8-rasm.
G‘ildirakdagi tishlar soni.
7-rasm.
A6 modelli karuselni yig‘ish tartibi.
1x
1x
1x
1x
2x
2x
1x
1x
1x
3x
2x
8
9
1
2
4
3
3
1
2
4
5
10
11
216
216
2. A7 karusel modelini yig‘ib bo‘lgach, sariq rangli dastani aylan tiring va karusel
aylanayotganligini tekshiring.
3. Siz karuselni bir marta to‘liq aylanishi uchun dastani necha marta aylantir-
ganingizni hisoblang.
Ikkinchi bosqich.
1. Siz avval A6 modelli karuselni yig‘ishni bilib oldingiz. Endi
xuddi shu modelga o‘xshash A7 modelli karuselni yig‘ishni osongina amalga oshira
olasiz. Bu jarayonda faqat A7 modeldagi 9-raqamda berilgan 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlar-
dagi detallarni A6 modelida kо‘rsatilganidek yig‘ib, о‘rnini almashtirsangiz bо‘ldi
(9-rasm).
A7 modelli karusel
9-rasm.
A7 modelli karuselni yig‘ish tartibi.
1
2
3
4
9
11
5
217
217
4. G‘ildiraklardagi tishlar sonini hisoblang. Hisoblashni rasmda ko‘rsatilganidek
belgilangan nuqtadan boshlang (10-rasm).
5. A6 va A7 karusel modellarining rasmlarini diqqat bilan ko‘rib chiqing hamda
ularni o‘zaro taqqoslang.
10-rasm.
G‘ildirakdagi tishlar soni.
Muammoli topshiriq
1. A6 va A7 karusel modellaridan qaysi birining tezligi yuqori? Javobingizni asoslab
bering.
2. Karusel aylanish tezligining oshishi yoki pasayishi tishlarning soniga bog‘liqmi?
7-§.
ROBOTLARNING ATROF-MUHIT BILAN
O‘ZARO ALOQASI
Keyingi vaqtlarda robotlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotganligi haqida
ko‘p eshitgansiz. Ulardan sanoatda, maishiy turmushda, shuningdek, hayotimizning
turli sohalari: ta’lim, tibbiyot, sport va hatto aviatsiyada foydalaniladi. Robot texnikasi,
ayniqsa, axborot texnologiyalari asrida jadal rivojlana boshladi.
“Robot” so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef tomonidan
o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning “Rossum universal
robotlari” pyesasida tilga olingan. Sanoat robotlari paydo bo‘lgunicha robotlar
odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak deb hisoblangan. Bugungi kunda odamlarga
o‘xshash robotlar
androidlar
deb ataladi.
“Robot” so‘zi, (chex tilida
“robot”
– ixtiyorsiz mehnat yoki “rob” – qul) – odatda,
inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa
soha jarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi.
Robotlar, asosan, 3 turga bo‘linadi:
1. Qat’iy dastur asosida ishlaydigan robotlar.
2. Odam (operator) boshqaradigan robotlar.
3. Sun’iy intellektli (integralli) robotlar.
Ish bajarish turiga qarab, robot manipulatorlar, axborot uzatuvchi robot,
odimlovchi robot va boshqalarga bo‘linadi.
218
218
Download Do'stlaringiz bilan baham: |