Akkumulatorning EYKi asosan elektrolitning zichligiga va oz miqdorda
haroratiga bog'liq bo'ladi. Elektrolitning zichligi va harorati ortishi bilan EYK
ko'payadi. 18°C haroratda va d = 1,28 g/sm
3
zichlikda akkumulator 2,12 Vga
teng bo'lgan EYKga ega boladi. Elektrolit zichligi 1,05 dan 1,3 sm
3
gacha
o'zgarganda EYKning unga bog'liqligi E=0,84+d formula bilan ifodalanadi, bu
yerda: E - akkumulatorning EYK, V; d - elektrolitning 15°C haroratdagi zichli-
gi, g/sm
3
.
EYKga qarab akkumulatorning zaryadsizlanish darajasi haqida aniq bir
xulosa qilish mumkin emas. Zaryadsizlangan, ammo
elektrolitining zichligi
yuqori bo'lgan akkumulatordagi EYK, zaryadlangan, ammo elektrolitining zi-
chligi kichik bo'lgan akkumulatordagi EYK dan katta bo'ladi.
Akkumulatorning ichki qarshiligi chiqarma qisqichlari,
elementlararo
bog'lanishlar, elektrodlar, seperatorlar qarshiligi va elektrodlarni elektrolitlar
bilan tegishib turgan joylarida hosil bo'ladigan qarshiliklar yig'indisidan iborat
bo'ladi. Akkumulatorning sig'imi (elektrodlar soni) qanchalik katta bo'lsa, un-
ing ichki qarshiligi shunchalik kichik bo'ladi. Harorat pasayishi va akkumulator
zaryadsizlanib borishi bilan uning ichki qarshiligi ortib boradi. Akkumulator
batareyasining nominal kuchlanishi qanchalik katta bo'lsa, uning ichki qarshili-
gi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Akkumulator kuchlanishi uning EYKidan akkumulatorning ichki zanjiri-
dagi kuchlanishni qanchaga pasayganligi miqdoricha farq qiladi. Zar-
yadlanishda U
z
=E-IR, zaryadsizlanishda U
r
=E-IR, bu yerda I -akkumulator or-
qali o'tuvchi tok. A; R akkumulatorning ichki qarshiligi, Q; E - akkumulatorn-
ing EYK, V. Akkumulator batareyasi kuchlanishining
zaryadlanish va zar-
yadsizlanish paytidagi o'zgarishi 6.3-chizmada ko'rsatilgan.
Batareya kuchlanishi doimiy bo'lgan avtomobil generatoridan zar-
yadlanganda. zaryadlovchi tok zaryadlash oxirida pasayadi. Bu hol akkumula-
tor batareyasini zaryadlanib bolganligini bildiruvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Agar zaryadsizlanish toki o'zgarmas boisa (masalan, I=3C2O, u holda ba-
tareyaning harorati qanchalik past bo'lsa, zaryadsizlanishda uning kuchlanishi
ham shunchalik kichik boiadi. Zaryadsizlanishda kuchlanishning doimiyligini
saqlash uchun, batareya harorati pasayishi bilan zaryadsizlash toki kuchini ka-
maytirish kerak boiadi.
Akkumulator
sig'imi
deb, akkumulator eng kichik ruxsat etilgan
kuchlanishgacha zaryadsizlanganda u bera olishi
mumkin boigan elektr mi-
qdoriga aytiladi. Zaryadsizlash tokining kuchi qanchalik katta boisa, akkumula-
tor zaryadsizlana oladigan kuchlanish shunchalik kichik boiadi. Masalan, ak-
kumulator batareyasining nominal sigimi C
2O
ni aniqlashda, zaryadsizlash
I=0,05C
2O
tok bilan 10,5 V kuchlanishgacha olib boriladi, elektrolit harorati 18
dan 27°C gacha, zaryadsizlash vaqti esa 20 soat bo'lishi kerak. GOST 959.0-84
bo'yicha, batareyaning sig'imi C
2O
ning 40% ni tashkil etsa,
bunday batareya
xizmat muddatini o'tab boigan hisoblanadi.
Starter rejimida batareyaning sig'imi, 25°C haroratda va 3C2O
zar-
yadsizlash tokida aniqlanadi. Ushbu holatda 6 V kuchlanishgacha (akkumula-
torga 1 V) bo'lgan zaryadsizlash vaqti 3 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Ba-
tareyani 3C2O tok bilan zaryadsizlashda (elektrolit harorati - 18°C) boshlangan
vaqtdan 30 soniya o'tgandan so'ng batareya kuchlanishi 8,4 V (xizmat ko'rsa-
tilmaydigan batareyalar uchun 9,0 V) bo'lishi, 150 soniyadan so'ng 6 V dan
kam bo'lmasligi lozim. Bu tokni, ba'zan, sovuqlayin
aylantirish toki yoki
yurgazish toki
deb ataladi. U 3C2O dan katta bo'lishi mumkin (6CT-55 batar-
eyalarda, u 4,64C2O ga teng), kuchlanish esa zaryadsizlash oxirida, chet el ba-
tareyalari sinaladigan standartga bog'liq ravishda 7,2, 8,4 yoki 9,0 V bo'lishi
mumkin.
Ushbu tok batareya korpusida, uning sig'imi bilan yonma-yon qilib
yozib qo'yiladi.
Harorat (27±5°C) bolganda, (25+0,25) A tok bilan batareyani 10,5 V ga-
cha (akkumulatorni 1,75 V gacha) zaryadsizlash vaqtini ko'rsatuvchi zaxira
sig'im ham elektrik tavsiflarga kiradi. Foydalanishga qulay bo'lishi uchun
daqiqalarda ifodalangan bu sig'im, generator ishlamay qolganda avtomobil
yana qancha vaqt harakatlanishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu paytda iste'mol-
chilarga berilayotgan tokning umumiy yig'indisi 25 A ga teng deb hisoblanadi.
Sig'imi 26 dan 75 AMs gacha bolgan batareyning zaxira sig'imi t
zs
=(00118
C2O+1)C2O formula bo'yicha hisoblanishi mumkin. Sig'imi C2O >75 AMs
bogan batareyalar uchun zaxira sig'im (1,7+1,8) C2O ni tashkil qiladi. Agar
zaryadsizlanish
o'zgarmas tok
kuchi bilan kechayotgan bolsa, u holda akkumulator ba-
tareasining sig'imi S=It formula bilan aniqlanadi, bu yerda I - zaryadsizlash to-
ki, A; t - zaryadsizlash vaqti, soat.
Akkumulator batareyasining sig'imi uning konstruksiyasiga, elektrodlar
soniga va qalinligiga, seperator materialiga, faol materialning g'ovakligiga, el-
ektrod panjaralarining konstruksiyasiga va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Ishlatish chog'ida esa batareyaning sig'imi zaryadsizlash tokining kuchiga, ha-
roratiga, zaryadsizlash rejimiga (uzlukli va uzluksiz), akkumulator batareyasini
zaryadlanish darajasiga va uning eskirganligiga bog'liq boiadi. Zaryadsizlash
toki va zaryadsizlanish darajasi ortishi hamda harorat pasayishi bilan akkumu-
lator batareyasining sig'imi kamayadi. Zaryadsizlash tokining ortishi bilan ak-
kumulator batareyasi sig'imining kamayishi, ayniqsa past
haroratlarda jadallik
bilan ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: