8. Maktabgacha tarbiya yoshidagi boialarda oliy hislaming rivojlanishi
Bola faoliyati, atrof olamni va o’zini bilishi, kattalai' va tengdoshlar bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma xil emotsiyalar hamda hissiyotlami o’zidan o’tkazadi. U atrofda ro’y berayotgan hamda o’zi qilayotgan narsalarga muayyan munosabatda bo’ladi. Ana shu mimosabat bolada ma’lum bir emotsiyalar va hissiyotlami tug’diradi. Emotsiyalar va hissiyotlar ham voqelikni aks ettirishning o'ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo’lgan munosabati, biror bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo’ladi
Emotsiya va xissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy yo’nalislilarini ajratib ko’rsatish mumkin: bola xayotiy vaziyatining o’zgarisltiga bog’liq ravishda emosional holatlaming shakllanishi; emotsiyalar asosida oliy xissiyotlaming shakllanishi: emotsiya va xissiyotlaming shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib borishi.
Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivoji muayyan o’z qonunlariga ega:
Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalami ifodalovchi emotsiyalar paydo bo’ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlaming qondirilishiga bog’liq ravishda vujudga keladi. (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy smotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalardan hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalami farqlash kerak. Chunki emotsiyalaming namoyon bo’lish shakli insonda sotsial xarakterga ega.
2 yoshdan boshlab bola uchun bolalaming shodlik, hursandchilik, umuman ijobiy emotsivalami ifodalovchi reaksiyalari eng informativ (ko’p axborot beradigan) bo’lib hisoblanadi. Tajribalardan birida 2-9 yoshdagi bolalarga fotosuratlardan turli mimik reaksiyalami (xayronlik, jaxl, qo’rquv, xursandchilik va boshqalami ifodalovchi reaksiyalami) aniqlab olib, so’ngra ko’rsatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma’lum boTdiki, bolalar birinchi boTib xursandchilikni ifodalovchi mimik realisiyalami aniqkiy olganlar. Ko’rsatib berishda ham eng oldin xursandlikni ifodalovchi mimik reaksiyalami aniqlay olganlar. Demak, dasllab ijobiy emotsiyalami ko’rsatib bemvchi
-131 -
mimik reaksiyalami aniqlash, boshqa reaksiyalar orasida tanish va namoyon eta bilish qobiliyati shakllanadi.
Shubxasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning pisixik va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq V.A. Suxomlinskiy ta’kidlaganidek, agar bo]a shodlikni mehnatsiz, ruxiy kuchlarmi ishga sohnay qo’lga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha “muz” ga aylanib qolishi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bo’lishi mumkin.
Emotsiyalaming rivojlanishi ulaming differensiyasi, kechinmalaming boyib borishi singari ro’y beradi. Ijobiy emotsional yoki salbiy emotsional bo’yoqdorlikka ega bo’lgan kechinmalarga misol qilib, ozuqaga bo’lgan ebtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli bola o’z boshidan o’tkazadigan kechinmalami keltirish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar qo’rquv, jaxl, jirkanish, ijobiy kechinmalar shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yaqinlashishi ko’rinishlarida namoyon bo’lishi mumldn.
Bolalar hissiyotlarining rivojlanishi muayyan ob’ektga yo’naltirilgan emotsiyalaming umumlashishi sifatida ro’y beradi.
Emotsiya va hissivotlaming shaMlangan tizimida emotsiyalar boshdan o’tkazilayotgan hissiyotning; namoyon bo’lishi sifatida gavdalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiyava hissiyotlar tizimi endi-endi shakllanayotgan bo’ladi. Shuning uchun ulaming emotsiyalari ular kecliirayotgan hissiyotlaming namoyon bo'lishi emas, balki ko’proq oliy hissiyotlaming shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bo'lgan materialdir.
Malrtabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalami uyg'otuvchi ob’ektdan sub’ektga munosabat ajralib boradi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, iming uchun ob’ekt tavsifi bilan sub’ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yaqin bo’ladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol qilgan hamshira “yomon xolda”dir. Bunda bola o’z emotsional holatining salbiy tavsifi (xarakteristikasi)ni bu holatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan odamga ko'chirib o’tkazadi.
Maktabgacha yoshda emotsiya va xissiyotlaming dinamik va mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Mazmun tomonining rivojlanishi atrof olam haqidagi bola bilimlarining kertgayishi va chuqurlashishi, bola barqaror (doimo bir xil) munosabatda bo’ladigan predmet va
-132-
hodisalaming ko'payib borishi bilan taqozolanadi. (Shular tufayli emotsiya va xissiyotlar mazmun jihadan rivojlanadi.) Dinamik tomonining rivojlanishi bolada o’z emotsiyalarini naizorat qilish va boshqara olish ko'nikmalarining shakllanishi bilan taqozolanadi. Emotsiya va hissiyotlarning mazmuri emotsional kechirmalaming ob'ektlari, sabablari bilan bog'liq. Dinamik aspekt esa emotsional kechinmalaming chuqmligi, davomiyligi va vujudga kelish chastotasi bilan xarakterlanadi.
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishi boshqa psixik jarayonlar, ayniqsa, nutqning rivojlanishi bilan bog’liq. Nutq yordamida bola o’z xissiyotlari va emotsiyalarini anglaydi va boshqaradi. Nutq orqali bolalarda nafaqat biror narsaga ehtiyoj sezayotganlarini bildiradilar, balki ma’lumbir tarzda o’z kechinmalarini ifodalaydilar.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan bog’liq. Bolaning vaziyatni tushinish, vaziystni va undagi o'zgarislilami boshidan kechirishi muayyan emosional holatni hosil qiladi.
Bola uchun odatiy bo'lgan vaziyatlaming buzilisluga bola xayot tarzi, kun tartibining o’zgarishi sabab bo’lishi mumkin. Bu esa ba’zida stress holatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevaning ma'lumotlariga ko’ra bolalar yangi shmoitlarga moslashishi uchxm 2 oy talab qilinadi.
Odatiy vaziyatning buzilishi affektiv reaksiyalami shuningdek, qo’rquvni keltirib chiqishi mumkun. Affekt (qisqa mudatli, jo’shqin kechadigan emotsional reaksiya) bosh miya po’stlog’i boshqamv fimksiyasining sustligi natijasi bo’lishi mumkun.
Bolalardagi o’zgarish to’rmozlanishdan ustun kelishi mumkun. Bola ijobiy emotsiyalaming jo’ shqin ifodalanishini to'rmozlay olmasligi tufayli qarama-qarshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo’lishi mumkun. Masalan, jo'shqin xursandchilik ko’pincha yig’i va ko’z yoshi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |