Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


-§. Tuproq va tuproqning hosil bo’lishi jarayoni



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

32-§. Tuproq va tuproqning hosil bo’lishi jarayoni 
 
Ma'lum sharoitda nurash jarayoni gruntlarning ustki qismida tuproq qatlami 
hosil bo’lishiga olib keladi. 
Tuproq 
deb,  tog'  jinslarining  yuqori  qavati  bo’lgan  va  ikki  turdagi  jarayon 
natijasida,  ya'ni  nurash  hamda  tuproq  hosil  bo’lish  jarayonlarida  hosil  bo’lgan 
qatlamga aytiladi. Tuproqning hosil bo’lishida biologik jarayon muhim ahamiyatga 
ega. 
Yuqorida  keltirilgan  yotqiziqlar  aralashib  ketishi  va  ishlov  berilishi,  ular 
nurash jarayoniga uchrashi, yedirilishi, organik moddalar va erigan moddalar bilan 
aralashib  ketishi,  moddalarning  ajralib  chiqish  jarayonlari  tuproqlar  kesimi  hosil 
bo’lguncha  davom  etishi  mumkin.  Har  qanday  joyda  aniqlangan  tuproq  hosil 
bo’lishining beshta omilli, iqlim, o’simlik dunyosi, ona tog‘ jinsi, vaqt va yer sathi 
topografiyasining  tarixiy  mahsuloti  hisoblanadi.Tuproq  kesmasi  (4.1-rasm) 
gruntning  tabiiy  qatlamlaridan  tashkil  topgan  bo’lib,  tuproq  hosil  bo’lish  jarayoni 
natijasida  birlamchi  yotqiziqlarning  o’zgarishini  o’zida  namoyon  qiladi.  Suvni 
oson  qochiradigan  kesmasi  yaxshi  rivojlangan  tuproqlar  uchta  alohida  A,  B  va  C 
qatlamlarni ajratish mumkin. 


274 
 
 
A qavat rivojlantirish mintaqasi deb atalib, uning tarkibida juda mayda 
kolloid materiallar, suvning shimilishi va pasayishi natijasida qolgan suvda eruvchi 
tuzlardan  iborat.  Bu  qatlam  tarkibi  o’simlik  va  organik  moddalarga  boy  bo’lib, 
qishloq–xo’jalik  mahsulotlari  o’sishi  uchun  juda  ahamiyatli,  lekin  avtomobil 
yo’llarini  qurish  uchun  yaroqsiz  hisoblanadi,  chunki  tarkibidagi  o’simlik  borib-
borib  chirishi  va  natijada  g’ovaklilar  hosil  bo’lishi  mumkin.  Bu  qatlam  juda 
siqiluvchan,  elastik,  zichlanishga  juda  barqaror  va  plastikligi  o’zgaruvchan 
hisoblanadi. 
B  qavat  o’zgaruvchan  bo’lib,  A  gorizontal  yuvilib  tushgan  material  bu 
qavatda  to’planib  qoladi.  Bu  qavat  o’zidan  yuqori  va  pastdagi  qavatga  nisbatan 
zich,  tarkibida  juda  mayda  zarrachalar  mavjud,  suv  o’tkazuvchanligi  past, 
kimyoviy  faol  o’zgaruvchanligi  sababli  yo’l  qurilishida  ahamiyatli  hisoblanadi.  B 
qatlamda  masalan,  tekis  qiyaliklarda  mayda  zarrachalarning  yig‘ilishi  uning 
yaroqsiz  bo’lishiga  olib  keladi,  u  yo’l  qoplamasi  uchun  keraksiz  va  uni  olib 
tashlash  kerak  bo’ladi.  Bundan  farqli  o’laroq,  B  qatlamdan  qazib  olingan  qumli 
materiallar A qatlamning holatini  o’zgartirishga uni poydevor sifatida  foydalanish 
mumkinligini  oshiradi.  Yo’l  muhandisini  qiziqtiruvchi  qatlam  bu      C    qatlamdir. 
Bu qatlam  o’zgarmas materialdan tashkil topgan bo’lib, ulardan A va B qatlamlar 
ishlab  chiqilgani  u  fizikaviy  va  kimyoviy  jihatdan  geologik  sikldagiga  o’xshash 
hisoblanadi:   


275 
 
 
Organik qoldiqlar, ular 
qatlamning ustki qismi 
joylashgan bo’lib, o’tzor 
tuproqlarda mavjud 
emas 
 
 
 
 
 
 
 
A va B gorizontlarida 
uchraydigan tuz: 
Tuproq, tuproq hosil 
bo’lish jarayonida 
rivojlangan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Dastlabki material: 
C qatlamni hosil qiladi 
 
Har qanday qatlamcha 
gruntda qolishi 
mumkin: 
Qattiq tog‘ jinsi – glina 
 
Chirimagan sochiluvchan barg va organik moddalar 
 
Qisman chirigan va aralashgan organik moddalar 
 
Mineral moddalar bilan aralashgan, tarkibida ko’p 
miqdorda organik modda bo’lgan to’q rangdagi 
qatlam. 
 
Yorqin och qatlam bo’lib, unda ko’p miqdorda 
donalar ajralib chiqqan. Bu qatlam o’rmon 
tuproqlarida uchraydi va o’tzor tuproqlarda esa 
uchraydi. 
B  qavatga  o’tuvchi  bo’lib,  ko’pincha,  A  qatlamga 
o’xshash,  ba’zida  u  bo’lmasligi  mumkin.  A 
o’tishda,  lekin  B  ham  o’xshab  ketadi.  Ba’zida 
uchramaydi.   
 
 
 
Asosan juda chuqur qatlam bo’lib, ko’p yig‘ilgan va 
ko’p rivojlangan 
Blokli va prizma shakldagi tuzilishga ega. O’tzor 
tuproqlarda juda 
kam  materiallardan  iborat  bo’lib,  A  va  C  qatlamlar 
orasida bo’ladi. 
C qavat suvli tuproqlarda uchraydi (Loy qaqavat) 
 
 
 
C
sa
vaC
ss
qavatlarkalsiykarbonatvakalsiysulfattuzlari
yig‘ilgan 
qavatbo’lib, ba’zituproqlardauchraydi. 
 


276 
 
 
101-rasm.Tuproqning taxminiy qirqimi 
 
Aynan  shu  material  qurilishda  to’ldiruvchi  sifatida  foydalaniladi  va  yo’l 
qoplamasi  uchun  yaxshi  hisoblanadi.  Lekin  bu  unchalik  to’g‘ri  bo’lmaydi,  balki 
keyingi qatlam, ya’ni C qatlam tagida joylashgan D qatlam eng qulay hisoblanadi. 
Bu  asosiy  qatlam  bo’lib,  yer  yuzasidan  1m  dan  1.5m  gacha  masofada  joylashgan 
bo’lsa, yuqoridagi tuproq kesmasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.  
4.1-rasmdan  ko’rinib  turibdiki,  tuproq  qirqimining  A,  B  va  C  qatlamlari 
yana bir necha mayda qatlamlarga ajratiladi.  
Tuproq  hosil    bo’lish  jarayonining  omillari  va  eroziya  jarayoni  ta’sirida 
yuqoridagi  qavatlar  va  qavatchalarning  ba’zi  birlari  qirqimda  uchramasligi 
mumkin
14

Turli    iqlim,  geologik  va  botanik  sharoitlarda  yer  yuzasida  har  xil  tuproq 
hosil  bo’ladi.  Tuproqshunos  olim  V.  V.  Dokucheev  tuproqqa  quydagicha  ta'rif 
beradi:  “Tuproq    deb,  suv,  havo,  va  har  xil  tirik  yoki  o’lik  organizmlarning 
birgalikda  ta'siri  ostida  tabiiy  o’zgargan  tog'  jinslarining  (qanday  bo’lishidan  qa'ti 
nazar)  yuzadagi  qatlamlariga  aytiladi  ”.  Shunga  binoan,  Dokuchkeev  tuproq  hosil 
qiluvchi tabiiy sabablarga iqlim, ona jins, o’simlik, joy relyefi va vaqtni kiritadi. 
 
 
102-rasm. Nurash jarayoni natijasida  
tuproqning yemirilishi 
 
                                                             
14
Highway,C.A. O’Flaherty,72-bet
 


277 
 
 
Nurash jaryoni natijasida yer yuzasi boshqa tog' jinslaridan o’zining tarkibi, 
xususiyatlari bilan farq qiladigan tuproq bilan qoplanadi. Tuproqning tarkibi qattiq 
mineral zarrachalardan, tirik va o’lik organizmlar, tuproq suvi va havodan iborat. 
Tuproq  tarkibida  (ular  qanday  tog'  jinslaridan  hosil  bo’lganligiga  ko’ra  ) 
mineriallardan  kvars,  dala  shpati,  kalsit,  gips,  slyudalar,  temir  oksidlari,  ba'zida 
gilli 
minerallardan 
kaslinit, 
montmorellanitlar 
uchraydi. 
Tuproq 
o’z 
zarrachalarining  katta-kichikligiga  qarab  toshli,  qumli,  changli,  gilli  tuproqlarga 
bo’linadi. 
Tuproq  tarkibida  organik  modda  tuproqqa  kul  rang,  jigar  rang  va  qoramtir 
tus beradigan chirindidan iborat. Tuproqning hosil bo’lish sharoitiga qarab, undagi 
chirindining  miqdori  va  turi  har  xil  bo’ladi.  Chirindi  o’simliklar,  hayvonlar  va 
mikroorganizmlarning qoldiqlaridan hosil bo’ladi. 
Tuproq  tarkibida  ba'zan  suyuq,  ba'zan  bog'langan  suv  ko’rinishida  namlik 
ham bo’ladi. Suv atmosferadan yomg'ir, qor ko’rinishida tuproqqa  tushadi ba'zida 
esa suv tuproqqa chuqur qatlamlardan (yer osti suvidan) o’tadi. 
Tuproqdagi  havo  atmosferadagi  havodan  tarkibida  organik  moddalarning 
parchalanishidan  hosil  bo’lgan  karbonat  angidrid  gazining  ko’pligi  bilan  farq 
qiladi.  Tuproqda  yashaydigan  organizmlar  juda  xilma-xil  bo’lib,  ularning 
ko’pchiligi turli mikroorgonizimlardan iborat. 
Tuproqning  tarkibi  iqlim  sharoiti,  o’simliklarning  rivojlanishida  yuz 
beradigan  jarayonlar  ta'sirida  vaqt  o’tishi  bilan  uzluksiz  o’zgarib  turadi.  Ayniqsa, 
tuproqning tarkibi inson faoliyati natijasida keskin o’zgaradi. 
Yer  yuzasining  turli  joylari  turli  tog'  jinslaridan  tashkil  topganligi,  iqlim 
sharoitning o’zgarib turishi tufayli yer yuzasida hosil bo’lgan tuproqlar ham xilma- 
xildir. Tuproqning hosil bo’lishida asosiy sabab iqlim va o’simlik dunyosidir. 
Shunday  qilib,  tuproq-iqlim  sharoiti,  ona  tog'  jinsi,  o’simlik,  hayvonot 
dunyosi    o’sha  joyning  geomorofologik  tuzilish  mahsuloti  hisoblanadi.  Bulardan 
iqlim  sharoiti  tuproqni  hosil  bo’lishida  asosiy  hisoblanadi.  Shu  sababli  tuproq, 
iqlim  sharotiga  qarab  turlarga  ajratiladi.  Qolgan  sabablar  ikkilamchi  hisoblanadi. 


278 
 
 
Ma'lumki,  iqlim  sharoiti  kengliklar  bo’yicha  o’zgaradi.  Shu  sababli  shamoldan 
janubga  qarab  quyidagi  tuproq  mintaqalari  uchraydi:  tundra  tuprog'i,  kul  rang 
o’rmon  tuprog'i;  kulranglashgan  qoratuproq;  qoratuproqning  o’zi;  to’q  qizg'ish- 
qo’g'ir tuproq; bo’z tuproq; sho’rlangan tuproq; qizil tuproq va sariq tuproq. 
Bu  tuproqlar  hosil  bo’lishi  jihatdan  bir-birlariga  o’xshash  bo’lsada,  tarkibi 
va  xususiyatlari  turlichadir.  Quyida  yuqorida  aytib  o’tilgan  tuproq  turlarining  eng 
asosiylari haqida to’xtalib o’tamiz. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish