Kashta tikish uchun asbob va moslamalar
Qo‘lda kashta tikish uchun oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, qaychi,
santimetr, o‘tkir uchli dukcha, chambarakdan ibo rat. Bundan tashqari, millimetrli
qog‘oz, kalka, nusxa ko‘chirish qog‘ozi kerak bo‘ladi.
Igna
ning ko‘zi qancha katta bo‘lsa, unga shuncha ko‘p qavat ipni o‘tkazish oson
bo‘ladi. Gazlamaning qalin-yupqaligiga qarab igna tanlanadi.
Angishvona
o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi. U barmoqni siqib yoki undan
tushib qolmasligi kerak.
Qaychi.
Ishlash uchun uch xil qaychi ishlatiladi. Uchi ingichka qaychi gazlamadagi
ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o‘rtacha kattalikdagi qaychi
kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun kerak. Katta qaychi esa gazlama va
kalava iplarni qirqish uchun ishlatiladi. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘lari to‘la
yopiladigan bo‘lishi lozim.
Uchli dukcha
qaychi
oq tekis kashta tikishda teshikchalar hosil qilishda ishlatiladi.
Chambarak
qaychi
gazlamani tarang tortib turish va surilib ketishining oldini olish
uchun qo‘llaniladi.
Millimetrli qog‘oz
naqshlar, ayniqsa, geometrik, sanama naqshlar tuzishda
ishlatiladi.
Kashta gulini gazlamaga tushirishni tayyorlashda
kalka qog‘oz
ishlatiladi.
Kashta guli gazlamaga nusxa ko‘chirish qog‘ozi orqali ko‘ chi riladi.
Ranglar moslashuvi bo‘yicha aylanasi.
189
189
Gazlama va ip tanlash
Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo‘l jallanganligiga,
bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Iplarni sanab
tikiladigan kashta uchun zig‘ir va yarim zig‘ir tolali gazlamalar olinadi.
Baxyasimon chokli kashta tikish uchun tanda va arqoq iplarning yo‘g‘onligi
bir xil bo‘lgan gazlama kerak. Chizilgan kontur bo‘ylab tikiladigan kashtalar
uchun paxta, zig‘ir, jun, ipak tolali gazlamalardan foydalaniladi. Kashta uchun
yaltiragan, ishlov berilgan maxsus iplar ishlatiladi. Buyum chetlarini buklab
tikish, merejka ustunchalarini o‘rab olish, baxyasimon to‘r chok uchun oq va
rangli oddiy 40, 50, 60-raqamli iplar ishlatiladi.
Kashtachilikda ishlatiladigan asbob va moslamalar.
190
190
Mulina
(fransuzcha – “mouline”) – ishlab chiqarish korxonasida yoki qo‘lda ishlov
berib tayyorlangan kalava ip. Undan maxsus kashta tikishda va boshqa turdagi qo‘l
ishlarini bajarishda foydalaniladi. Mulina yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12
qatli, maxsus ishlov berib sifati oshirilgan, chidamli bo‘ladi. O‘n yoki yigirma metrli
kalava shaklida tayyorlanadi.
Ipak
Zig‘ir
Paxta tolali gazlama
Kanop qopli gazlama
Tabiiy tuval gazlama
Iplar
191
191
Download Do'stlaringiz bilan baham: |