Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Ko’chki  turlari. 
Yuqorida  aytib  o’tilganidek  ko’chkilar  hosil  bo’lish 
sabablari,  tuzilishi,  hajmi  hamda  rivojlanish  sharoiti  jihatidan  xilma-xil  bo’ladi. 
Shu  sababli  ularning  tasnifi  ham  turlichadir.  Mavjud  tasniflarning  ba’zilari 
ko’chkilarning hamma xususiyatlarini o’z ichiga olgan, batafsil yoritilgan tasniflari 
bo’lsa,  ba’zilari  faqatgina  bir  yoki  bir  necha  ko’rsatkichlarni  ifodalagan 
tasniflardir.  Bu  tasniflar  mualliflar  nomi  bilan  yuritilgan:  I.  V.  Popov,  F.  P. 
Saverenskiy, N. N. Maslov, G. S. Zolotarev, G. L. Fisenko, A. N. Nifantov, V. D. 
Lomtadze va boshqalar tasniflari.  


323 
 
 
 
Respublikamizning  tog’li  hududlari  ham  ko’chkilar  tez-tez  sodir  bo’lib 
turadigan hududlarga kiradi. Shu sababli ko’chkilarni o’rganish  va ularning  oldini 
olish bo’yicha bir necha  o’n  yillardan buyon ilmiy  va amaliy  ishlar bajarilmoqda. 
Olib  borilgan  ilmiy  va  tajriba  ishlari  natijasida  olimlar  ko’chkilarning  turli 
tasniflarini  ishlab  chiqdilar.  Bu  tasniflarda  ko’chkilarning  hosil  bo’lishi,  hajmi, 
qaysi chuqurlikda namoyon bo’lishi kabi xususiyatlari bilan birga, o’rganilayotgan 
joyning o’ziga tegishli bo’lgan ba’zi xususiyatlari hamhisobga olingan.  
 
Bu tasniflarga ko’ra, ko’chkilar quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.
 
Yoyilma;  
2.
 
Oqova ; 
3.
 
Oqimli ko’chkilar;  
4.
 
Toshli – gilli oqim;  
5.
 
Ag’darma – surilma;  
6.
 
Pog’onasimon surilma;  
7.
 
Suffozion surilma.  
 
Yoyilma
–ko’chkining kichikroq hajmdagi bir turi bo’lib, uzoq vaqt yomg’ir 
yog’ishi, qor erishi natijasida tuproq o’simlik qatlamining ko’chishidir. Bunda yer 
yuzasining eng ustki qismi suyuq holga kelib, qiyalikdan oqib tushadi. Yoyilmalar 
nishabligi,  ko’pincha,  30

dan  yuqori  bo’lgan,  tub  tog’  jinslari  yer  yuzasiga  yaqin 
va  qalinligi  oz  bo’lgan  lyossimon  to’rtlamchi  davr  jinslari  bilan  qoplangan 
qiyaliklarda ro’y beradi.  
Yoyilmaning  qalinligi0.5-1.5  metrdan  oshmaydi.  Yoyilma  ro’y  bergan 
yerlarda  uzunligi  6-7  metrdan  10  metrgacha  bo’lgan,  yuzasi  o’simliklardan 
tozalangan  turli  shakldagi  yalang’ochlangan  joylar  hosil  bo’ladi.  Yoyilmalarni 
Pskent,  Parkent,  Ugam,  Kosonsoy  daryolarining  yuqori  qismidagi  tog’ 
yonbag’irlarida ko’plab uchratish mumkin.  
 


324 
 
 
 
130-rasm. Yoyilma ko’rinishi 
 
Ularning  ko’pchiligi  paleozoy  erasiga  mansub  tog’  jinslari  ustida  bo’lgan 
delyuvial  lyossimon  yotqiziqlardan  hosil  bo’lgan.  Yoyilmalar  uzilish  devorining 
balandligi  0.2-0.3  metrdan  oshmaydi.  Yoyilmalarning  hajmi  kichik  bo’lganligi 
uchun xavfli hisoblanmaydi,  lekin yoyilmalar natijasida  tub tog’ jinslarining ustki 
yuzasi  ochilib  qolishi,  natijada  ularning  nurashi  tezlashib,  gruntlarning 
mustahkamligi pasayadi.  
Oqova
  –  tog’  jinslarining  atmosfera  yog’inlari,  ba’zi  hollarda  yer  osti  suvlari 
ta’sirida  birdaniga  surilishidir.  Ular  nishabligi  20-30

va  undan  ko’p  bo’lgan 
qiyaliklarda  hosil  bo’ladi.  Suvga  yaxshi  to’yinishi  natijasida  oquvchan  holatga 
kelgan gruntlar o’z muvozanatini yo’qotib, pastga qarab oqib tushadi. 
 
 
131-rasm. Oqova hosil bo’lish jarayoni 
 
Bu  ko’chkilarning  hajmi  qiyalikning  balandligiga,  nishabligiga  hamda 
surilayotgan  jinsning  qalinligiga  qarab  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Ko’pincha, 
ularning chuqurligi 2-3 metrdan 5 metrgacha, gohida undan katta bo’lishi mumkin. 


325 
 
 
Oqovalar  ham  yoyilmalar  kabi  tub  tog’  jinslari  yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan 
qiyaliklarda  ro’y  beradi.  Ularni  tog’li  hududlarning  ko’pchiligida  uchratish 
mumkin.  Qiyaliklarni  tashkil  etuvchi  tub  tog’  jinslarining  nishabligining  qiyalik 
nishabligi  bilan  mos  kelishi  ko’chki  hosil  bo’lish  sabablaridan  biri  hisoblanadi. 
Lekin shunday  oqovalar borki, bir turdagi  tog’ jinsi qavati  o’sha turdagi tog’ jinsi 
ustidan  surilib  ketishi  mumkin.  Bu  holda  ko’chkining  hosil  bo’lishiga  sabab 
ularning  yer  osti  suvlari  bilan  to’yinishi  to’yinishi  hisoblanadi.  Ularning  tarqalish 
masofasi  qiyalik  bo’ylab  700-1000  m,  kengligi  5-6  m  bo’lishi  mumkin.  Oqovalar 
fojiali  ravishda  tez  ro’y  berishi  oqibatida  yashash  joylariga,  avtomobil  yo’llari 
mustahkamligiga  ta’sir  etib,  ko’p  maydonni  ishg’ol  qilishi  mumkin.  Chunki  ular, 
ko’pincha, baland bo’lmagan daryo terrasalarida ro’y berib, u yerlar yashash uchun 
qulay joylar hisoblanadi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish