6-kazus
Турли олим ва ҳуқуқшунослар сиёсий режимларни ҳар хил
таснифлашади. Жумладан, Аристотел фикрича, бу тушунча тўғри
ва нотўғри режимларни қамраб олади.
Хусусан, тўғри режимлар:
1) монархия;
2) аристократия;
3) тимократия.
Нотўғри режимлар:
1) тирания;
2) олигархия;
3) демократия.
Маурисе Дувергернинг фикрича, а) очиқ ва авторитар; б)
демократик,
автократик,
монократик
(диктаторлик);
в)
директория (коллектив бошқарув) каби режимлар мавжуд.
З.М.Исломовнинг ишларида барча сиёсий режимлар,
биринчи навбатда, икки хил кўринишдаги катта гуруҳга –
демократик ва демократияга зид режимга бўлиниши кўрсатилган.
Сиёсий режим турлари, ёндашувларини таҳлил этинг.
Фикрингизни амалий мисоллар ва олимларнинг қарашлари билан
асосланг.
Javob.
E’tiborimizni yuqoridagi kazusga qaratadigan bo’lsak uni yechish uchun IRAC
texnikasidan foydalanamiz. Dastlab biz IRAC texnikasining I ya’ni ISSUE
qismidan foydalanamiz.
1. Siyosiy rejim o’zi nima?
2. Aristotelning siyosiy rejimlar to’g’risidagi qarashlari qanchalik to’g’ri?
3. Siyosiy rejim to’g’risidagi Maurise Duvergerning fikrlari qanchalik asosli?
4. Z.M.Islomovning siyosiy rejimlar to’g’risidagi fikrlari to’g’rimi?
Endi biz kazusni yechishda IRAC texnikasining R- (Rule/ Relevant)
qismidan foydalanamiz bunda biz kazusni yechish uchun bizga kerakli
bo’lgan ma’lumotlarni qayerdan olishimiz kerakli ko’rsatib o’tiladi.
1. Sh.A.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi”
2. Z.M.Islomov “Davlat va huquq nazariyasi”
A ya’ni Analysis qismida yuqorida berilgan savollarga javob beramiz.
1. Siyosiy (davlat) rejim(i) bu – siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga
oshirishda
qo’llaniladigan usul, uslub, vositalar yig’indisidir. Siyosiy rejim davlat
hokimiyatining aholi bilan o’zaro munosabatlari qanday usullar yordamida
amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati
qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday,
davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo’yicha amalda
qanday rol o’ynaydi degan savollarga javob beradi.
2. Aristotel o’z qarashlarida siyosiy rejimni to’g’ri va noto’g’ri rejimlarga
bo’ladi. Xususan, to’g’ri rejimlarga monarxiya, aristokratiya, timokratiya
noto’g’ri rejimlar tiraniya, oligarxiya, demokratiya. Aristotelning qarashlarini
yaxshiroq anglash uchun avvalo bu tushunchalarga ta’rif bersak. Monarxiya
(lotincha monos – yakka, arxe – hokimiyat) – bunda, qoida tariqasida , oliy
davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda hokimiyat
meros orqali o’tadi. Aristokratiya ( yunoncha aristokratiya – yaxshilar
hukmronligi) 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati,
hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur
mutafakkirlari – Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora
etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keying ilk
davlatlarda eng imtiyozli tabaqa. Timokratiya (time – baho, qiymat demakdir)
ya’ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyat. Noto’g’ri rejimlar: tiraniya ko’plab
odamlar qo’lida bo’lgan mulkka egalik qilish huquqi. Oligarxiya ( yunoncha
oligarchia – ozchilik hokimiyati) davlat boshqaruvi shakli bo’lib unda siyosiy
va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan
amalga oshiriladi. Bu terminni dastlab yunon olimlari Aristotel va Platon o’z
asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga keladigan davlat tuzumi
shaklini ifodalash uchun qo’llashgan. Demokratiya ( yunoncha demos –xalq,
kratos – hokimiyat ) barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish
imkoniyatiga ega siyosiy tizim. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi
qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari
amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan bo’ladi. Yuqoridagi Aristotelning
fikrlari asosan u yashagan davrga taaluqli ekanligini ko’ramiz. Ya’ni bu fikrlar
o’z davri uchun to’gri deb ayta olamiz.
3. Maurise Duvergerning fikrlarida a) ochiq va avtoritar b) demokratik,
avtokratik, monokratik( diktatorlik) v) direktoriya (kollektiv boshqaruv) kabi
rejimlar mavjud. Ochiq rejim bu siyosiy hokimiyatda bo’layotgan ishlar
qonunlarning qabul qilinishida ommaning ishtiroki ta’minlangan rejimni aytish
mumkin. Avtoritar rejim huquqiy axloqiy asoslarga ega bo’lishi mumkin lekin
bunday davlat xalqni boshqaruv ishlariga jalb etmaydi. Demokratik rejimda
yuqorida aytib o’tilganidek xalq hokimiyati tushuniladi. Avtokratik rejim yakka
shaxs va jamoa avtokratiyasiga ajaratiladi. Jamoa avtokratiyasi o’z navbatida
aristokratiya va oligarxiyaga yakka shaxs avtokratiyasi esa despotiya,
mustabidlik, shaxsiy hokimiyatga bo’linadi. Umumiy olib qaraganda
avtokratiya hokimiyat tepasida turgan yakka shaxs yoki jamoa manfaaatlariga
xizmat qilishini aytib o’tish mumkin. Diktatura ( lot dictatura – cheklanmagan
hokimiyat ) davlat hokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish
tizimini ifodalovchi tushuncha.Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimdagi
hokimiyatda , bir shaxs – dictator yoki bir necha shaxslarning qo’lida
markazlashadi, siyosatda zo’ravonlik va terror kuchayadi. Direktoriya
hokimiyatni kollektiv ya’ni jamoaviy bo’lib boshqarish.
4. Z.M.Islomovning fikricha siyosiy rejimlar birinchi navbatda , ikki xilda
ko’rinishdagi kata guruhga demokratik va demokratiyaga zid rejimga bo’linadi.
Demokratiyaga zid rejim uch turdan – totalitar , fashistik va avtokratik turlardan
iborat. Demokratiyaning oz’i sotsial demokratik va liberal demokratik turlarga
bo’linadi.
Xulosa ornida shuni aytishim mumkinki men bu yondashuvlar ichida
Z.M.Islomovning fikrlariga qo’shilgan bo’lardim. Davlatning oz’i jamiyat
tarkibidagi bir qism hisoblanar ekan u jamiyatning manfaatlariga ya’ni unda
yashovchi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Davlat hokimiyatining
tepasida demokratiyaning ya’ni xalq hokimiyatining vakillari tursagina bu
davlat demokratik bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Sh.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi”
Z.M.Islomov “ Davlat va huquq nazariyasi”
Sayt: uz.m.wikipedia.org