Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


O’quv jarayoniga internet tarmog’ini joriy etishning dolzarbligi



Download 134,56 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi134,56 Kb.
#219949
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurashidov M

O’quv jarayoniga internet tarmog’ini joriy etishning dolzarbligi.

Intеrnеt xizmatlarining ko’pchiligiga dostup (ruxsat, yo’l) adrеsatsiya sxеmasi (URL) yordamida qiziktirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini bеradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o’zining format adrеsiga ega. Boshqa tomondan Intal kompaniyasining wеb-sahifasini yuklash uchun vеbbrauzеrning adrеslar panеliga www.intal.uz ni yozishi kеrak. Shunday qilib URL bu – so’ralayotgan xujjatning aniq adrеsini ko’rsatish imkoniyatini bеrish uchun www.intal.uz kabi adrеslar turlari kombinatsiyasi va yana ko’shimcha elеmеntlarga ega. URL day foydalanib, vеb-brauzеrlar yordamida ixtiyoriy xujjat va xizmatlarga dostup olish mumkin. URL quyidagi tartibda yoziladi:

Protokol://intеrnеt_adrеs /yo’l /fayl_nomi.kеngaytma yoki Protokol://intеrnеt_adrеs

URL ga misol:

http://www.microsoft.com/windows/index.html

Bu yеrda:

http:// – protokol;

www.microsoft.com – intеrnеt_adrеs(Microsoft kompaniyasinnig wеb- sеrvеrinnig nomi)

/windows/ – yo’l

index – fayl_nomi

html – kеngaytma

URL da qo’llaniladigan protokollar ro’yxati:



Protokol nomi

Protokol nimaga dostup bеrishi mumkinligi

http://

HTTP (vеb) sеrvеrlariga

https://

Shifrlangan ba'zi bir HTTP (wеb) sеrvеrlarga

file://

Foydalanuvchi qattiq diskidagi fayllarga

ftp://

FTP sеrvеr fayllariga

gopher://

Gopher mеnyu va fayllariga

news://

Usenet yangiliklar sеrvеrlari gruppasiga

news:

Aniq Usenet yangiliklar gruppasiga

mailto:

Aniq elеktron pochta adrеsiga

telnet:

Telnet udalеn sеrvеriga

Ushbu fanni o’qitishda jixozlangan kompyuter sinflaridan , zamonaviy stendlardan, hamda maxsus lokal hisoblash tarmoqlaridan ko’rsatma qurol sifatida foydalanish ko’zda tutilgan. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan to’liq foydalaniladi bular personal kompyuter (noutbuk, proektor, skaner), lokal tarmoq, Internet, e-mail, HTML, Internet Explorer, multimediya texnologiyasi aqliy xujum, muammo texnologiyasi va boshqalar. Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik, kiritish, yangilik demakdir. Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Pedagogik texnologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. “Interfaol metodlar”

Interfaol va interaktiv so’zlari bir xil ma’noda bo’lib, interaktiv so’zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act” – “harakatlanish” so’zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o’qituvchi) bilan bo’lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo’lib uning davomida o’qituvchi va o’quvchi, o’quvchi va kompyuter o’zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga. o'zaro fikrlarni to'ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta'sir o'tkazishga qaratil-gan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo'llashda o'zaro ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta'sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik sub-yektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, noma'lum holatni ochishga (kashf etishga) ko'makberuvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin.Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo’llaniladi:

- o'qitishning ko'rgazmali metodi;

- mustaqil ishlar metodi;

- muammoli-evristik modellashtirish metodi;

- ilmiy tadqiqot metodlari;

- o'qitishning muammoh-izlanishli va reproduktiv metodlari;

- o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari;

Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi. Ta’limning interfaol metodlari o’quvchilarning ulkan ta’limiy qudratidan foydalanish va faollashtirish, o’quv jarayoniga musobaqa elementlarini kiritish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar guruhining aqliy kuchi uning a’zolari kuchi yig’indisidan ko’proq (ya’ni guruh natijasi individual natijalar yig’indisidan ortiq). O’rganilayotganlarini o’zlashtirishga da’vat qilish metodlari.

Klaster. Aqliy hujum. B-B-B chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi. Blits-so’rov. O’rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar Eng asosiy tushunchalar, takrorlash. T-chizma. Toifalash jadvali. Nima uchun? chizmasi. “Qanday?” diagrammasi. Venn diagrammasi. O’n minutlik esse. “O’n minutlik esse”. Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: 1.Mavzu: Internet texnologiyalari faniga kirish. Fanning maqsad va vazifalari Internet texnologiyalarining qo’llanish sohasi hozirgi vaqtda juda ham keng bo’lib, ishlab chiqarishda jarayonlar web sayt ko’rinishdagi kompyuterli modellashtirishdan foydalanib amalga oshiriladi . Bundan tashqari internet texnologiyalari arxitektura va iqtisodiyot sohalarida ham keng qo’llaniladi. “Aqliy xujum” Maqsad: mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni yengishdir. Natija:Internet texnologiyalaridagi funksiyalar bo’yicha fikralar bildirish xamma g’oyalarni yig’ish.

Youtube yaratilish tarixi


YouTube, LLC, videomateriallar hostingini taqdim etuvchi veb sayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.

YouTube – katta hajmdagi video fayllar to'plangan sayt. Bu saytga ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar video fayllarni joylashlari mumkin. Istalgan foydalanuvchi esa bu videolarni ko'rishi mumkin. Demak sayt haqidagi aqlga sig'mas faktlar bilan tanishing.

YouTube domeni 2005 yil 14 fevralda (Valentin kunida) ro'yxatdan o'tgan. Bu degani bayram qilish uchun yana bir sabab bor.

Bu loyiha a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan.

Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi. Sevishganlar real vaqtda bir birlarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishar edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo'ldi.

Ro'yhatdan o'tgan YouTube foydalanuvchilarining 70%AQSh fuqarolaridir, 50% foydalanuvchilarining yoshi 20 yoshdan kichik. Bunisiga nima deysiz?

YouTube ga joylashtirilgan videolarning barchasini ko'rish uchun 1000 yildan ko'p vaqt kerak bo'lar ekan.

Saytning musiqa kategoriyasi eng taniqli kategoriya hisoblanadi. Barcha videolarning 20% shu kategoriyaga tegishli ekan.

Amerikaliklar saytga eng ko'p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so'ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko'p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o'rinda Yaponiya davlati.

YouTube ga dastlabki videoni sayt yaratuvchilaridan biri Djaved Karim kiritgan. Video “Men hayvonat bog'idaman" deb nomlangan edi. Bu video 18 sekundlik ekan.

Bir kunda 2 milliardan ko'p insonlar bu saytda video tomosha qilishar ekan.

Google kompaniyasi YouTube ni 2006 yilda sotib olgan. Sayt narxi 1.65 milliard dollarni tashkil qilgan.

2010 yil noyabr statistikasini oladigan bo'lsak, 1 minutda YouTube ga 35 soatlik video joylashtirilar ekan, bir kunda esa bu ko'rsatkich 50400 soatni tashkil qilar ekan.

YouTube da bu video fayl o'chirilgan degan xabar chiqsa, video fizik jihatdan o'chmagan bo'lar ekan, bu videoni maxsus dasturlar orqali ko'rish mumkin bo'lar ekan(misol uchun Deleted YouTube Video Viewer).

Har yili 1 aprel-hazil kuniga sayt biror qiziq ishlarni amalga oshiradi. Misol uchun 2009 yilda saytdagi barcha videolar teskari ko'rsatadigan qilib qo'yilgan, 2010 yilda esa videolar o'rnini matn lar egallagan edi, xo'sh bu yil nima bo'lar ekan.

Agar bu saytni biror kinokompaniya deb olsak, bu kompaniya haftasiga 60 ming kino chiqara olar ekan.

Sayt to'liq Python dasturlash tilida yozilgan.

14 noyabrya 2007 yilda saytning rus tilidagi versiyasi ishga tushdi, bu versiyaga dastlabki joylashtirilgan video fayl Pyotr Nalichning “Gitar" nomli klipidir.

Sayt foydalanuvchilari .mpeg, .avi formatidagi video fayllarni joylashtirishlari mumkin. Sayt esa bu videolarni FlashVideo(.mp4) ga o'zgartirib beradi.

MoldytoasterMedia nomli YouTube foydalanuvchisi 2011 yil 14 dekabrda eng uzun videoni saytga joylagan(596 soat 31 minut va 21 sekund). Birozdan so'ng uning videosi o'chirilgan.

2008 yil Pokiston, 2009 yil Xitoy davlatlari bu saytni o'z fuqarolari uchun bloklab qo'yishgan.

Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.

"Universal Tube and Rollform Equipment" nomli firmaning sayti utube.com edi va bu sayt ham YouTube sayti kabi o'qilar edi. Shu sababli firma YouTube ni sudga beradi, lekin bundan naf chiqmaydi. Keyinchalik firma sayti utubeonline.com ga o'zgartirildi.

Biz sizga virtual olamning eng katta “media magnat”i haqida bir nechta qiziqarli faktlarni tayyorladik.

- 2011 yil 1-aprel kuni YouTube logotipi xizmatining asos solingan vaqt (1911-yil)ga ishora qiluvchi YouTube 1911 deb almashtirildi.

- YouTube deyarli to‘liq dasturlash tili Python’da yozilgan.

- 2011-yil 14-dekabr kuni foydalanuvchi MoldytoasterMedia tomonidan YouTube’da eng uzoq vaqt — 596 soat 31 daqiqa va 21 soniyani qamrab oluvchi video yuklatildi.

- YouTube'da «Zmeyka» o‘yinini o‘ynash mumkin. Buning uchun videoda pauzaga to‘xtab, eniga bo‘yiga joylashgan istalgan klavishni bir necha bor bosish lozim.

- YouTube’ning ayrim foydalanuvchilari mediamashhurlik mavqeini olishga (masalan, Boxxy) erishdilar, ularning mashhurligi Internet doirasidan ham chiqib ketdi. Bu ularning taqdiriga ham ta’sir etgan. Masalan, foydalanuvchi esmeedenters, mashhur qo‘shiqlar jo‘rligida o‘z ishqibozlik videosini yuklagan, natijada Jastin Timberleyk boshchiligida Jastin Timbyerlyeyk leyblda prodyuser etib tayinlanib, musiqiy faoliyatga shartnoma tuzildi. Kanadada ham videoyozuvlari onasi tomonidan jamlab yuklangan Jastin Biber ismli yigit yirik leyblda katta qimmatga ega bo‘lgan shartnoma tuzishga muyassar bo‘lgan. O‘zbekistonliklar ham ulurdan qolishgani yo‘q. Hususan, Mashxur sa’atkor Sherali Jo‘rayev tomonidan kuylagan “Karvon” qo‘shig‘iga o‘xshatma qilgan San Jay taxallusli ijodkor ham juda tez fursatda internet “yulduz”iga aylandi.

- Amyerika Universal Tube and Rollerform Equipment Corp. kompaniyasi http://www.utube.com sayti ko‘plab foydalanuvchilar soni sababli va servis domen nomini noto‘g‘ri yozilganligi uchun ko‘pincha ulanishda noqulaylik tug‘ilgan. 2006-yil noyabr oyi boshlarida Universal Tube kompaniyasi YouTube’ni sudga bergan.

- 2007-yil 13-mart kuni «Viacom» kompaniyasi «Google»ga qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etdi, YouTube servisini ko‘plab ommaviy tarzda mualliflik huquqini buzish holatlari sodir etganligi uchun servisning barcha foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarini berishni talab qiladi. Nyu-York shtati Janubiy Federal okrugi sudyasi uning talabini qondirgan.

- 2006-yil yoz faslida telejurnalist Robert Tur kompaniyaga nisbatan mualliflik huquqi buzilganligi va huquq egasining ruxsatisiz bir necha yangi kliplar erkin foydalanishga taqdim etilganligi xususida birinchi da’vo arizasi bilan chiqqan. YouTube’da mualliflik huquqiga oid ko‘plab nizolar bo‘ladi.

- YouTube’da eng uzoq vaqtli rolik 596 soat davom etadi.




Download 134,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish