8.2. Saratonning molekulyar biologiyasi
O‘simtalar bilogiyasidagi tushuncha bo‘yicha, saraton kasalliklari kelib
chiqishi jihatidan monoklonal: ular bir hujayradan hosil bo‘lib, notabiiy holda
rivojlana boshlaydi va ko‘payadi, bu yangi hosil bo‘lgan to‘qimalarning xavfi
yuqori, sababi ular o‘sishda davom etadi. Bu xavfli hosil bo‘lishlarning asosida
yotgan mexanistik jarayonlar uzoq yillar davomida noaniq bo‘lib kelgan.
Taraqqiyot asri bo‘lgan XX asr saratonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan
bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarni berdi.
47
Notabiiy genetik va bioximik tarmoqlarni chuqurroq molekulyar o‘rganish
zamonaviy fan taraqqiyotidagi katta yutuq bo‘ldi. Uzoq yillar davomida,
o‘simtalar mutatsiyalarning sekin-asta asosiy boshqaruv genlarida to‘planishi
yordamida paydo bo‘ladi, degan g‘oya hukm surgan bo‘lsa (masalan, 8.1-rasm),
47
Colditz GA, Wei EK. Preventability of cancer: the relative contributions of biologic and social and physical environmental
determinants of cancer mortality. Ann Rev Public Health. 2012;33:137–56.
184
yangi texnologiyalarning taraqqiyoti inson o‘simtasida sodir bo‘ladigan
mutatsiyalar miqdorini aniqroq o‘rganish imkonini berdi.
Saraton qurboni bo‘lgan o‘simta genomida to‘planadigan somatik
mutatsiyalarni ro‘yxatga olishda keng qo‘llanilayotgan genom harakatlar ketma-
ketligi (GHKK) shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha hujayra o‘simtasi genomida
mutatsiyalar miqdori avval o‘ylanganidan anchagina ko‘p ekan. Masalan, ko‘p
uchraydigan qattiq o‘simtalar, masalan, yog‘on ichak, ko‘krak bezlari, bosh miya
yoki oshqozon osti bezlari kabi a’zolarga hujum qilgan o‘simtalarda, odatda, oqsil
moddalari vazifasining buzilishiga olib keladigan 33-66 somatik mutatsiyalari
kuzatiladi. Bundan ham ko‘p mutatsiya soni, odatda, tashqi kanserogenlar
ta’siriga uchraydigan teri yoki o‘pka saratoni kabi to‘qimalardan tashkil topgan
o‘simtalarda uchraydi: bu to‘qimalardagi ayrim o‘simtalar turlarida 200 dan ortiq
mutatsiya kuzatilgan, bu esa shundan dalolatki, DNK ga ta’sir ko‘rsatadigan ultra-
binafsha nurlaridan zaharlanish va tamaki tutuni kanserogenlari alohida e’tiborga
olinishi kerak.
Genom o‘simtasida to‘planadigan mutatsiyalarning ko‘p qismi – 95% dan
ko‘prog‘ini saraton shakllanishi patogenezida hech qanday ahamiyati yoq.
O‘simtaning turiga qarab, 2-8 ta qo‘zg‘atuvchi mutatsiyalargina yangi paydo
bo‘lgan o‘simta hujayralarga xavf solishi yoki o‘sishni tezlatishi mumkin.
Ko‘plab keng tarqalgan o‘simtalar to xavfli holatga yetgunga qadar qo‘zg‘a-
tuvchi mutatsiyalar soni yetarli darajagacha ko‘tarilish jarayoni 20-30 yilni
tashkil qiladi.
Qanday mutatsiya hodisalari o‘simta paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi?
Saraton kasalligida sodir bo‘ladigan son-sanoqsiz molekulyar o‘zgarishlar bilan
kurashishda insonlarga yordam berish, kasallikning asl mohiyatini tushunishlari
uchun konseptual modellarni ishlab chiqishga qaratilgan katta ishlar qilindi.
O‘simtalarning genetik beqarorlikni namoyish qilishi, ya’ni tasodifiy mutatsiya-
larga moyilligi dalili bu mushkul vazifani yana ham mushkullashtiradi. Bu
masalaga ishonarli yondashuv bo‘lgan “saratonning xususiyatlari” modeli 2000-
yilda Hanahan va Veinberglar tomonidan ishlab chiqilgan. 2000-yilda bu
185
modelga qo‘shimchalar kiritilib yana ommaga taqdim etildi. Ularning firkicha,
oddiy hujayraning saraton holatiga o‘tishi o‘z ichiga 10 tagacha bo‘lgan “saraton
xususiyatlari” yoki biologik belgilarni va qulay imkoniyatlarni olib, ular xavfli
o‘simta yoki matastazalarni qozg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |