Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

I BO’LIM. UMUMIY GEOLOGIYA 
I BOB. UMUMIY GEOLOGIYA ASOSLARI 
1-§.Yer sharining tuzilishi 
Yerning  paydo  bo’lish  masalasi  qadim  zamonlardan  odamlarning  diqqat  -  
e’tiborini o’ziga jalb qilib kelmoqda.  
Yer  Quyosh  sistemasiga  kiruvchi  9  ta  sayyoradan  biri  bo’lib,  Quyosh 
sistemasi  atrofida  va  o’z  o’qi  bo’ylab  harakatlanadi.  Ular  orasidagi  masofa  149 
mln 500000 km. Yerning paydo bo’lish masalasi bilan qadim zamonlardan ko’plab 
olimlar qiziqib kelganlar.  
Yirik  polyak  olimi  Nikolay  Kopernik  (1473-1543  yillar)  Yerni  Quyosh 
atrofida  harakatlanayotgan  sayyoralardan  deb  bilgan.  XVII  asr  oxirlarida  yirik 
nemis matematigi Gotfrod Vilgelm Leybniy (1646-1716 yillar) Yerning qavatlarini 
suyuq  massadan  otilib  chiqqan  moddadan  tashkil  topgan  degan  g’oyani  ilgari 
surgan. 
Yer  sharining  hosil  bo’lishi  to’grisida  nemis  filosofi  Kant  (1724-1804  yillar) 
va  fransuz  matematigi  Pier  Simon  Laplas  g’oyalari  chuqur  ilmiy  ahamiyatga 
egadir.  Kant  nazariyasi  bo’yicha,  Yer  koinotdagi  turli  kattalikdagi  va  har  xil 
zichlikka  ega  bo’lgan  chang  zarrachalaridan  hosil  bo’lgan.  Unda    zichligi  katta 
zarrachalar  zichligi  kam  bo’lgan  zarrachalarni  o’ziga  tortishi  natijasida, 
zarrachalarning tortishish kuchi katta bo’lgan joyda sayyoraning markaziy yadrosi 
hosil bo’lgan. 
Chang  zarrachalarining  zichlanishi  natijasida,  uning  harorati  ko’tarilgan, 
natijada  Yer  suyuq  holdagi  yuqori  haroratli  massaga  aylangan.  Keyinchalik  bu 
massa  soviy  boshlagan  va  uning  sathi  qattiq  qobiqqa  aylangan.  Vaqt  o’tishi  bilan 
bu qobiqning qalinligi oshib borgan. 
P. Laplas nazariyasiga ko’ra, Quyosh va yulduzlar tumanlarning yig’indisidan 
hosil  bo’lgan.  Bu  nazariya  kosmogenik  nazariya  deb  atalib,  bunda  gazsimon 


21 
 
 
tumanlik o’z o’qi atrofida qattiq modda sifatida aylanadi. Tuman sovishi natijasida 
zichlana boradi va natijada uning burchak tezligi orta boradi. 
Tumanning  markazidagi  zich  massadan  Quyosh  paydo  bo’lgan.  Quyosh  o’z 
o’qi  atrofida  katta  tezlik  bilan  aylanishi  natijasida  markazdan  qochma  kuch 
ko’payib, tumandan gazsimon moddalar ajralib chiqqan va bu gazlar bir-biri bilan 
qo’shilib zichligi ortib, Quyosh atrofidagi sayyoralarni hosil qilgan. 
Bu  ikki  nazariya  bir-biriga  yaqin  bo’lganligi  sababli,  bu  nazariya  Kant  – 
Laplas    nazariyasi  deb  ataladi  va  u XIX  asr  oxirigacha  oldingi  o’rinda  turgan.  Bu 
nazariyaga  asosan,  sayyoralar  Quyosh  atrofida  bir  xil  yo’nalishda  harakatlanishi 
kerak.  Lekin  Quyosh  sistemasiga  kiruvchi  sayyoralardan  Uran,  Yupiter  va  Saturn 
bunga qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Bu masala Kant – Laplas  g’oyalarida o’z 
ifodasini topgan edi. Natijada bu nazariya koinot va Yerda bo’layotgan ko’pchilik 
hodisalarga aniq javob bera olmay qoldi.    
Rus matematik  olimi O.Y. Shmidt 1944  yilda  o’zining  yangi g’oyasini ilgari 
surdi.  Bu  nazariyaga  asosan,  hamma  sayyoralar  chang  holidagi  zarrachalardan 
iborat  bo’lib,  Quyosh  atrofida  aylana  boshlagan  va  o’zining  hosil  bo’lish  davrida 
sovuq  holatda  bo’lgan.  Shunday  qilib,  Yer  shari  past  haroratda  chang 
zarrachalaridan  hosil  bo’lgan,  ya’ni  Galaktikani  Quyosh  kesib  o’tib,  o’zining 
tortishish  kuchi  bilan  changlarni  o’zi  bilan  olib  kelgan.  Vaqt  o’tishi  bilan  bu 
changlar  bir-biri  bilan  qo’shilib,  Yer  sharini  hosil  qilgan.  So’ngra  radiaktiv 
elementlarning  parchalanish  hamda  qattiq  moddalarning  o’z  og’irligi,  kimyoviy 
diffuziya  natijasida  qatlamlanish  jarayonida  ajralib  chiqqan  issiqlik  ta’sirida 
Yerning sekin-asta qizishi ro’y bergan. 
Bu  jarayon  hozirgi  vaqtda  ham  davom  etmoqda,  degan  fikrni  O.Y.  Shmidt 
ilgari  surgan.  Bu  nazariya  ko’pgina  rus  va  chet  el(Amerika,  Italiya,  Fransiya  va 
boshqalar)  olimlari  tomonidan  Yerning  hosil  bo’lish  va  tuzilish  muammolarini 
yechishda asos qilib olingan. 
Yerning hosil bo’lishi haqidagi hozirgi nazariyalar O.Y. Shmidt nazariyasiga 
birmuncha  yaqin  turadi.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida,  texnikaviy  taraqqiyot 


22 
 
 
natijasida ixtiro qilingan sayyoralar modellarining kashfiyoti, ba’zi bir sayyoralar 
hosil bo’lishishining birlamchi jarayonlarining miqdoriy ketma-ketlik  nazariyasini 
tuzishga olib keldi. 
Shunday qilib, Yer sayyorasi suyuq qizigan holda bo’lgan degan, nazariya rad 
etildi  va  Yer  bag’ridagi  issiqlikning  paydo  bo’lishida  faqatgina  radioaktiv 
moddalarning  parchalanishigina  emas,  balki  qattiq  moddalarning  Yer  bag’riga 
tushishidan  ham  issiqlik  energiyasi  ajralib  chiqishi  aniqlandi.  Qattiq  jism  issiqlik 
energiyasini  hisoblash  shuni  ko’rsatdiki,  issiqlikning  hosil  bo’lishi  Yer  sayyorasi 
hosil bo’lish jarayonining boshlang’ich bosqichida ham namoyon bo’lishi mumkin. 
Yerning hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya atmosfera, gidrosfera Yerdan oldin 
hosil bo’lgan, degan fikrni o’zgartirdi.  
Bu  geosferalar  Yer  sayyorasi  paydo  bo’lishi  bilan  bir  vaqtda  paydo  bo’la 
boshlagan, degan g’oyalarni olimlar ilgari suradilar. 
Bu  g’oyaga  asosan,  katta  tezlikda  kelib  tushayotgan  jismning  urilishi 
natijasida,  uning  tarkibidagi  bug’  holatidagi  suvlar  parchalanib,  ulardan  Yerning 
dastlabki atmosfera qobig’i paydo bo’lgan va uning tarkibi o’sha davrda vodorod - 
geliydan  iborat  bo’lgan.  Okean  esa  Yer  bag’rida,  Yerdan  birmuncha  keyin  sekin- 
asta,  milliard  yillar  mobaynida  uchuvchan  moddalarning  parchalanishidan  hosil 
bo’lgan,  degan  g’oyalar  mavjud.  Bu  suv  bug’lari  kondensatsiyalanib,  suvga 
aylangan va uning bir qismi Yer ustida qolib, birlamchi okeanlarni hosil qilgan. 
Rus  olimi  V.  Fesenkov  Yer  sharining  paydo  bo’lishi  haqidagi  nazariyani 
yanada  takomillashtirib,  Yerning  paydo  bo’lishi  Quyosh  sistemasidagi  portlash 
jarayoni  natijasi  ekanligini  hamda  bu  jarayonda  Quyoshdan  bir  bo’lagi  ajralib 
chiqib, uning parchalanishidan sayyoralar hosil bo’lgan, degan fikrni ilgari surdi. 
Hozirgi  vaqtda  bu  g’oyalar  o’rganilmoqda  va  takomillashtirilmoqda.  Yer 
konsentrik  tuzilishga  ega  bo’lib,  yadro  va  bir  qator  qobiqlar  (sferalar)dan  iborat. 
Bu  qobiqlar 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish