ya o’t o’tish sohadagi p-n o’tish yoki n-p o’tish hodisasiga asoslangan.Yao’tda p-n
o’tish hodisasini ko’rish uchun misol tariqasida to’rt valentli bir xil moddali sof
yarimo’tkazgich olinadi, uni ikki qismga ajratib va ularga mos ravishda uch va besh
valentlik sof yarimo’tkazgich moddalar kiritilib, turli xildagi (p va n) o’tkazuvchanlik
hosil qilinadi.Shu qismlar orasida shartli o’ta yupqa qatlam bor deb, bu qatlamni ikki
xildagi o’tkazuvchanlikka ega o’tkazgichlarning bir biri bilan tutashgan sohasi ya’ni
kontakt sohasi deb qarash mumkin. Ushbu kontakt sohadagi p-n o’tish hodisasini
konsentratsiyasi n sohadagi kovaklar konsentratsiyasidan, n sohadagi elektronlar
konsentratsiyasi p sohadagi elektronlar konsentratsiyasidan katta bo’ladi(26
rasm)Buning natijasida p-n o’tish kontakt sohasida electron va kovaklarning
diffuziyasi vujudga keladi. P sohadan n sohaga kovaklarning, n sohadan p sohaga
elektronlarning
siljishi
natijasida
ular
kontakt
sohada
uchrashib
rekombinatsiyalashadi.Kontakt sohasining chegaralarida mos holda asosiy bo’lmagan
tok tashuvchilar, ya’ni mos ravishda musbat va manfiy ionlar yuzaga chiqadi va
o’rtada zaryadlar kamaygan soha vujudga keladi. Bu sohaning vjudga kelishi va
asosiy bo’lmagan tok tashuvchi musbat va manfiy ionlarning yuzaga chiqishi, shu
sohada ikki qoplamalari musbat va manfiy zaryadlangan
Kondensator kabi qatlam vujudga keladi. Bu qatlamda potensiallar ayirmasi
Fi1 va maydon kuchlanganligi E 2 bo’lgan elektr maydon paydo bo’ladi.(26-rasm)
Bu elektr maydon yo’nalishi shundayki u asosiy tok tashuvchilarning harakatiga
to’sqinlik qilib, asosiy bo’lmagan zaryadlarni harakatlantirib ko’chiradi. Bu
zaryadlarni ko’chishidagi tok siljish toki deyiladi.
Asosiy tok tashuvchilarning diffuziyasi natijasida tok asosiy bo’lmagan tok
tashuvchilarning siljish tokiga teng bo’lganda kontakt sohada dinamik muvozanat
vujudga keladi. Bu holda zaryadlarga kambag’allashgan soha. Yarimo’tkazgichning
electron va kovak o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qismlarini bir biridan ajratib
turadi.Bunday sohani to’siq qatlam deb. Hosil bo’lgan potensiallar ayirmasi esa
potensial to’siq deyiladi.
Shu p n sohasida tashqi elektr manbai ulangan holni ko’raylik (27 rasm)tashqi
elektr manbai manfiy qutbini p n o’tishning p qismiga, musbat sohasini esa n qismiga
ulaylik. Bu holda p n o’tishda potensial to’siqning miqdori ortadi va asosiy tok
tashuvchilarning o’tishi yanada yomonlashib, diffusion tok miqdori nolga teng
bo’ladi.
Endi energiya manbaining musbat qutbini p n o’tishning p qismiga, manfiy
qutbini esa n qismiga ulaylik (27 rasm). Bu holda elektr manbai pn o’tishda hosil
qilgan elektr maydon kuchlanganligi pn o’tishning xususiy elektr maydon
kuchlanganligiga teskari bo’ladi va va yig’indielektr maydon miqdori kamayadi.
Buning natijasida asosiy tok tashuvchilarning pn sohadan o’tish miqdori ortadi. Bu
holda ulanish to’g’ri ulanish deyiladi va tashqi elektr maydon ta’sirida p sohadan n
sohadagi kovaklar, n sohadan p sohaga elektronlar kiritiladi(injeksiyalanadi).
Shunday qilib pn o’tishli yarimo’tkazgich lazerda qutblabish darajasi 70 80 %
bo’lgan monoxramattik nurlanish olish mumkin. Uning quvvati 1 millivat, quvvati
0,54 mkm atrofida bo’lishi ko’rsatilgan. 1 spontan nurlanish holati 2 majburiy
nurlanish holati.
Do'stlaringiz bilan baham: