Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti


Neftning kimyoviy klassifikatsiyalanishi



Download 0,77 Mb.
bet6/46
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#213996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
kerosinning kimyoviy tarkibi va xossalarini organish-converted

Neftning kimyoviy klassifikatsiyalanishi.


Neft sanoatini rivojlanish bosqichlarida uning zichligiga qarab sifatini belgilab berilgan. Neftning zichligiga qarab quydagi uch sinfga ajratilgan;

    1. jadval

Neftning zichligiga qarab toifalanishi.


Neft nomi

Neftning zichligi

Engil neft




O’rtacha og’ir




Og’ir



Engil neftda smolalar va oltingugurtga nisbatan benzin fraksiyasi ko’proq bo’ladi. Bunday neftlardan esa yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqariladi. Og’ir neft esa tarkibida yuqori darajada smola tutishi bilan harakterlanib undan moy olish uchun turli tozalash ishlarini qo’llash lozim. Biroq og’ir neft bitum olish uchun yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. Neftni zichligiga qarab klassifikatsiyalash haqiqatga yaqinroq ammo yuqorida bayon etilgan fikrlarga bo’ysinmagan holatlar ham bo’lgan[11].

AQSh tog’lar bo’yicha mutaxasislar idorasi tomonidan neftning zichligiga qarab uning uglevodorod tarkibini klassifikatsiyalash taklif qilingan. O’rganilayotgan neftni fraksiyalab atmosfera bosimida yengil

fraksiyani, da 5,3 kPa bosimda og’ir fraksiyani haydab olingan. Har ikkala fraksiya zichligi aniqlanib, turli tipdagi neftlar uchun chegara aniqlangan. Uning natijalarini quyida keltirilgan jadvalda ko’rish mumkin;


    1. jadval

Neft fraksiyasining taqsimlanishi.


Fraksiya

Zichligi

Parafinli qism

Oraliq qism

Neftli qism
























Olingan natijalar tahliliga ko’ra neftning quydagi 7 ta sinfdan qaysi biriga tegishli ekanligini aniqlanadi;



    1. jadval

Fraksiyaning sinflarga bo’linishi.




Sinf nomi

Neft fraksiyasi nomi

Neft og’ir qismi nomi

1

Parafinli

Parafin

Parafin

2

Parafinli-oraliq

Parafin

Oraliq

3

Oraliq-parafinli

Oraliq

Parafin

4

Oraliq

Oraliq

Oraliq

5

Oraliq-naftenli

Oraliq

Naften

6

Naftenli- oraliq

Naften

Oraliq

7

Naftenli

Naften

Naften

Bu klassifikatsiyani kamchiligi – fraksiyalarni aniq sharoitga ko’ra zichligiga qarab chegaralanishi va neftni aniq tarkibiga ko’ra sinflanmasligida bo’lgan[12].

Neftni kimyoviy tarkibini aniq ko’rsatuvchi klassifikatsiya Grozniya neft- ilmiy tadqiqot inistituti tomonidan taklif etilgan. Bu klassifikatsiyada neft tarkibidagi uglevodorodlarning bir necha sinfi keltirilgan. Bunga ko’ra neftlar quydagi guruhlarga ajratilgan;


  1. parafinli neftlar barcha fraksiyasida sezilarli darajada alkanlar tutadi;

  2. parafino-naftenli neftda alkanlar bilan birgalikda sezilarli darajada sikloalkanlar ham uchraydi, arenlarning miqdori uncha ko’p emas. Bu sinfga kiruvchi neftlar tarkibida parafinli neftlar, smola va asfalten miqdori kam;

s) naftenli neftlarda esa barcha fraksiyalar tarkibida 60 % va undan ortiq sikloalkanlar tutishi bilan harakterlanadi. Bunday neftlar tarkibida alkanlar kam, smola va asfalten miqdori cheklangan miqdorda bo’ladi;

  1. parafino-nafteno-aromatik neftlarda uchchala sinfga mansub uglevodorodlar teng miqdorda bo’ladi. Qattiq parafinlar 1,5 %, smola va asfaltenlar miqdori 10 % gacha bo’ladi;

  2. nafteno-aromatik neft og’ir fraksiyasi tarkibida sikloalkanlar va arenlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Alkanlar oz miqdorda faqat yengil fraksiya tarkibida uchraydi. Neft tarkibida qattiq parafin miqdori 0,3 % dan oshmaydi, smola va asfaltenlar 15-20 %;

  3. aromatik neftlar yuqori zichligi bilan haraktelanadi. Bu neftning barcha fraksiyalarida arenlar miqdori ko’p. Aromatik neftlarga Qozog’istondagi prorvis va Povoljedagi Bugursansk neftlari kiradi[13].

S.S.Nametkin va A.F.Doreniskiylar ham neftlarni klassifikatsiyalashning yangi usulini taklif etishgan bo’lib, bu klassifikatsiyaga asosan neftlarni guruhlash 14 ta xususiy va hossalari bo’yicha tartiblanib, alkanlar konsentratsiyasi bilan fraksiyalananuvchi 7 ta sinfga ajratilgan[14].

N.B.Vasoevich ham o’z klassifikatsiyasi sxemasini taklif etdi. U ko’rsatgan ugevodorodlar sinflaridan ayrimlari tabiatda uchraydi. K.A. Kontorovich neftning 4 ta asosiy sinfini taklif etgan;



  1. alkanli-parafinli;

  2. alkanli-kam parafinli;

s) siklano-alkanli;

d) tsiklanli;



  1. yillarda analitik usullar yordamida neft uglevodorodlarining tarkibi va tuzilishi haqida yangi ma’lumotlar olishga erishildi. Natijada neftlarni klassifikatsiyalash tamoyili va usullari aniqlandi. Neft tarkibida 500 dan ortiq

relikt uglevodorodlar-xemofossiliy topilgan, natijada barcha uglevodorodlarni ikkita katta sinfga ajratish taklif etilgan;

  1. qayta hosil bo’lgan uglevodorodlar;

  2. relikt uglevodorodlar;

Relikt uglevodorodlarga normal va izoprenoidli alkanlar, siklik izoprenoidlar-steron, triterpen va hokazolar kiradi. O’z navbatida relikt uglevodorodlarni izoprenoid va izoprenoid bo’lmagan tiplarga ajratish mumkin[15].

Izoprenoidli relikt uglevodorodlar guruhi asosan turli birikmalardan tuzilgan. Ikkinchi guruh – izoprenoid bo’lmagan relikt uglevodorodlar esa asosan alifatik birikmalardan iborat; izoprenoid guruhida esa – alifatik va alitsiklik uglevodorodlar bo’lib, molekulasida 1 dan 5 gacha halqalar bor.

Neftning relikt uglevodorodlarini asosiy xususiyatlaridan biri ularning gomologligi. Gomologik qatordan 2-metil alkan, 3-metil alkan, 4-metil alkan,1- metil-2-alkil siklogeksan, 1-metil-3-alkil siklogeksan va hokazolar ko’rsatilgan. A.Petrov sobiq ittifoq hududidagi barcha yirik neft va gaz konlaridagi 400 dan ortiq neftlarni mass-spektor va suyuq gazli xromatografiya metodlarida o’rganib chiqqan. Uning natijalari quydagi jadvalda keltirilgan;


    1. jadval

Xromatografiya metodlari natijalari.

Tip

Alkanlar

Sikloalkanlar

Arenar

Summa

Normallar

Tarmoqlangan




15-60

(25-50)


5-25

(8-12)


0,05-6

(0,5-3)


15-45

(20-40)


10-70

(20-40)





10-30

(15-25)


0,5-5

(1-3)


1-6

(1,5-3)


20-60

(35-55)


15-70

(20-40)





4-10

(6-10)


-

-

20-70

(50-65)


25-80

(20-50)





5-30

(10-25)


0,5

-


0,5-6

(0,2-3)


20-70

(30-55)


20-80

(25-45)

Barcha o’rganilgan neftlar A va B katigoriyaga ajratilgan bo’lib, A- katigoriya xromatogrammasining dagi fraksiyalarida n-alkanlar

borligi aniqlangan, B-katigoriya xromatogrammasining fraksiyalarida n-alkanlar aniqlanmagan. O’z navbatida neft tarkibida normal va izoprenoid uglevodorodlar mavjudligiga qarab A va B kategoriyalar yana 2 ta tipga ajratiladi; .



-tipdagi neftlar tarkibi jihatidan parafin va nafteno-parafin asosli neftlar bo’lib, dagi fraksiyasida 15-60 % gacha akanlar tutadi, n-alkanlar miqdori boshqa komponentlarga nisbatan 5-25 % ga yuqori bo’lishi bilan harakterlanidi. -tipdagi neftlar tarkibida sikloalkanlar miqdori alkanlarga nisbatan kam bo’lib, sikloalkanlar asosan mono va bisiklik ko’rinishda uchraydi va monosikloalkanlar miqdori bisikloalkanlardan ko’proq bo’ladi. Bu tipdagi neftlar tabiatda ko’p tarqalgan bo’lib, deyarli barcha geologik yoshdagi

qatlamlarda, ko’proq 1500 m metr chuqurlikdagi neft va gaz konlarida uchraydi.



-tipdagi neftlar nafteno-parafinli va parafino-naftenli guruhlarga ajratiladi. -tipdagi neftlarga nisbatan alkanlar miqdori pastroq bo’lib 25-40 % ni tashkil etadi, alkenlar miqdori 0,5-5 %, izoprenoidlar 1-6 % ni tashkil etadi.

-tipdagi barcha neftlarda shoxlangan alkanlar miqdori n-alkanlar

miqdoriga nisbatan ko’proq, sikloalkanlarning umumiy miqdori 60 % bo’lib, asosan mono va bisikllar, trisikllar miqdori kam, lekin -tipdagi neftlarga nisbatan ko’p. -tipdagi neftlarga Janubiy Kaspiy, G’arbiy Sibir, Prikaspiylardagi neft konlaridan qazib olinuvchi neftlar kiradi.



-tipdagi neftlar naften yoki nafteno-aromatik asoslardan tashkil topgan

bo’lib, ular tarkibida yengil fraksiyalar kam, normal va izopenoid alkanlar umuman uchramaydi, tarmoqlangan alkanlar miqdori 4-10 % dan oshmaydi. Bitsiklik uglevodorodlar monosiklikka nisbatan ko’proq bo’ladi. -tipdagi neftlar 500-1000 m chuqurlikdagi kaynazoy qatlamlarida uchraydi.



-tipdagi neftlar parafino-naften va naften asoslardan tashkil topgan bo’lib, to’yingan uglevodorodlardan mono, bisikllar va trisikllarning miqdori 60- 75 % ni tashkil etadi. Alkenlar esa 5-30 % ni tashkil etib asosan tarmoqlangan zanjirlilari uchraydi. -tipdagi neftar 1000-1500 m chuqurlikda kaynazoy

qatlamlarida uchraydi. Ular Shimoliy Kavkaz, Gruziya va boshqa joylarda tarqalgan[16].



      1. Download 0,77 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish