Tayanch tushunchalar: chaqaloq, go‘dak, sensor, perseptiv, kognitiv rivojlanish
LChaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish
Bolaning ona qomida paydo boigandan tugilgunga (jadar boiadigan o‘zgarisMar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qomida boiajak farzandnicg rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qomida rivojlanish oitacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embiion bosqichi va homila bosqichiga boiiuadi.
Zigoia bosqichi (1-2 haftalik)
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanislii uchun ikki hafta kerak bo‘lad, shundan so‘ng garmonttl o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi.
Homila tanasi murtalc diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujavralar to‘plami ko‘rinisliida bo‘ladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantimvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi
-30-
zarur. Implantatsiya va hujayralaming ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘l:ib hisoblanadi. Zigota 36 hafta davomida munakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyorholga keladi.
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo'lgandar keyin uchinchi haftadan boshhinib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashqi qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. 0‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklai va qon tomirlari tizimi hosil boiadi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarh o'zgarishlami ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga boTinishi boshlanib, organizm ko‘proq salamandrani eslatadi. 0‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik emtorionda ko‘zlar. og‘iz, qo‘1 va oyoqlami ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy awal o‘z faoliyatini boshlab yuborgan boTadi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda inavjud boTadi, lekin uning oTchamlari onaga sezilarli daraja boTmaydi.
Embrionga amnion suyuqligi bilan toTgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bogTangan. Kindik tizimchasi embrionni yoTdosh bilan bogTovchi qon tonrirlaridan iborat. YoTdoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarinirg barmoqsimon o‘simtalari - qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlaming o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulctlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismltiri va ichki organlar hosil boTishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlaming o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
-31 -
|
|
|
i %
|
|
l [
|
V,- i
|
S
V \ K
|
r\
|
:§=/
|
|
. A';
|
i)
|
yK. /
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |