Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Iqlim  sharoiti 
-  sel  oqimi  hosil  bo’lishi  uchun  qisqa  vaqt  ichida  ko’p 
yomg'ir  yog'ishi, tog'larda  yig'ilgan qor va muzlarning  yoz oylarida birdaniga erib 
ketishidir.  Yomg'irning  qisqa  vaqt  ichida  ko’p  miqdorda  yog'ishi  hamda  qor, 
muzlarning  tez  erishi  natijasida  nuragan  tog'  jinslarining  ustki  qismi  tez  iviydi  va 
oqim paydo bo’ladi. Bu oqim, birinchi navbatda, tog' yonbag'irlaridagi elyuvial va 
delyuvial  yotqiziqlarni,  ya'ni  tarkibida  (yaxshi  mahkamlanmagan)  shag'al  toshlari 
bo’lgan  suglinoklarni  yuvib  ketadi.  Tog'  yonbag'irlari  bo’ylab  harakatlanayotgan 
loyqa  oqim  jarliklarning  o’zaniga  va  daryo  vodiylariga  tushib,  oqimlar  bilan  olib 
ketiladi.  Bu  yerda  esa  ularga  qirg'oqlarning  yemirilishidan  hosil  bo’lgan  boshqa 
materiallar  ham  qo’shiladi.  Oqim  tarkibida  bo’lakli  va  loyqa  materiallarning 
ko’payishi bilan juda katta hajmdagi sel oqimi hosil bo’lishiga va uning o’z yo’lida 
uchragan  har  qanday  to’siqlarni  buzishiga  olib  keladi.  Sel  oqimi  tarkibida  yirik 
bo’lakli materiallar qancha ko’p bo’lsa, uning buzish kuchi shuncha yuqori bo’ladi. 
Sel  hosil  bo’lishida  geologik  sharoitlardan  biri  bo’lgan  hududning 
tektonikasiga ahamiyat berish kerak. Qadimgi tektonik  yoriqlarda  tog' jinslarining 


285 
 
 
bo’laklanishi  hamda  yoriqlarda  nurash  jarayoni  oqibatida  tog'  jinsi  bo’laklarining 
yig'ilib qolishi ham sel hodisasiga sharoit yaratadi.  
Tektonik  harakatning  bo’lib  turishi  yerning  qimirlashiga,  oqibatda 
ag'darilma,  to’kilma  va  sochilmalarning  hosil  bo’lishiga,  bular  o’z  navbatida, 
sochiluvchan jinslarning yig'ilishiga olib keladi. Bu esa yuqorida aytib o’tilgan sel 
hosil bo’lishidagi geologik sharoitni yaratilishiga sabab bo’ladi. 
O’zbekistonda  sel  toshqinlarining  kelib  chiqish  sabablari  quyidagi  omillar 
ta’sirida bo’lishi mumkin: 
- jala yomg‘irlari (90 foiz atrofida); 
- uzoq davom etgan yomg‘ir; 
- yomg‘ir va qorning jadal erishi; 
-  tog‘  ko’llari  to’g‘onining  buzilishi,  qor  ko’chkilari  oqibatida  daryo 
o’zanining to’silib qolishi va boshqalar. 
Xaritada    O’zbekiston  hududi  sel  toshqinlarining    takrorlanishi  bo’yicha 
quyidagi  qismlarga  ajratilgan:1)  sel  toshqinlari  kuzatilmaydigan  hududlar;2)  sel 
toshqinlari  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  hududlar;3)  sel  toshqinlari  juda  kam 
kuzatiladigan  hududlar  (10  yilda  1  marta);4)  sel  toshqinlari  kam  kuzatiladigan 
hududlar  (4-10  yilda  1  marta);5)  sel  toshqinlari  tez  kuzatiladigan  hududlar  (1-3 
yilda  1  marta);6)  sel  toshqinlari  tez-tez  kuzatiladigan  hududlar  (yilda  1  marta  va 
undan ko’p). 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish