Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Xolnazarova  M.X.  Naqshbandiya  tariqatida  psixologik  qarashlar.  Ps.f.n



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

1  Xolnazarova  M.X.  Naqshbandiya  tariqatida  psixologik  qarashlar.  Ps.f.n.... 

avtoref.  -   Т.2012-24  b.

538


4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.

V.Kessel  tadqiqotlarida  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlariga 

bog‘liq  holda  o‘qituvchilarning  mashhurlik  va  mashhur  emaslik 

motivlari  o'rganilgan.  Tadqiqot  natijalariga  ko‘ra,  o‘qituvchining 

mashhurligi  ko‘p jihatdan  uning  materiallarni  ko'rgazmali,  jon- 

li  va  muammoli  tarzda  yetkaza  olish  qobiliyatiga  bog‘liq  ekan. 

V.S.Abramova,  S.M.IUyusizova,  V.A.Kan-Kalik  va  boshqalar 

«o‘qituvchi-o‘quvchi»  munosabati  bo'yicha  izlanishlar  olib  bor- 

ganlar.  Tadqiqot  natijalariga  ko‘ra,  o‘qituvchining  muloqotda 

do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning 

ota-onalariga berganligi ko‘rindi.

Ko‘pchilik psixologlar,  shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog 

olimlar  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlar  zamonaviy  o‘qituv- 

chilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini bera- 

di.  Rossiya psixologlaridan N.Kuzmina, V.Slastenin,  F.  Gonobo- 

lin,  o‘zbekistonlik psixologlardan R.Gaynutdinov,  M.Davletshin, 

Sh.Do‘stmuxamedova,  S.Jalilova,  A.Jabborov,  M.Kaplanova  va 

boshqalar  tomonidan  olib  borilgan  ilmiy tadqiqot  ishlarida  ham 

o‘qituvchilik  kasbi  va  ta’lim  jarayoniga  doir  muammolar  keng 

tadqiq  etilgan.  Bunda  o‘qituvchilik  kasbiga  muvofiq  yaratilgan 

professiogrammani  ko‘rish  mumkin.

0

‘qituvchi  professiogrammasi  muayyan  fan  tomonidan 



o‘qituvchiga  qo‘yiladigan  maxsus  talablarni  o‘z  ichiga  qamrab 

olishi  lozim.  Psixologik  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan  M.Abdul- 

lajonova,  Ye.Gladkova,  A.Mashkurov,  T.Hamrokulov,  E.Xidirov 

va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va 

maktabgacha  tarbiya  muassasalarining  tarbiyachilari  kabi  qator 

mutaxassisliklar  bo‘yicha  o‘qituvchi  professiogrammasining  tax- 

miniy modelini  (namunasini)  aniqlab  olish  imkoniyatini berdi.

0

‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh av- 



lodni  tarbiyalash  ishiga jamiyat  va jamoatchilik  tomonidan  e’tibor 

qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.

«...0‘qituvchi,  —  deydi  A1  Forobiy,  —  aql-farosatga,  chiroyli 

nutqqa  ega bo‘lishi va o'quvchilarga  aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini



539


to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur».  U o‘z fikrini davom 

ettirib:  «

0

‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari va- 



zifasiga o‘xshaydi,  shu  sababli  o‘qituvchi  eshitgan va ko‘rganlari- 

ning  barchasini  eslab  qolishi,  o'quvchilarga  aytmoqchi  bo‘lgan 

fikrlarini  chiroyli  ifodalab  berishni  bilmog‘i,  shu  bilan birga  o‘z 

or-nomusini qadrlashi,  adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina 

u  insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt  cho‘qqisi- 

ga e ris h a d i» d e b  ta’kidlaydi.

Ulug‘  shoirimiz  Alisher  Navoiy  ham  o‘qituvchi  mehnatini 

xolisona  baholab:  «Agar  shogird  podsholikka  erishsa  ham,  unga 

(muallimga)  qulluq qilsa  arziydi»,

«Haq yo‘lida kim  senga bir harf o‘rgatmish ranj  ila,

Aylamak  emas  oson  oning  haqqin yuz  ganj  ila»,  — kabi  satr- 

lar bitgan.

Zamonaviy  maktab  o'qituvchisi  qator  vazifalarni  bajaradi. 

0

‘qituvchi  — sinfdagi  o‘quv jarayoni  tashkilotchisidir. 



0

‘qituvchi 

o'quvchilar  uchun  dars  payti,  qo‘shimcha  darslarda va  shu  bilan 

birga  darsdan  tashqari  hollarda  ham  kerakli  maslahatlar berish- 

da bilimlar manbayidan biridir.  Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rah­

bari  vazifasini  bajarib,  tarbiya jarayoni  tashkilotchilari  bo‘lib  hi- 

soblanadilar.

Zamonaviy 

0

‘qituvchi  ijtimoiy  psixolog  bolmasligi  mumkin 



emas.  Chunki  u  o‘quvchilar o‘rtasidagi  o‘zaro  ijobiy  munosabat-

540


larni yo‘lga sola olishi,  bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik me- 

xanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

Ma’lumki,  pedagogik faoliyat -  kishi mehnatining eng murak- 

kab  sohalaridan  biridir. 

0

‘qituvchi  jamiyat  tomonidan  qo'yilgan 



talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, 

maktab  ma’muriyati,  hamkasblari,  o‘quvchilar  va  ularning  ota- 

onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

0

‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining 



o‘ziyoq muhim  ahamiyatga  egadir,  mana shu tariqa  kutishlar,  gar- 

chand jamiyat  tomonidan  o‘qituvchiga  qo'yiladigan  talablarga  mos 

kelsa-da,  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘ladi.  Lekin  bu  talablar 

hamma  vaqt  ham  bir-biriga  mos  kelmasligi  mumkin.  Psixologlar 

tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  xalq  ta’li- 

mi  bo‘limlari va maktab  direktorlari o'qituvchining ayrim xislatlari 

naqadar  muhimligini  har  xil  baholaydilar.  Jumladan,  xalq  ta’limi 

bolimlarining  mudirlari  o‘qituvchidan birinchi  navbatda o‘z fanini 

yaxshi  bilishini  va  dars  berish  metodikasini  mukammal  o'zlash- 

tirishini  talab  qilsalar,  maktab  direktorlari  o'qituvchiga  qo‘yiladi- 

gan  bunday  talablarni uchinchi  o‘ringa  qo‘yadilar.  Shu bilan birga 

xalq  ta’limi  bolimlarining  mudirlari  o‘qituvchilarning  o‘quvchilar 

va ota-onalar,  maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bi­

lishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermay- 

dilar.  Maktab direktorlari esa, bunday xislatlami o‘qituvchi shaxsiga 

qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Bo‘lajak  pedagog  shaxsiga  bir  qator  jiddiy  talablar  qo‘yila- 

di.  Ularni  asosiy,  ya’ni  uni  egallamasdan  turib,  yuqori  malakali 

o‘qituvchi  yoki tarbiyachi bolib  yetishish  mumkin bolmagan va 

ikkinchi  darajali,  ya’ni bevosita pedagogik  faoliyati  uchun  emas, 

balki  uning  shaxs  sifatida  shakllanishi  va  shaxsga  ta’lim-tarbiya 

berishida muhim bolgan talablarga ajratish mumkin.

Bosh,  asosiy  talablar  singari,  ikkinchi  darajali  talablar  ham 

pedagogning  faoliyati psixologiyasiga  ya’ni,  uning  muloqoti,  qo- 

biliyati,  bilimi,  malaka  va  ko‘nikmasi,  mahorati,  bolalarni  tar- 

biyalash  va  ta’lim  berish  uchun  zarur  bo£lgan  sifatlarga  bog‘liq-



541


dir. Asosiylari orasida ham, qo‘shimcha psixologik xossalar ichida 

ham  o‘zgarmas,  ya’ni  har  bir  davrda,  vaqt  va  xalqlarda  doimo 

o‘qituvchi  va  tarbiyachilar  uchun,  malakali  pedagoglar  uchun 

zarur  bo‘lgan  hamda  o‘zgaruvchan,  ya’ni  muayyan  davr  ijti- 

moiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  talablaridan  kelib  chiqadigan,  jamiyat 

qaror  topgan  sharoitda  yashaydigan va  pedagog  ishlaydigan  mu- 

hit talablaridir.

Pedagogga  qo‘yiladigan  asosiy,  bosh  va  o'zgarmas  talablar 

bolalarga bolgan mehr,  pedagogik faoliyat,  o‘zi ishlaydigan soha 

bo‘yicha  maxsus  bilim,  keng  flkrlay  olish,  pedagogik  intuitsiya, 

yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga,  chuqur bilimga,  madani- 

yat va yaxshi xulqqa ega bo'lish,  bolalarni o‘qitish va tarbiyalash- 

ning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan ibo- 

rat.  Yuqorida  keltirilgan  xislatlarning  birortasisiz  muvaffaqiyat 

bilan  pedagogik  ish  olib  borish  mumkin  emas.  Pedagog  uchun

542



qo‘shimcha,  lekin  nisbatan  turg‘un  talablar  qatoriga  kirishuv- 

chanlik,  artistlik,  shodon xulq,  yaxshi  did-farosat va boshqalami 

kiritish mumkin.  Bu xususiyatlar eng  asosiy  o'rinda turmasa-da, 

ammo  o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.

Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas.  Ular pedagogning 

muntazam mehnati,  shuningdek,  o‘z ustida tinmay ishlashi nati- 

jasida egallanadi.

Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning 

shaxsiyatini  aniqlaydi,  shu jihatlar  kuchi bilan  har bir o‘qituvchi 

qaytarilmas va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamiyat  tomonidan  qo‘yiladigan  talablardan  eng  muhimi 

o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bogliq xislatlariga qa- 

ratilgan.

Jamiyatning  o'qituvchilik  kasbiga  qo‘yadigan  asosiy  talablari 

quyidagichadir:

-   shaxsni  ma’naviy  va  ma’rifiy  tomondan  tarbiyalashning, 

milliy  uyg‘onish  mafkurasining  hamda  umuminsoniy  boyliklar- 

ning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida 

tarbiyalashni bilishi,  o‘z Vatani,  tabiatga va  oilasiga bo‘lgan  mu- 

habbati;


-   keng bilim  saviyasiga  ega bo‘lishi,  turli  bilimlardan  xabar- 

dor bo'lishi;

-   yosh,  pedagogik-psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya  va  pe- 

dagogika,  yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan  chuqur 

bilimlarga ega bo‘lishi;

-   o‘zi  dars  beradigan  fan  bo‘yicha  mustahkam  bilimga  ega 

bo‘lib,  o‘z  kasbi,  sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va 

kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;

-   ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;

-   o‘z  ishiga ijodiy yondashishi;

-   bola  psixik  taraqqiyotini,  uning  ichki  dunyosini  tushuna 

olishi;


-   pedagogik texnikani (mantiq,  nutq,  ta’limning ifodali vosi­

talari)  va pedagogik taktga ega bo‘lishi;



543


— 

o‘qituvchining  o‘z  bilim  va  pedagogik  mahoratini  doimiy 

ravishda oshirib borishi.

Наг bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos 

keladigan bo‘lishga intilishi kerak.

0

‘qituvchiga  jamiyat  tomonidan  qo'yiladigan  talablar,  tur- 



li  xildagi  ijtimoiy  kutishlar,  pedagogning  individualligi,  uning 

shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan 

o‘qituvchining  pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan  dalo- 

lat  beradi.  Jamiyatning  muayyan  tarixiy  davrida,  belgilangan 

vaqt  va  belgilangan  ish  joyiga  xos  bo‘lgan  pedagogning  asosiy 

va ikkinchi darajali  o‘zgaruvchan  xususiyatlari haqidagi  masala- 

ni hal qilish birmuncha murakkabdir.  Jamiyatda ro‘y berayotgan 

yangi  shart-sharoitlar,  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  yangi  maqsad 

va vazifalarni qo‘yadi.  Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi 

shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.  Bu talablarni o‘z 

vaqtida va aniqroq aniqlash uchun  quyidagilarni bajarish lozim: 

CVquvchini  hozirgi  zamon  talabiga  javob  beradigan,  erkin 

fikrlovchi  shaxs  sifatida  shakllantirish  uchun  pedagogning  o‘zi 

mustaqil fikrlovchi,  yuqori saviyadagi bilimli,  dunyoqarashi keng 

bo‘lmog‘i va o‘zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bor- 

mog‘i lozim.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish