Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya


 Muhandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

3. Muhandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muhandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini 
takomillashtirishning 
yetakchi 
omillaridan 
biri 
xodimlarni 
psixologik jihatdan tayyorlashdir. 
Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo‘lib, uni 
bajarish maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, 


132 
shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat 
– bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muhandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samara-
dorligini oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. 
Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlan-
tirish, zo‘riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi 
psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi. 
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi 
va kasb mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning 
shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, 
tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o‘ziga xos mu-
him psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirish-
ning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi 
tarkibiy qismlardan iborat: 

xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‘naltiril-
ganligi va his-tuyg‘ulari 
(o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik 
jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni 
tushuna olishi); 

xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorli-
gini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. 
Ushbu tayyorgarlik 
kasbiy mahorat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida 
psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy 
(nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik 
vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalari-
ning samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning 
butun kompleksini mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi; 

xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi 
(kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik 
asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi) 
rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining 
mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar 
uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib 
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha 
mashq qilganlik; 


133 

psixologik barqarorlik 
(xodimning tergov, operativ xizmat 
faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, 
xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat 
qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladi). 
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik 
bilimlarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud 
ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni 
maqsadga yo‘nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, 
shakl va usullarini kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda 
kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini 
oshiruvchi muhim omillardan biridir. 
Shu ma’noda muhandis xodimlarining kasbiy mahorati, 
xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali 
bajarish uchun zarur bo‘lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish 
va faollashtirish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq 
ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va 
kasbiy qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir 
kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish