yuzasidan beridigan savollarga javob qaytarmaydi. Mazkur ma’ruzaning yana bir ko‘rinishida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini bayon etadi so‘ngra talabalarga savollar beradi va javoblaming bahs- munozara orqali topilishini tashkil etadi. Maktabda va oliy o ‘quv yurtlarida qo‘llanadigan ta’limni tashkil etishning har bir shakli o‘ziga xos didaktik vazifalami hal etadi. Ta’limni tashkil etish shakllarining xilma-xilligi o ‘qituvchilar ijodkorligi va mahoratidan darak beradi. To‘g‘ri tanlangan ta’lim shakli o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini belgilab beruvchi omillardan biridir. 18.5. 0 ‘quv ma’ruzasining tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo‘yicha) I. Ma’ruza mavzusi. 1.1 Mavzu asosnomasi. 1.1.1 Mavzuning butun kurs tizimidagi o ‘mi va ahamiyatini belgilash (konspekt)