Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

22.4.  Shaxs  tarbiyasida  madaniyat

Yoshlarni hamjihat jamoa  qilib jipslashtirishda  avlod-ajdodla- 

rimiz,  ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, 

san’atimizning,  madaniyatimizning  sirlarini  o‘rganish,  o‘zbek 

xalqining  ajoyib  an’analaridan foydalanish hamda ularni yoshlar 

ongiga singdirish katta ahamiyatga  egadir.

0

‘smirlik davridan boshlab  shaxs shakllanishiga  ommaviy  ax­



borot  vositalari  va  madaniyat  ko‘proq  ta’sir  ko'rsata  boshlaydi. 

0

‘smirlik va ilk o‘spirinlik davrida oila va maktab ta’siriga nisba­



tan ommaviy axborot vositalarining ta’sirini boshqarish qiyin.  Le­

kin shunga qaramay tarbiyaviy ta’sirni maqsadli boshqarish uchun 

ma’lum  imkoniyatlar mavjud.  Bu  imkoniyatlar  ommaviy  axborot 

vositalaridagi axborotlarni tanlashga yordamlashish,  radio va tele- 

ko‘rsatuvlar mazmuni va ularni sharhlash bilan bog‘liqdir. 

0

‘smir­



lik  davridan  boshlab  kattalar  uchun  mo‘ljallangan  gazeta  va jur- 

nallarga qiziqa boshalaydi. Agar bu jarayon boshqarilmasa, doimiy 

emaslik,  tasodifiylik ta’sirida o‘qishga qiziqish so‘nishi  mumkin.

Bolalarga  ta’sir  etadigan  ommaviy  axborot  vositalarini  bosh­

qarish haqida gapirganda zamonaviy axborot va madaniyat  man- 

balari bilan  munosabatga kirishishni  sun’iy  cheklash haqida  so‘z 

ketadi.  Bunda bolalarda ijtimoiy qarashlar va madaniyat,  ma’lum 

estetik  didni  shakllantirish  lozim.  Bolaning  atrofidagi  kattalar, 

ota-onalar,  oilaning  boshqa  a’zolari  unga  katta  yordam  ko‘rsa- 

tishlari mumkin.  Ularning har biri har kuni nimadir o‘qiydi,  es- 

  hitadi,  ko‘radi,  o‘smirga nimadir o‘qishni tavsiya etishi  mumkin.



521


Ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  voqealarni  oilada  va 

maktabda  doimiy  va  o‘zaro  bolishi  va  buni  kattalar  bolalar­

ga  tushuntirishi  zarur.  Bu  doimiylik  va  tizimlilik  bilan  nafaqat 

ota-onalar  va  o'qituvchilar,  balki  bolalarning  o‘zi  ham  shug‘ul- 

lanishi  lozim.  Shundagina  bolalarda  ommaviy  axborot  vosita­

lari  va  madaniyatga  murojaat  qilish  ehtiyoji  paydo  bo‘ladi,  tu- 

shunishga  tayyorlik  (ustanovka),  bilish,  eshitganini,  o‘qiganini, 

ko‘rganini eslab qolish,  ma’lumotlarni idrok qilishda tanlovchan- 

lik didi shakllanadi.  Ota-onalar va o‘qituvchilar bolaga nimanidir 

o'qishni  tavsiya  qilganida  ommaviy  axborot  vositalarining  shaxs 

rivojlanishiga tarbiyaviy ta’sirini doimo yodda tutish lozim.

Ommaviy  madaniyat  va  moda  ham  bolalarga  chuqur  tarbi­

yaviy  ta’sir  ko‘rsatadigandek  tuyuladi.  Lekin  bunday  qiziqishlar 

vaqtinchalik  va  yuzaki bolib,  vaqt  o‘tishi  bilan  o‘tib  ketadi.  Le­

kin bunda bolalarning vaqtinchalik qiziqishlari emas,  balki ular­

ning  uzoq  vaqt  ta’sir  etuvchi  oqibatlaridan  xavotirlanish  kerak, 

ya’ni  o'smir  va  o‘spirinlarni  shaxsiy  rivojlanishning jiddiy  man- 

balaridan uzoq vaqt chalg'itishidan xavotirlanish zarur.

Ommaviy  madaniyat  va  modaning  vaqtinchaligi  va  o‘tkin- 

chiligidan  ular  o‘smir va  o‘spirin  shaxsi  shakllanishiga  umuman 

ta’sir  qilmaydi,  degan  fikrdan  yiroqmiz.  Bunday  ta’sir  albatta 

mavjud,  lekin  bu  ta’sir  shunday  qiziqishlari  mavjud  tengdosh- 

lari  bilan  muloqot  orqali  amalga  oshadi.  Ommaviy  madaniyat- 

ning  bir  turiga  qiziqadigan,  bir  narsani  moda  deb  taqlid  qiladi­

gan  insonlarda  umumiy  qarashlar  paydo  bo‘ladi.  Bu  esa  o£smir 

va o‘spirinlarda do‘st tanlashda,  muloqot sherigini tanlashda asos 

boladi. 

0

‘smir va o‘spirinlarda bir xil didning shakllanishi,  teng- 



doshlarida  ham  bir  xil  shaxsiy  muammolar  mavjudligidan  dalo- 

lat  beradi.  Bu  esa  muloqotdagi  tanlovchanlikni  amalga  oshiradi 

hamda  o‘z  navbatida  ma’lum  insonlar  guruhi  bilan  chegaralan- 

gani uchun tarbiyani ham yo‘naltiradi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish