Z. M. Bobur nomli andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 40,42 Kb.
bet11/13
Sana23.07.2022
Hajmi40,42 Kb.
#842492
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
02 Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini shakllari

Aksentli darslar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quv dasturining alo’ida ajratilgan bo‘limi bo‘yicha (gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol vah.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o‘qitish jarayoni faqat shu bo‘lim materialini o‘zlashtirish, musta’kamlash, takomillashtirishga yo‘naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy elementlariham shu bo‘lim materialidan iborat bo‘lishi shart.

2. Aralash darslar o‘zining mazmunida o‘quv dasturining tarkibidagi bir necha bo‘lim materialini o‘qitishniham yangi o‘zlashtirilmagan,ham o‘zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o‘qitishga aralash dars deyiladi. O‘quvchilar bir necha guru’larga ajralib, dars davomida o‘zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar.
3. Kompleksli darslarning mazmuni o‘quv dasturining turli xil bo‘limlari bo‘yicha u yoki bu jismoniy sifatni tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko‘ra tanishtirish, o‘zlashtirish, musta’kamlash, takomillashtirishni maqsad qilib, bir darsning o‘zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika vah.k.lar) o‘qitiladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuvchilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo’ladi.
Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo.
Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi.
Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi.


Download 40,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish