  o‘rtalariga  kelib  psixologik  laboratoriyalar  joriy  etilganidan 

so£ng,  eksperiment  metodi  rus  psixologiyasida  o‘z  o‘rniga  ega 

boldi.


Fanning  rivojlanishida genetik yondashuvning  ahamiyati  kat­

ta.  P.F.Kapterevning  fikricha,  «Hozirgi  zamonda  rivojlanish 

tushunchasi  fan  miqyosida  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Har 

bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi,  ularni ke­

lib  chiqishini  o‘rganmay  turib,  ma’lum  voqea-hodisani  chuqur 

o'rganib bolmaydi.  Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham xuddi shun- 

day  qarash  mavjud.  Bolalarga  nisbatan  samarali  ta’sir  ko‘rsatish, 

imkoniyatlarini  mustahkamlash  uchun  avvalo  ularning  rivojla­

nish tarixini yaxshi bilish zarur».

Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlani­

shi  shaxsni  bilishda  falsafiy  savollarga javob  topdi.  Bolalar  rivoj­

lanishining  o‘ziga xos xususiyatlari borasida  ma’lumotlar va aniq 

dalillar  to‘plangandan  so‘ng,  bolalar  rivojlanishining  me’yori, 

umumiy qonuniyatlarini  o'rganish savoli ilgari  suriladi.

Bolalar  rivojlanishining  asosiy  xususiyatlari  haqida  umumiy 

qoidalar shakllantirildi:

— 

Rivojlanish  bosqichma-bosqich  va  izchil  davom  etadi. 



Umuman  olganda,  u  o‘z  ichiga  faqat  olg‘a  borishni  nazarda  tu-

59


tadi.  Ammo  bir  chiziqda  ketmaydi,  bu  chiziqdan  chetlanish  va 

to‘xtab  qolishlar ham kuzatiladi.

—  Jismoniy  va  ruhiy  rivojlanish  o‘rtasida  uzviy  aloqadorlik 

mavjud.  Bunday  uzviy  aloqadorlik  aqliy,  emotsional  va  irodaviy 

sifatlar o'rtasida  ham kuzatiladi.  To‘g‘ri  tashkil etilgan  tarbiya va 

ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama  rivojlanishga  asos 

bo‘ladi.

—  Rivojlanish jarayonida  muayyan  tana  a’zolari va psixologik 

faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi,  ammo hammasi barobar 

emas va ishlash tezligi va tempi ham bir xil  emas.

—  Rivojlanish  o‘rta  me’yorda  kechadi,  lekin  turli  sabablarga 

ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha  sekinlashishi  mumkin.

—  Rivojlanish  to‘xtab  qolib,  kasallikka  ham  aylanishi  mum­

kin.


—  Bolalarning  kelajakdagi  rivojlanishi  haqida  erta  prognoz 

qilish  mumkin  emas.  Maxsus  qobiliyatlar  umumiy  rivojlanishga 

tayangan bo‘lishi lozim.

—  Bolalar  rivojlanishi  haqidagi  ma’lumotlarni  soxtalashtir- 

maslik  kerak,  har  bir  yosh  davriga  o‘z  rivojlanish  bosqichlarini 

bosib  o‘tish imkonini yaratish zarur.

Bolalarning  umumiy  rivojlanishi,  sog‘lom  va  kasal  bolalarni 

parvarishlash uchun tavsiyalar,  bolalarni oilada va maktabda tar­

biyalash, jismoniy,  aqliy,  emotsional,  irodaviy va ruhiy rivojlanish 

borasida ma’lumotlar beruvchi qoMlanmalar ishlab  chiqildi.

XIX  asrning  oxiriga  kelib  psixologlar va  pedagoglar  o‘z  uri- 

nishlarini birlashtirib,  amaliy maktab hayotiga tatbiq etdilar.  «Bi- 

rinchilar  (psixologlar)  tadqiqot  o‘tkazish  uchun  ma’lumotlar  ye- 

tarli bo‘lmasa ham,  tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bolgan nozik 

metodlarga  ega;  ikkinchilar  esa  ma’lumotlar bazasiga  egalar,  le­

kin  ularni  to‘liq  anglash,  tadqiq  etish  va  baholash  imkoniyati- 

ga ega emaslar»,  — A.R  Nechayev ta’kidlagan va pedagog hamda 

psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan.

XX  asr  boshlarida  rus  yosh  va  pedagogik  psixologiyasi,  bu- 

tun  dunyo  psixologiya  fanlari  bilan  yaqin  aloqaga  kirishdi.  Rus



60


olimlari  uzluksiz  G ‘arb  mamlakatlaridagi  bo‘layotgan  yangi- 

liklarni  kuzatib va  o‘rganib  bordilar,  o‘z  eksperimental  mahorat- 

larini  xorij  laboratioriyalarida  oshirib  bordilar,  ko‘pgina  ilmiy 

ishlar rus  tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib  chiqaril- 

di.  0 ‘z  navbatida  ms  psixologlarining  tadqiqotlari,  kuzatishlari 

xorij jurnallarida  ham  nashr  etildi.  Masalan,  I.A.  Sikorskiy,  A.P. 

Nechayev  va  boshqalarning  ishlari  keng  ommalashdi.  Rus  psi- 

xologlari butun dunyo  olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yu- 

zasidan o‘z izlanishlarini  olib bordilar.

XX 


asr  boshlarida  yosh  psixologiyasi  fanining  rivojlanishi 

muammosi  ilmiy  asoslarga  tayangan  holda  olib  borildi.  Bu  so- 

hadagi tadqiqotlar rus pedagogik psixologiyasida yetakchi  o‘rinni 

egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mutaxassislari, eng 

kuchli  nazariy  bilim  sohiblari,  xususan,  V.M.Bexterev,  P.F.Les- 

gaft,  I.P.Pavlov va boshqalar.  Muammoni nazariy va amaliy jihat­

dan  o‘rganish  uchun  kuchli  psixologlar jamoasi  shakllandi.  Ular 

qatoriga P.P.  Blonskiy,  P.F.  Kapterev, A.F.  Lazurskiy,  N.N.Lange, 

A.P.Nechaev,  S.L.  Rubinshteyn,  N.E.  Rumyansev,  I.A.  Sikorskiy, 

G.I.  Chelpanov va boshqalar.

Ularning  tashabbusi  bilan  maxsus  kadrlarni  tayyorlovchi,  il­

miy  tadqiqot  ishlari  olib boruvchi  ilmiy  markazlar tashkil  etildi. 

Jadal  nazariy  va  amaliy,  metodologik,  ilmiy  faoliyatlar  olib  bo­

rish  ishlari  boshlandi.  Ba’zi  ta’lim  muassasalarida  bolalar  rivoj­

lanishini  o‘rganishga  yordam  beruvchi  laboratoriyalar,  to‘garak- 

lar,  alohida xonalar tashkil  etildi.

Nashriyotchilik ishlariga asos solindi.  XX asrda yosh va peda­

gogik  psixologiya  sohasida  nashrlar  soni  ortdi.  Bolalar  va  peda­

gogik  psixologiya  fanlariga  bag‘ishlangan  ilmiy  anjumanlar  va 

konferensiyalar tashkil  etildi.  Ilmiy va  ijodiy izlanishlar  natijasi- 

da  nazariy  va  obyektiv  metodikalar  yordamida  olingan  amaliy 

ma’lumotlar to‘plandi.

Yosh  va  pedagogik  psixologiya  fanlararo  tizimda  mustaqil 

fan  sohasi  bo‘lib  shakllandi  va  o‘zining  ilmiy  tadqiqot  metod- 

lariga  ega  bo‘ldi.  Bir  qator  ilmiy  tadqiqot  metodlari  shakllan-

61



tirildi.  Kuzatish  metodi  natijasida  olingan  ma’lumotlar  «kun- 

dalik»ka  qayd  etildi,  bolaning  rivojlanishini  kuzatish  borasida 

maxsus  dastur va  reja tuziladi.  Eksperiment  metodi  amaliy em- 

pirik  tadqiqotlarga  asoslanadi.  Tabiiy  eksperiment  aynan  bola­

lar  psixologiyasini  o‘rganish  uchun  mo'ljallangan  (A.F.Lazur- 

skiy).  Test  metodi  ham  keng  muhokamaga  qo‘yildi  va  boshqa 

metodlarni  ham  ishlab  chiqila boshladi.  Bolalarning  psixologik 

xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo'lish 

imkonini berdi.

Bu  davrning  asosiy  tadqiqotlari  yo‘nalishlari  — har  tomonla­

ma  yetuk  va  barkamol  shaxsni  shakllanish  bosqichlari  va  muta- 

xassislarni  o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat  edi.

XIX—XX  asrlarda  yosh  psixologiyasi  haqida  olingan  qisqacha 

ma’lumotlardan  shuni  anglash  mumkinki,  rus  psixologiyasida 

rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish 

mavjud bo‘lgan.

Yosh  avlodning  ta’lim  va  tarbiya  bilan  bog‘liq  psixologik 

muammolari  yirik  olimlar,  faylasuf va  yozuvchilarni  ham  mun- 

tazam  jalb  etib  kelgan.  Dastlabki  pedagogik-psixologik  maz- 

mundagi  asarlar  XVII—XVIII  asrlarda  diniy-axloqiy  ta’limotlar 

zamirida yoritilgandir.  Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari 

Sharq va  G ‘arb  madaniyati  ta’sirida  inson  ruhiyati bilan  bog'liq 

turli  asarlarda  shakllanib  kelgan.  V.N.Tatishev,  A.N.Radishev, 

N.I.Novikov  va  boshqalarning  asarlaridagi  dastlabki  qarashlari 

ham  psixik  taraqqiyotning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  psixik  rivoj- 

lanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.

Rus  tarixchisi V.N.Tatishevning  «Fanlar va bilim yurtlarining 

foydasi  to‘g‘risida  suhbat»  kitobida  fanlarning  tasnifi,  bilimlar- 

ning  ahamiyati,  til  va  nutqning  mavqeyi,  yosh  davrlarining  xu­

susiyatlari bilan bog'liqligi ko‘rsatilgan.

A.N.Radishev  birinchilar  qatori  bola  psixik  taraqqiyotini  ta- 

biiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi.  Uning  «Peterburgdan 

Moskvaga sayohat»  kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar 

sirasidan  munosib  o‘rin  egallaydi.  Yozuvchining  fikricha,  inson



62


tashqi  muhit  haqidagi  taassurotlarini  sezgilar  orqali  idrok  etadi, 

shu yo‘sinda uning tafakkuri,  ulg‘ayib shakllanadi.

N.I.Novikov bashariyat  farovonligini ko‘zlab,  yoshlar va bola­

lar  o‘rtasida  foydali  bilimlarni  keng  targ‘ibot  etish  uchun  ularni 

o'ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi.  Uning asarlari­

da  insonning  kamoloti  uchun  tafakkur,  xotira,  axloq,  his-tuyg‘u 

va taqlidchanlik alohida  ahamiyatga  ega  ekanligi ta’kidlanadi.

Rossiyada  yosh  davrlari  psixologiyasi  va  pedagogik  psixologi­

ya  fanining  rivojlanish  tarixida  K.D.Ushinskiyning  o‘rni  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Uning  fikricha,  psixologiya  fanining  asosiy 

vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalari­

ni  to‘g‘ri  baholashga,  shular  asosida yangi  metod va  usullar  yara- 

tishga,  pedagogik  tajribani  tahlil  qilish va  umumlashtirishda  mu­

him  o‘rin  tutadi.  K.D.Ushinskiyning  «Inson  tarbiya predmetidir» 

asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik 

xususiyatlari,  uning  o‘ziga xos tomonlari  o‘z aksini topgan.

Shuningdek,  Rossiyada  ilmiy  psixologiyani  rivojlantirish- 

da  N.F.Kapterev,  N. A. Sikorskiy,  A.P.Nechayev,  A.F.Lazurskiy, 

P.F.Lesgaft,  I.M.Sechenov,  I.P.Pavlov,  P.P.Blonskiy  singari  olim- 

lar bu borada  o‘zlarining  munosib  hissalarini qo‘shganlar.

Ta’kidlash  joizki,  ayniqsa,  L.S.Vigotskiy,  S.L.Rubinshteyn, 

A.R.Luriya,  A.N  Leontev,  M.Ya.Basovlar  tomonidan  yaratilgan 

yangi  ilmiy  nazariyalar,  chunonchi  psixikaning  madaniy-tarixiy 

rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro  munosabat  nazariyasi,  psixik 

taraqqiyotda  faoliyatning  mavqeyi  singari  ilmiy-nazariy  qarash- 

lari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologi­

ya fanining tayanch tushunchalaridandir.

0

‘tgan  asrning  o‘rtalarida  vujudga  kelgan  turli  nazariyalar, 



qarashlar,  o‘quv faoliyati va ta’limning  talqinlari  (D.N.Bog‘oyav- 

lenskiy, 

N.A.Menchinskaya, 

P.Ya.Galperin, 

Z.I.Kalmikova, 

N.F.Talizina,  D.B.Elkonin W.Davidov,  L.V.Zankov,  L.N.Landa, 

A.A.Lyublinskaya,  N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik 

tajribani,  balki  psixologiya  fanining  bu  tarmog‘ini  ilmiy-amaliy 

boyitishga asos bo‘ldi.

63



Ayniqsa,  so‘nggi  yillarda  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish- 

ning 


mexanizmlari 

(S.L.Rubinshteyn, 

N.Kabanova-Meller, 

L.B.Itelson);  xotira  haqida  (RI.Zinchenko,  A.A.Smirnov,  V.Ya. 

Lyaudis);  tafakkur  (N.F.Shemyakin,  A.M.Matyushkin);  idrok 

(Yu.B.Gippenreyter);  bolalarda  nutqning  rivojlanishi  (M.I.Lisi- 

na,  A.A.Venger);  shaxsning  rivojlanishi  (B.G.Ananev,  L.I.Bojo- 

vich,  Y.S.Muxina);  muloqot  va  nutq  (V.A.Artemov,  A.A.Leon- 

tev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (RRBlonskiy, 

L.S.Vigotskiy,  A.N.Leontev,  D.B.Elkonin,  B.G.Ananev,  A.V.Pet- 

rovskiy);  o‘quvchilarning  aqliy  faoliyati  va  iste’dod  muammo- 

lari  (A.A.Bodalev,  N.S.Leytes,  N.D.Levitov,  V.A.Kruteskiy)ga 

bag‘ishlangan  qator  ilmiy tadqiqotlar bu  fanning  yanada  rivojla­

nishiga o‘zlarining munosib hissalarini  qo‘shib kelmoqda.

XIX 

asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  G ‘arbiy  Yevropa  mam- 



lakatlari  va  AQSHda  inson  psixologik xususiyatlari  bilan bog‘liq 

tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga kel­

di.  Odam  psixik  tabiatining  turlicha  talqin  qilinishiga  qaramay, 

bu  nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pe­

dagogik  psixologiyaning  rivojlanishiga  turtki  bo‘ldilar.  Bu  bora- 

da  E.Meyerman,  S.Xoll,  K.Byuler,  E.Klapared,  E.Dyurkgeym, 

P.Jane,  J.Piaje,  A.Vallon,  Dj.Bruner va  boshqalarning  ilmiy tad- 

qiqotlarini e’tirof etish mumkin.

Fanning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi jarayonida  unga  ta’sir 

ko‘rsatib  kelgan  barcha  nazariyalar,  ilmiy  va  amaliy  ma’lumot­

lar,  yo‘nalishlar hozirgi  kunga  qadar o‘zining  ahamiyatini  saqlab 

kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hi- 

soblanib  qolishi,  tabiiydir.

Amerikalik psixolog-olim  S.Xoll har qanday bola o‘zining in­

dividual  taraqqiyotida  filogenezni  ontogenezda  takrorlaydi,  shu 

bois  bolalarga  ibtidoiy  instinktlarni  og'riqsiz,  yengil  kechishi 

uchun qulay  imkoniyatlar yaratib  berish zarur  deb  aytadi.  S.Xoll 

o‘z  tajribalari  asosida  boy  ashyoviy  dalillar  to‘plab,  bola  haqi­

da psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks 

dasturini yaratish g‘oyasini  olg‘a suradi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish