Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Kuzatish 
deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish 
uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi. 
Kasbiy kuzatish 
esa muhandis xodimlarining operativ xizmat 
vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni 
maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir. 
Kasbiy kuzatuvchanlik 
xodimning shaxsiy xususiyati emas, 
balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida 
namoyon bo‘lishida, kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida 
namoyon bo‘ladi. 
Kasbiy kuzatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, 
balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik 
bo‘lgan obyekt (narsa, predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, 


36 
kuzatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. 
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik 
mexanizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni ular 
namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra 
obyektiv, sharoitga xos va 
subyektiv 
guruhlarga bo‘linadi. 
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv 
omillarga muhim vazifa yuklatiladi. 
Shu nuqtayi nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini 
shakllantirishda xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va 
operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi. 
Muhandis xodim operativ qiziqish uyg‘otgan shaxsga nisbatan 
kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni 
hisobga olishi kerak. 

zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish 
orqali kuzatilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq esda 
saqlashi, kerak bo‘lsa aniq qayd etishi; 

qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida 
olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi. 
Muhandis xodimlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda 
quyidagilarni e’tiborga olishi zarur: 
– 
kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa 
haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; 

vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-
da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish; 

kuzatilayotgan obyektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, 
balki uning teskarisini ham izlash; 

kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, 
butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik; 

bir martalik kuzatishga ishonmaslik, obyektni turli nuqtayi 
nazar va har xil vaziyatlarda tekshirish; 

kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», 
«nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida 
taxmin qilish; 


37 

kuzatuv obyektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomon- 
larni topish; 

kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan 
ma’lumotlar bilan qiyoslash; 

kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd 
etish; 

kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish 
natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish; 
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi, 
omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish 
texnikasini egallash sanaladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish