Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Pedagogik  baho  psixologiyasi. 

Bolalar  ta’limi  va  tarbiyasi- 

ning  muvaffaqiyati  motivatsiyaga,  ya’ni  bilimlarni  o‘zlashtirish 

ko‘nikma va malakalarni  shakllantirish uchun  stimullar mavjud- 

ligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.  Bolalar ta’limi va tarbiya- 

sida  namoyon  bo‘ladigan  motivlar  va  qiziqishlar  rag‘batlantirish 

va jazolash tizimiga olib  keladi.  Rag‘batlantirish ijobiy xislatlarni 

vujudga  keltirsa,  jazolash  salbiy  xislatlarning  paydo  bo‘lishiga 

to‘sqinlik  qiladi.  Bunday  holat  rag'batlantirish va jazolash to‘g‘ri 

amalga oshirilgan taqdirdagina  amalga oshadi.

Baho  o‘zida  rag'batlantirish  va  jazolashni  birlashtirgan  pe­

dagogik  stimul  hisoblanadi:  yaxshi  baho  rag‘batlantiradi,  yomon 

baho jazolash uchun xizmat qiladi.  Shuni esda tutish lozim-ki,  eng 

quyi baho ham,  eng yuqori baho ham undovchi vazifani bajarmay- 

di.  Masalan,  muvaffaqiyatga undovchi eng yaxshi stimul 5 emas, 4 

baho,  2,  1  emas,  3 baho hisoblanadi.  5 baho olgan o‘quvchi yanada 

yaxshiroq o'qishga harakat qilmay qo'yadi.  Ijobiy yoki salbiy baho- 

ni doimiy qo‘yish  ham undovchi funksiyasini yo‘qotadi.



491


Predmetga qaratilgan baholar bolaning shaxsiga emas, u bajar- 

gan  ish uchun  qo‘yiladi.  Bunda  subyekt  emas,  faoliyatning  maz- 

muni,  predmeti, jarayoni,  natijasi baholanadi.  Shaxsiy pedagogik 

baholar,  aksincha,  faoliyat  subyektiga  tegishli  bo‘ladi,  faoliyatda 

namoyon  bo‘ladigan  shaxsning  individual  xislatlari,  uning  inti- 

lishlari,  ko‘nikmalari baholanadi.

Moddiy  pedagogik  baholar  bolalarni  o‘quv-tarbiya  ishidagi 

muvafaqqiyatlari  uchun  turli  usullar  bilan  moddiy  rag‘batlanti- 

rishni  nazarda  tutadi.  Moddiy stimul  sifatida bolalar uchun  pul, 

qiziqarli narsalar va boshqa ularning  moddiy ehtiyojlarini  qondi- 

ruvchi  narsalardan  foydalanilishi  mumkin.  Ma’naviy  pedagogik 

baho  maqtov  yoki  faxriy  yorliqni  o‘z  ichiga  olib,  bola  harakat- 

larining  axloq normalariga mosligi xarakterlanadi.  Natijali peda­

gogik  baholar  faoliyatning  so‘nggi  natijasiga  tegishli  bolib,  aso- 

san unga urg‘u beriladi.  Bunda qanday yo‘1 bilan erishilganligiga 

qaramasdan  so‘nggi natijaga e’tibor beriladi.  Jarayonli pedagogik 

baholar,  natijaga emas, jarayonga tegishlidir.  Bunda oxirgi natija­

ga  qanday  erishilganligiga  emas,  natijaga  erishishga  nima  unda- 

ganligiga  urg‘u  beriladi.  Miqdoriy  pedagogik  baholar  bajarilgan 

ishning hajmiga tegishli boladi,  masalan,  yechilgan misollar so- 

niga  e’tibor beriladi.  Sifatiy  pedagogik  baholarda  bajarilgan  ish­

ning sifatiga e’tibor beriladi.

Pedagogik baho  turlari  bilan  birga  bolalarni  o‘quv-tarbiya ja- 

rayoniga  undashning  bir  necha  usullari  mavjud.  Ular:  e’tibor, 

qollab-quvvatlash, baho, tan olish, maqtov, mukofot, ijtimoiy ro- 

lini,  obro'sini  oshirish.

Pedagogik  bahoning  mahsuldorligi  deganda  uning  bolalar 

ta’lim  va  tarbiyasidagi  undovchi  roli  tushuniladi.  Bolada  o‘zini 

o‘zi  takomillashtirishga,  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  egal- 

lashga,  shaxsning  ijobiy  xislatlarini  shakllantirishga,  xulq-at- 

vorning  ijtimoiy  foydali  shakllariga  intilishni  kuchaytiradigan 

baho  mahsuldor  hisoblanadi.  Bola  shaxsiy-xulq-atvor  va  intel- 

lektual taraqqiyotida  motivatsiya  tashqi va  ichki bolishi  mum­

kin.  0 ‘quv-tarbiyaviy  faoliyatning  tashqi  motivatsiyasi  dey-



492


ilganda  bolaning  faolligini  tashqi  tomondan  yo‘llab  turuvchi 

stimullar  nazarda  tutiladi,  ya’ni  ular  bolani  o'rab  turgan  at- 

rof-muhitdan  kelib  chiqadi  va  u  bolani  ma’lum  tarzda  tutish- 

ga  majburlaydi.  Bunday  qo‘g‘atuvchilarning  ta’siri  yo‘qotilsa, 

o‘quv  faolligi ham susayib,  yo‘qoladi.  Tashqi stimullardan farq- 

li  ravishda  ichki  stimullar  bunday  faollikni  vujudga  keltirishi 

va  yollab  turishi  mumkin.  0 ‘quv  tarbiyaviy  faoliyatning  ich­

ki  motivatsiyasi,  tashqi  motivatsiyaga  qaraganda  kuchli  bolib, 

mahsuldor pedagogik baho  deganda  bolada  ta’lim  va  tarbiyan- 

ing ichki motivatsiyasini vujudga keltiradigan baho  nazarda tu ­

tiladi.

Pedagogik  baho  bolaning  yoshiga  mos  tanlanishi  zarur.  Pe­

dagogik baho  yoshga  qarab  o‘zgarishi  tendensiyalari  quyidagilar: 

Birinchidan,  yosh  ulg‘ayishi  bilan  yangi  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  egallash  zarurligini  tushunish  ortadi.  Ikkinchidan, 

bolalikda  yillar  o‘tgan  sayin  shaxsning  ma’lum  xislatlarini  egal- 

lashning  ahamiyati  ortadi.  Uchinchidan,  katta  bolgan  sayin, 

ayniqsa,  maktab davrida ijtimoiy-psixologik stimullarning roli or­

tadi.  To'rtinchidan,  tashqi  stimullarga  qaraganda  ichki  stimul­

larning  roli  ortib  boradi.  Turli  yosh  davrlarida  pedagogik  baho- 

ning qulay usullari va sharoitlarini ko‘rib  chiqamiz.

Sh.A.Dustmuxamedova  tomonidan  «Olti  yoshli  bolalar- 

ga  ta’lim berishda  pedagogik  bahoning  psixologik  xususiyatlari» 

mavzuida ilmiy izlanishlar olib borilgan1.  Olimaning ta’kidlashi- 

cha,  pedagogik  baholarni  formal  va  mazmunli  baholarga  ajra- 

tish mumkin.  Olimaning ta’kidlashicha,  pedagogik baho 

0

‘qituv­


chining  bola  bilan  munosabat  uslubiga,  xususan  o‘qituvchi 

tomonidan  baholovchi  ta’sirning  ma’lum  tur va  vositalarini  tan- 

lashiga  bogliq.  Bunda  qattiqqollik  bilan,  formal  tipdagi  baho­

lovchi  ta’sirdan  ko‘proq  avtoritar  pedagogik  ustanovkalari  mav­

jud o‘qituvchilar tomonidan, yumshoq ko‘ngillik bilan mazmunli


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish