Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Kognitivistik yo‘nalish
. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari 
qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. 
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan 
bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini 
o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari 
uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan 
iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. 


28 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni 
ajratadi: 
1)
sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha); 
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 
yoshgacha); 
3)
muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir 
guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu 
yo‘nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley,
Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga 
Rossiyalik atoqli olimlar L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy,
S.L.Rubinshteyn, A.N. Leontev, B.G. Ananev, A.G. Kovalev, 
L.I.Bojovichlar o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning 
ham obyekti, ham subyekti. A. N. Leontevning tushuntirishicha, 
shaxs faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini 
anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu 
muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
S.L.Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini 
o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir. 
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik 
ta’rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot 
olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan 
til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni 
beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi subyektga aylanadi». Ko‘rinib 
turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan 
yondashib, unga har xil ta’rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin. 
«Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan 
o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol 
ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ». 


29 
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning 
fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- 
nish bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 
1)
jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir 
individ shaxsdir; 
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan 
murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va 
xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, 
irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va 
qiziqishlarida ifodalanadi; 
3)
odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. 
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub 
bo‘lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan 
holda o‘rganish mumkin. 
Ushbu xulosalardan muhandis faoliyatida amalda foydalaniladigan 
bo‘linsa, shaxs muammosini o‘rganishning ikki tendensiyasi 
(«tendensiya lotincha so‘z bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», «mayl», 
«tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birligini kuzatish mumkin. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish