Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya


kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga  aylanadi),   yashirin



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

kiritilgan
(tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga 
aylanadi), 
 yashirin
bo‘ladi. 
O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar 
dala 
va 
laboratoriya
kuzatishlariga bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, labo-
ratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni oldindan yaratilgan sharoit-
larda o‘tkaziladi. 
Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar 
tizimli
(ma’lum 
vaqt davomida obyektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja 
bo‘yicha) va 
tizimsiz
(noma’lum vaqt davomida rejaga asoslan-
magan) bo‘ladi. 
O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari 
va ko‘lamiga ko‘ra kuzatishlar 
qisqa vaqtli
(farazlarni ifodalash 
yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat 
qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida 
o‘tkaziladi) va uzoq oylar hamda yillar davomida keng ko‘lamli 
yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini 
kuzatishga xizmat qiluvchi 
uzoq vaqtli
kuzatishlarga bo‘linadi. 
2.
 
Psixologiyada «shaxs» tushunchasi 
 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu 
yo‘nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, 
tibbiyot va psixologiya o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan 
farqli o‘laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, 
uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individual 
psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Psixologiya fanida shaxs 
muammosini o‘rganish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud bo‘lib, 
ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, 
psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar k. 
Biogenetik nazariya 
negizida insonning biologik rivojlanishi 
bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning 
taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o‘zaro aloqalar 
tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh 


27 
maqsadi – biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi va 
ularning mohiyatidan sotsial- psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o‘zi avval biologik rivojlanishning 
universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik 
qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan 
bo‘lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish 
hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy 
rol o‘ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy 
taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l 
qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko‘ra, shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha 
takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.
Psixologiya 
tarixida 
biologizmning 
yaqqol 
ko‘rinishi 
Z.Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga 
binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik
mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, 
ayniqsa, 

jinsiy 
(seksual) maylga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga o‘xshash biologiza-
torlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki 
betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi 
ko‘rinishi sotsiogenetik nazariya 
hisoblanadi. 
Sotsiogenetik 
yondashuvga binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar 
jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni 
qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib 
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, 
inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-
sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish