Birinchi yo’nalish, asosan, jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishning kundalik rejimi asosida harakatlar majmuuini tashkil etadi. Qathiy rejim har qanday yoshni sog’lig’ini muntazam ravishda tahminlash bilan birga ularni algoritmik tarzdagi tartrb-intizomga ham o’rgatadi va bu faoliyat shartli refleksga aylanib bo’ladi. SHuningdek, yoshlarning kundalik rejimni muntazam ravishda bajarib borishi, ular organizmining ritm bilan ishlashiga odatlantiradi va domiy hayotiy ehtiyojga aylanadi.
Rejimga rioya qilmaslik, yahni o’z vaqtida ovqatlanmaslik, mehyorida uxlamaslik, aqliy va jismoniy mehnatlarning tartibsiz bajarilishi quyidagi salbiy oqibatlarning paydo bo’lishiga olib keladi:
• kishi organizmini tashqi muhitga chidamliligi susayadi, yahni organizm bo’shashib ketadi;
• organizm hujayralarining mehyoriy harakatlari faoliyati buziladi;
• kishi bosh miyasining faoliyati buziladi.
Kundalik rejim tuzishda kishilar yoshi, o’quv yurtlaridagi mashg’ulotlar muddati, ovqatlanish vaqti, ochiq havoda dam olish vaqti, yilning fasllari va aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinuvi kabi jihatlari e’tiborga olinsa, kundalik rejim tuzishning optimal variantlarini kafolatlashga erishiladi.
Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini tahminlashda tabiatdagi sogiomlashtiruvchi kuchlardan foydalanish yoshlarning sog’lig’ini mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularningmuntazam jismonan rivojlanish darajasini tahminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, yahni tabiat kuchlari jismoniy mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil shug’ullanish uchun eng asosiy vositalar sifatida foydalaniladi.
Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko’p qoilaniladigani jismoniy mashqlar tizimidoir. Ular orqali quyidagi samaralarga erishiladi:
• gavda muskullarining mehyorida o’sishi tahminlanadi;
• organizm jismonan mustahkamlanadi;
• yurak qon-tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi;
• nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi;
•bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning faoliyatini yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimnastika, harakatli o’yinlar va Sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi.
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud:
• asosiy gimnastika, yahni gigienik gimnastika;
• sport gimnastikasi va uning bahzi turlari (akrobatika, badiiy gimnastika va shu kabilar);
• yordamchi, jumladan davolovchi gimnastika.
Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay amalga oshirish-ning asosiy vositalaridan hisoblanadi.Bundagi xatti-harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda amalga oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, yahni g’oliblikni qo’lga kiritish, muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish, sport razryadlari olish, «sport ustasi» maqomiga sazovor bo’lish va hokazo ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |