16.6. Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz
0
‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini
anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr
hisoblanadi. 0 ‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy
Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash,
e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi
tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
0
‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shax
siy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0 ‘smir shax-
sini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalar-
ga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar
o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchili-
gi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik ka
bi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning
turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror
e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida
axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan
shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘zigabo‘lgan
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
0
‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi
kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga
ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir
shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki
354
men endi «katta bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham
psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning
0
‘smirlik
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
L.S.Vigotskiy
0
‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga
bogliq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib kolsatgan.
Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jin
siy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bogliq. Bunda quyida-
gi salbiy xulq-atvor kolinishlari namoyon boladi: ish qobiliyati-
ning, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo'polligi va yuqori
qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish
va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo b o li
shi bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirda boshqalarning va o‘zining psi
xologik kechinmalariga qiziqish paydo boladi.
0
‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning
strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vi
gotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. In-
qirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchi-
lar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi
psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi katta
larning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tar
biya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi eh
tiyojlari, yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda munosabatlarni
o‘zgartirishiga bogliq.
Soglom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depres-
siv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p
uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuch
li reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining
yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bogliq.
0
‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq
ravishda o'smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratisha-
di1. 0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarish-
larga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |