Z. M. Islomov esa,o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifatida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga EGA bo‘lgan qonunlar, davlat funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositala


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 17,91 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2022
Hajmi17,91 Kb.
#411189
1   2
Bog'liq
DXN

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. –T.: “Adolat”, 2018.– 74b.

2.Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik – T.: “Adolat”, 2007.–206b.

3.Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik – T.: TDYU, 2018.–37b.

4.Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. М., 1995, 172-бет.

Mantiqiy savollar

1.Davlat tuzilishi shakli bo'lgan unitar davlatning tushunchasi, turlari va boshqa davlat tuzilishi shakllardan farqli xususiyatlarini tushuntirib bering. Misollar keltiring.



Javob:

Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy,ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi.Davlat tuzilishining unitar tuzilishi quyidagicha ifodalanadi.Dastlab unitar so'ziga to'xtalamiz,unitar so'zi lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi.Unitar davlat shakli,davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyat,shahar,tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga,yagona umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi.Unitar davlatda davlat tuzilishi sodda bo'lib, oliy hokimiyat to'laligicha davlat tasarrufida bo'ladi.Shuningdek,unitar davlat hududida boshqa davlatlar bo'lmaydi.Bu tuzilishi orqali unitar davlat federatsiya,konfederatsiya kabi davlat shakllaridan farq qiladi.Unitar davlatda markaziy yagona davlat hokimiyati davlatning butun hududiga o‘z ta’sirini va yurisdiksiyasini o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya kredit va soliq siyosati amal qiladi.Unitar davlat shaklining ma'lum turlari mavjud bo'lib,ulardan biri avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi.Bunday davlatlarda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalari mavjud bo'ladi.Bunga misol qilib,Xitoyni kiritishimiz mumkin.Xitoyni Sharqiy Turkiston kabi avtonom viloyatlarga egaligini uni ushbu tuzilmaga kirishini bildiradi.Unitar davlatning boshqa davlatlar shakllaridan farqlariga to'xtalsak,unitar davlat o'z ma'muriy hududlarga bo'linadi va yagona tizim orqali tartibga solinadi.Bu orqali unitar davlat federatsiya va konfederatsiyadan farq qiladi.Federatsiya va konfederatsiyada esa,turli ma'muriy hududlar o'zaro manfaat asosida birlashishadi va ushbu manfaatlar umumiyligi asosida yagona hokimiyatga birlashadi.Bu davlatlarda birlashgan davlatlarning manfaatlarini hisobga olinishi belgilab qo'yilgan.



2.O’zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yoritib bering.

Javob:

Davlat hokimiyati-bu davlat kuchiga tayanadigan,subektlar o'rtasida hukmronlik va tobelikka asoslanadigan ommaviy siyosiy munosabatlar tizimi hisoblanadi.O'zbekistonda davlat hokimiyatning amalga oshirishning huquqiy asoslariga quyidagilar kiradi.Bunda davlat hokimiyati umumiy bo'lib,u tomonidan chiqarilgan qonunlar davlatning barcha hududi va aholisiga nisbatan tatbiq etiladi.Shuningdek,davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy tusga ega,bunda hokimiyat professional apparat tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi.Keyingisi,davlat hokimiyati umummajburiy holatdagi yurish turish kabi qoidalarini yaratishda qat'iy vakolatlarga ega ekanligi.Shuningdek,davlat kuchga tayanishligi va davlat hokimiyati doimiy amalda bo'lishini ta'minlaydi.O'zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirish yuqoridagi huquqiy asoslar asosida olib boradi.Bunga misol qilib,hokimiyat tomonidan chiqarilgan qonunlar respublikamizni barcha hududida joriy etilishi va shu qonun O'zbekiston Respublikasi professional apparati tomonidan ishlab chiqilganligi va shu ishlab chiqilgan qonun ushbu organni mutlaq vakolatlariga kirishi,agar shu qonunga bironta fuqaro bo'ysunmasa davlat majburlov chorasini ya'ni kuchga tayanishi mumkinligi belgilangan.O'zbekistondagi davlat hokimiyati shu me'zonlarga ko'ra,mamlakatni boshqaradi.
Download 17,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish