Shox aldamchisi
– yashil yoki qo’ng’ir tusda, yaltiroqligi shishasimon,
qattiqligi 5,5 – 6, ulanish tekisligi mukammal, zichligi 3,1 – 3,3 gr/sm
3
. Shox
aldamchisini magmatik tog’ jinslaridan granit, granodiorit, siyenit, tuf kabilarda,
metamorfik tog’ jinslaridan slanetslarda uchratish mumkin.
Aktinolit
– fizik xususiyati jihatidan shox aldamchisiga xos bo’lib,
tolasimon, rangi yashil holda, asosan, metamorfik tog’ jinslaridan slanetslarda
uchraydi.
Slyudalar
– bir qator tog’ jinsi hosil qiluvchi minerallardan iborat,
ulanish tekisligi juda mukammal nozik plastinkalarga ajraladi. Hosil bo’lishi
jihatidan endogen va metomorfik minerallarga kiradi. Eng ko’p tarqalgan
slyudalardan oq slyuda – muskovit va qora sluyuda – biotitdir. Slyudalar
magmatic, metomorfik va cho’kindi tog’ jinslarida uchraydi. Nurash jarayoni
41
davomida tarkibida slyudasi bo’lgan tog’ jinslarining qavatlarga ajralishi natijasida
mustahkamligi kamayadi. Slyudalar xalq xo’jaligida juda ko’p qo’llaniladi (asosan,
elektrotexnika, issiqlik sohalarida).
Biotit
– slyudalar turkumiga kiruvchi rangi qora, qo’ng’ir, ba’zan qizg’ish
sariq va qizg’ish yashil, yaltiroqligi shishasimon, ulanish tekisligi o’ta mukammal,
qattiqligi 2–3 , solishtirma og’irligi 3 – 3,12 gr/sm
3
mineral. Biotit, asosan,
magmatik tog’ jinslari tarkibida juda ko’p uchraydi. U ba’zida metamorfik tog’
jinslaridan slanets va gneyslar tarkibida ham bo’lishi mumkin. Biotit kimyoviy
nurash natijasida parchalanadi va natijada gilli minerallar hosil bo’ladi. Biotitdan
buyumlarni bezashda yaltiroq mahsulot sifatida foydalaniladi.
Muskovit
– rangi sarg’ish, kulrang, yashil, ba’zan qizg’sh tuslarda
bo’ladi. Uning ayrim varaqchalari rangsiz. Muskovit tovlanib turuvchi
yaltiroqlikka ega, qattiqligi 2–3. Uning ham ulanish tekisligi o’ta mukammal,
solishtirma og’irligi 2.76 – 3,1 gr/sm
3
. Muskovit slyudalar tarkibiga kiruvchi
minerallar orasida tabiatda eng ko’p tarqalgan mineral hisoblanadi. Muskovit
minerali intruziv tog’ jinslari tarkibida juda ko’p miqdorda hamda metomorfik tog’
jinslarida uchraydi.
Olivin
– sariq, yashil bo’lib, shishasimon va yog’li yaltiroqlikka ega,
ulanish tekisligi mukammal, sinishi chig’anoqsimon, qattiqligi 6,5 – 7, zichligi 3,4
– 4,35 gr/sm
3
. Olivin magmatik tog’ jinslaridan diabaz, basalt, dunit va peridotit
tarkiblarida uchraydi. Olivin kristallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.
Olivinli tog’ jinslari o’tga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Talk
– metamorfik mineral bo’lib, rangi oq yashil va sariq. Chizig’ining
rangi oq, yaltiroqligi yogli, qattiqligi 1, ulanish tekisligi mukammal, asosan talkli
slanetslarda, ohaktoshlarda uchraydi. Talk kislotaga, o’tga chidamli material
sifatida elektrotexnika va kulolchilik sanoatlarida ishlatiladi.
Serpentin
– talk mineralidan tarkibida magniy elementining ko’pigi bilan
farqlanadi. Agar tog’ jinsining tarkibida serpintin bo’lsa, serpintinit deb ataladi.
Yaltiroqligi tolasimon bo’lsa, azbest deb yuritiladi. U metamorrik yo’l bilan hosil
42
bo’lib, ko’pincha sof holda uchraydi. Azbestdan o’tga va kislotaga chidamli modda
sifatida foydalaniladi. U o’tga chidamli to’qimalar to’qishda qoplamalar o’rnida
ishlatiladi.
Xlorid
– yaproqsimon shakldagi mineral, rangi oq yashildan to’q
yashilgacha, tovlanuvchi yaltiroqlikka ega, qattiqligi 2 – 2,5, ulanish teksiligi o’ta
mukammal, zichligi 2,6 – 2,85 gr/sm
3
. Xlorid metomorfik yo’l bilan hosil bo’lib,
xloridli slanetslar tarkibida, oz miqdorda magmatik va cho’kindi tog’ jinslarida
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |