Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya


Xayol va uning muhandis xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Xayol va uning muhandis xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. 
Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatori-
ga kirib, har bir kishida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnat-
ning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘l-
maydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish 
inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. 
Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab 
oladi. Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, 
umuman, ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xayol – 
inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, 
mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, 
shuningdek, muammoli vaziyat, noaniq holatlarda xulq-atvorning 
namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, xayol faol 
faoliyatni yo‘naltiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi 
timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi. 
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Xayol ham 
tafakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkonini beradi. Tafakkur 
singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni 
qondirishning real jarayonidan oldin ularni qondirishning soxta
xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning qondirilishi 
mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin. 


54 
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol 
faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon 
bo‘lishi mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydi-
gandek ko‘rinadigan masalalar, turmushning og‘ir sharoit- lari, o‘z 
xatolarining ta’qibi va shu kabilardan qochish uchun real tasavvur-
lardan uzoq bo‘lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. 
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga 
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat 
dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli 
passiv xayol 
deyiladi. 
Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin. 
Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin 
hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari 
shirin xayol 
deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli 
narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana 
shunday shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa 
yengil namoyon bo‘ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin 
xayol kechirish hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan 
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u 
kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa, uning hozirgi 
hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari 
to‘la qondiriladigan, istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi 
paytda umid qila olmaydigan biror mansabni egallaydigan soxta 
hayotni ko‘p xayol qiladi. 
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan 
turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, 
aktiv xayolni 
ijodiy va qayta 
tiklovchi xayol turlariga bo‘lish mumkin bo‘ladi. O‘z asosida 
tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol 
qayta tiklovchi xayol 
deb ataladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish