Gegar bo'yicha bachadon bo'yinchasi kanalini kengay-
tirgichlar — bachadon bo'yinchasi kanalini kengaytirish maqsadida
uning bo'shlig'iga turli asboblar va ashyolarni kiritish uchun
uzunligi 190 mm silliq yumaloq ishchi uchli asbob ishlatiladi,
№ 3 dan № 24 gacha to'plam tarzida yarim raqamlar — № 3,5 dan
№ 12,5 gacha ishlab chiqariladi.
Bo‘laklarga bo'lingan bachadon zondi — bachadon bo'shlig'i
hajmini tadqiq etish uchun, uzunligi 230 mm, santimetrlarga
bo'lingan. ishchi uchida tugmachali va halqasimon dastali silliq
jez nayidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |