Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

suv o’tkazuvchanlik
 
deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik tog’ jinslari orasidagi g’ovaklik, yoriqlarning hajmi  


95 
 
 
va  shakliga  bog’liqdir.  Tog’  jinslari  suv  o’tkazuvchanligiga  qarab  3  turga 
bo’linadi: 
1.
 
Suv  o’tkazuvchan  jinslar
  –  shag’al,  qum  va  yoriqlari  bo’lgan  tog’ 
jinslari  
2.
 
Yarim  suv  o’tkazuvchan  jinslar
  –  supes,  yengi  suglinok,  g’ovakli 
ohaktish va qumtosh 
3.
 
Suv  o’tkazmaydigan  jinslar
  –  gilli    og’ir  suglinok,  zich  yoki 
yoriqlari bo’lmagan tog’ jinslari  
 
Tog’  jinslarining  suv  o’tkazuvchanlik  qobiliyati  suv  o’tkazuvchanlik 
koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Bu koeffitsiyent 2 xil sharoitda aniqlanadi: 
1.
 
Laboratoriya sharoitida  
2.
 
Dala sharoitida 
 
 
Laboratoriyada 
suv 
o’tkazuvchanlik 
koeffitsiyentini  aniqlash  uchun  Kamenskiy  trubkasi, 
SPETSGEO asbobi (qumlar uchun), gilli tog’ jinslari uchun 
F-1M,  F-2M  asboblaridan  foydalaniladi.  Gilli  tog’ 
jinslarida  filtratsiya  koeffitsiyentini  aniqlaganda  ichki 
tuzilishi  buzilmagan  namunadan  foydalaniladi.  Filtratsiya 
koeffitsiyent  qiymati  ko’pgina  hisoblash  ishlarida  qo’llanilib  inshootlarni 
loyihalashda  tog’  jinslarining  asosiy  muxandis  –  geologik  hususiyatlaridan 
hisoblanadi.    Shu  sababli  quyidagi  suv  o’tkazuvchanlik  koeffitsiyentini  aniqlash 
usullarining ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz: 
Qumlarda  suv  o’tkazuvchanlik  koeffitsiyentini  Kamenskiy  trubkasida  aniqlash. 
Kamenskiy  trubkasi  shisha  naydan  iborat  bo’lib  diametri    50,4  mm,  uzunligi  220 
mm  va  maxsus  latun  xalqa  balandligi  20  mm  dan  iborat.  Xalqa  nayning  pastki 
qismiga  o’rnatilib,  u  asbobning  tubi  bo’ylab  xizmat  qiladi.  Xalqaning  tubida 
diametri 48 mm bo’lgan metal to’r bor. 


96 
 
 
 
 
Ana  shu  trubkaga  10  sm  balandlikda  asta  –  sekin  zichlab  qum 
solinadi. Ustki qismiga 1- 2 sm mayda shag’al solinadi. Qumning tag qismiga suvli 
idish  qo’yilib  u  namlanadi.  Namlanish  pastdan  yuqoriga  tomon  olib  borilib,  u 
qumning  rangini  o’zgarishi  orqali  kuzatiladi.  Qachonki  qum  to’la  suvga 
to’yingandan  so’ng,  trubka  ustidan  suvga  to’latiladi  va  vaqt  davomida  suv 
sathining  pasayishi  kuzatiladi.  Tajriba  bir  necha marta  qaytariladi,  hamda  olingan 
ma’lumotlar  asosida  suv  o’tkazuvchanlik  koeffitsiyenti  quyidagi  ifoda  orqali 
aniqlanadi.  
 
bu yerda K
f
– suv o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti 
l- suv o’tish yo’li  
                S – suv sathining pasayishi, sm 
t- suv sathining pasayishiga ketgan vaqt, sekund 
h
0
 – suvning trubkadagi boshlang’ich bosimi. 
– funksiya kattaligi (ilovadaberilgan jadval orqali aniqlanadi). 
 
Qumlarning  suv  o’tkazuvchanligini  aniqlashda  yana  bir  asbob 
SPETSGEO asbobidan foydalaniladi. (40 – rasmga qaraladi)  
 
Ko’ndalang kesim yuzasi (F) 25 sm
2
 bo’lgan metal trubkaga to’latib qum 
solinadi.  Trubka  tagidagi  idishga  suv  solib,qumni  suvga  to’yintiriladi.  So’ngra 
shisha  trubkani  suvga  to’ldirib  qum  ustiga  to’ntarib  o’rnatiladi.  Bunda  qum  bilan 
shisha  slindr  oralig’ida  0.5  –  1  mm  bo’shliq  hosil  bo’lishi  kerak.  Bunga 
quyidagicha erishiladi, ya’ni suv qumdan o’ta boshlagandan so’ng shisha trubkada 
havo  pufakchalari  hosil  bo’ladi.  Agar  havo  pufakchalarining  hajmi  juda  katta 
bo’lsa, bu trubka bilan grunt orasidagi bo’shliqning kattaligini ko’rsatadi. Bu holda 


97 
 
 
shisha  trubka  chuqurroq  tushiriladi.  Agar  hosil  bo’lgan  havo  pufakchalarining 
hajmi  va  oralaridagi  masofa  bir  xil  bo’lsa,  suv  qumdan  bir  tekis  o’taytganligini 
ko’rsatadi. So’ngra shisha trubkadagi suvning yuzasi va vaqt belgilanadi. Ma’lum  
bir  vaqtda  qumdan  o’tayotgan  suvning  miqdori  orqali  suv  o’tkazuvchanlik 
koeffitsiyenti aniqlanadi. Bu kattalik quyidagi ifoda orqali topiladi: 
 
;    sm/sek 
bu yerda Q – qumdan ma’lum bir vaqtda o’tgan suvning hajmi, sm  
               T – suv o’tish vaqti, sekund 
F – metal trubkaning ko’ndalang kesim yuzasi – 25sm

 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish